Y - pikolinda kombinatsion sochilish spektrini o'rganish

Y - pikolinda kombinatsion sochilish spektrini o'rganish

O'quvchilarga / Kimyo
Y - pikolinda kombinatsion sochilish spektrini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

О'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA KAFEDRASI Ibragimov G'ulomjon Ismoilovicning 5140200-Fizikata'lim yо'nalishi bо'yicha bakalavr darajasini olish uchun - pikolinda kombinatsion sochilish spektrini o'rganish mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: prof.A.Jumabayev Himoyaga tavsiya etilsin Fizika-matematika fakulteti dekani:prof.A.Tashatov 2016 yil Qarshi-2016 KIRISH Yorug'lik - kishining eng nozik, universal va kuchli sezgi organi- ko'zning ishlashi uchun zarur bo'lgan shartdir. Qolaversa yorug'lik elektromagnit to'lqinlar shkalasida 380-760 nm oraliqda joylashgan. Yorug'lik moddalardan sochilishdek ajoyib xossaga ega. Yorug'likning kombinitsion sochilishi hozirgi vaqtda ichki molekulyar va moloekulalararo o'zaro ta'sirlarini, molekulyar relaksion jarayonlarni o'rganishda muhim usullardan biridir. Mavzuning dolzarbligi: pikolin molekulasining dimer agregatsiyalarini yorug'likning kombinitsion sochilish spektri yordamida o'rganish bu spektroskopiyaning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liqdir. Yuzaga kelgan hozirgi holat kombinatsion sochilish spektrlarini yanada o'rganish zaruriyati mavjudligidan dalolat beradi. Spektral chiziq konturi shakli bilan muhit xossalarini tavsiflovchi parametrlar o'rtasida aloqadorlikning o'rnatilishi tajriba natijalarini to'plash ularni mavjud najariyalar bian taqqoslash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa agregatsiyalarning hosil bo'lish tabiatini tushunish ichki molekulyar va molekulalararo o'zaro ta'sirlar tabiatini tushunishda asosiy o'rin tutadi. Qolaversa bunday tadqiqotlar aniq masalalarni hal etishda foydali bo'lishi mumkin: molekulalar tuzilishini aniqlashda, spektroskopik doimiylarni aniqlashda, lazer fizikasi, Yer va boshqa planetalar tarkibini o'rganishda va hokazo. Mavzu tanlanishida shu jihatlardan kelib chiqilgan. Ishning maqsad va vazifalari: pikolin molekulasining dimer agregatsiyalarini o'rganish orqali ichki molekulyar va molekulalararo o'zaro ta'sir tabiatini hamda molekulyar relaksion jarayonlarni, komplekslar hosil bo'lish tabiatini tushunish. Aralashmada zarralarning o'zaro ta'sirlashuvini yaxshi tushinish. Asosiy e'tibor kam o'rganilgan agregatsiyalar tabiatiga oydinlik kiritishdan iborat. Suyuqliklar,gazlar va ularning aralashmalarida bo'ladigan fizik jarayonlarning mohiyatiga yetish ishlab chiqarishda ulardan samarali foydalanishga olib keladi. Bu o'z navbatida iqtisodiy yuksalishga olib keladi. Bizning viloyatimizda yirik neft va gaz xomashyosini qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Bu korxonalarda gazlar, suyuqliklar va ularning aralashmalarida sodir bo'ldigan fizik jarayonlarni yaxshi tushunadigan kadrlar juda zarur. Bizning tadqiqot ishimiz shuning uchun ham kunning mavzusidir. Ishning ilmiyligi va ahamiyati: Mavzuga oid ilmiy manbalar va kerakli adabiyotlardan foydalangan holda yuqori aniqlikda optik rostlash talab etiladigan qurilmada tajribalar o'tkazildi. pikolin molekulasining dimer agregatsiyalari o'rganildi. Agregatsiyalar tabiatiga oydinlik kiritildi. Ushbu bitiruv malakaviy ishidan ishlab chiqarishda, optika, molekulyar spektroskopiya, molekulyar optika, lazer fizikasi, Yer va bosqa planetalar atmosferasi tarkibini o'rganishda va bakalavr , magistrlar ilmiy ishlarini yozishda foydalanish mumkin. Ayniqsa pikolin ishlatiladigan sanoatiga amaliy maslahatlar berish mumkin. Har qanday moddani qanday agregat holatda bo'lishidan qat'iy nazar ularni fizikaviy-ximiyaviy xossalarini, ayniqsa spektroskopik xossalarini bilish, ulardan amaliyotda to'g'ri foydalanishga olib keladi. Bu esa o'z navbatida hurmatli prezidentimiz aytganlaridek tabiat in'om etgan xom-ashyolardan to'g'ri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.68 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.68 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga