Yadro reaksiyalari 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 15-mavzu Reja: 2 3 Yadro reaksiyalari 1 Radioaktiv elementlar Sun'iy radioaktivlik. Fransuz olimi A. Bekkerel 1896- yilda uran tuzlaridan rentgen nurlariga o'xshash nurlar chiqishini aniqladi. Nobel mukofotining sohiblari: polyak va fransuz olimlari Mariya Skladovskaya Kyuri bilan Pyer Kyurilar 1898- yilda radiometric usul bilan radiy Ra va poloniy Po elementlarini kashf etdilar. Kimyoviy elementlarning beqaror izotoplari yadrolaridan turli zarrachalar va nurlar chiqarib boshqa xil yadroga aylanishi hodisasi radioaktivlik deb ataladi. Radioaktiv lotincha so'z bo'lib (radio - nur chiqaraman, aktavus - faol), faol nur chiqaruvchi demakdir. Barcha izotoplari radioaktiv bo'lgan kimyoviy elementlar radioaktiv elementlar deyiladi. A nurlar geliy atomining yadrosi ekanligini isbotladi. 1899- yilda ingliz fizik olimi Ernest Rezerford radioaktiv nurlarni o'rganish davomida bu nurlarni uch qismga: a-, b- va g-nurlarga ajratdi. A. Bekkerel ham b-nurlar elektronlar oqimi ekanligini isbotladi. 1900- yilda fransuz olimi P. Uilard g-nurlarni aniqlab, bu nurlar elektromagnit to'lqinlar ekanligini isbotladi. Radioaktiv nurlar a-, b-, g-nurlardan iborat ekanligi barcha olimlar tomonidan e'tirof etildi. Bunday hodisalar yadro reaksiyalari deyiladi va bu reaksiya natijasida katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Radioaktiv element yadrosi o'ziga yaqinroqda joylashgan elektron qavatdan elektron qamrab oladi (elektronning yadroga qulashi), natijada elektron yadrodagi proton bilan birikib neytronga aylanadi. Sun'iy radioaktivlik. Radioaktiv elementlarning atomlari beqaror bo'lganligi uchun har doim tabiiy ravishda yemirilib turadi. Radioaktiv bo'lmagan elementlarning yadrolari barqaror bo'lib, uni boshqa elementga aylantirish maxsus usullar bilan amalga oshiriladi. Davriy qonun, atom tuzilishi, radioaktivlik, yadro reaksiyalari haqidagi bilimlar rivojlangani sari bir elementni ikkinchi elementga aylantirish imkoniyatlari paydo bo'ldi. 1934- yilda Fredrik Jolio-Kyuri va Iren Kyuri sun'iy radioaktivlikni kashf etdilar. Bu kashfiyot yordamida radioaktiv bo'lmagan elementlar yadrolarini turli zarrachalar bilan bombardimon qilib ikkinchi elementning radioaktiv izotoplarini olishga muvaffaq bo'ldilar. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.2 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.2 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:22 ]
Arxiv ichida: pptx