Yadroviy kvadrupol rezonansi (YAKR) Yadro ksirlar

Yadroviy kvadrupol rezonansi (YAKR) Yadro ksirlar

O'quvchilarga / Kimyo
Yadroviy kvadrupol rezonansi (YAKR) Yadro ksirlar - rasmi

Material tavsifi

Yadroviy kvadrupol rezonansi (YaKR) Yadro kvadrupol moment. Signallarning ajralib chiqishidagi ta'sirlar Agar spin yaxlit qiymatlardan (massa soni juft, tartib nomeri toq son) iborat bo'lsa, bunday yadrolar magnit momentga ega bo'lganidan tashqari elektr kvadropul momentga ham ega bo'ladi. Ularning hossalarini YaKR spektroskopiya yordamida (2H1, 14N7, 35Sl) o'rganish mumkin. Azotli birikmalarning rezonans spektri kimyoviy moddalarning turiga bog'liq. YaKR ning signallari keng chiziqlar holida namoyon bo'ladi. Bunday hodisa aminlar, ammiak va ularning tuzlarida kuzatilgan. Ammiak molekulasining 14N YaMR spektri to'rtta ajralmagan holatda namoyon bo'lgan signallardan tashkil topgan, bunga asosiy sabab ammiak molekulasidagi azotning uchta proton bilan spin-spinlar ta'sirida bo'lishi hisoblanadi, ammo ammoniy ionining (NH4) signali juda ham aniq ajralgan beshta chiziqlardan iborat bo'lib, ularning intensivligining nisbati 1:4:6:4:1 ga teng (52-rasm). Bunda azot unga nisbatan simmetrik joylashgan to'rtta protonlar bilan spin-spin ta'sirda bo'ladi. 52-rasm. Ammiak va ammoniy ionining YaKR spektrlari. Signallarning ammoniy ioni spektrida aniq ajralib chiqishiga sabab, bu ionda kvadrupol ta'sir energiyasining kamayishi va signallarning keng shakldan tor shaklga o'tishidir. YaKR usuli yordamida molekulyar sistemalarda elektron zichlikning taqsimotini bilish mumkin. Moddalarning tuzilishida ozgina o'zgarishlar bo'lsa ham YaKR signallarning siljib chiqishiga sababchi bo'ladi. Shuning uchun ham bu omillar molekula va kristallarning nozik tuzilishini aniqlashda juda ham qulay bo'ladi. YaKR spektrining parametrlari kimyoviy siljish va spin-spinlar ta'sir konstantasining qiymatlariga qarab bir xil turdagi atomlarning molekulada yoki kristall panjarasida bir-biriga o'xshash bo'lmagan holatlarda joylashishini bilish mumkin. Masalan, alifatik uglevodorodning xlorli hosilalarida uglerod yadrolar YaKR signallarining chastotasi uglevodorod zanjirining uzunligiga bog'liq. Bunda zanjir oxiridagi SN3 guruhlar xlor atomining elektron bulutiga ta'sir etadi, zanjirning uzayishi natijasida bu ta'sirlar kamayib boradi va malum zanjir uzunligida deyarli yo'qolib ketadi. Metanning xlorli hosilalaridagi YaKR signalining kimyoviy siljish qiymati undagi vodorod atomlarining qancha miqdordagi xlorga almashishiga bog'liq, yani SN3Sl molekulasiga nisbatan SSl4 molekulasida Sl35 YaKR signali kuchsiz magnit maydonida namoyon bo'ladi. Molekuladagi vodorod atomi kvadrupol momentiga ega emas, ammo u kvadrupol momenti yadro bilan bog'langani uchun unga ta'siri bo'lib, dublet shakldagi signalga ajraladi. Demak kristal panjaradagi protonlarning joylashishi haqidagi ma'lumotni YaKR yordamida olish mumkin, masalan, HIO3 monokristalida I-H orasidagi oraliq 2.33A* ga tengligi topilgan. Kvadrupol momentga ega bo'lgan davriy sistemadagi ko'pgina elementlarning YaKR spektri olingan, bu esa shu elementlar bo'lgan organik moddalarning tuzilishi to'g'risida kerakli ma'lumotlar olishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, YaKR spektroskopiyaning bergan ma'lumotlari PMR va 13S larnikidan kam bo'lgani uchun amaliyotda nisbatan ayrim hollarda ishlatiladi. Adabiyotlar ro'yxati 1. Benuell K. Osnovo' molekulyarnoy spektroskopii, M.,Mir 1985. 2. bahshiev N.T. Vvedenie v molekulyarnuyu spektroskopiyu, L., Izd-vo LGU, 1987. 3. Melnikova K.B. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.48 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.48 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga