YAMR usullarning ishlatilish sohalari

YAMR usullarning ishlatilish sohalari

O'quvchilarga / Kimyo
YAMR usullarning ishlatilish sohalari - rasmi

Material tavsifi

YaMR usullarning ishlatilish sohalari YaMR spektroskopiyaga bag'ishlangan avvalgi qismlardagi ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, organik moddalarni o'rganishda infraqizil spektroskopiyasi bilan bir qatorda yadroviy magnit rezonansi (YaMR) ham ishlatiladi va bu ikkala fizikaviy usullar moddaning tuzilishi, undagi elektronlar taqsimoti ularning reaksiyaga kirishish qobiliyatini aniqlashda kerakli ma'lumotlarni beradi. YaMR spektroskopiyasi yordamida faqat organik molekula tuzilishigina emas, balki molekulaning konfiguratsiyasi, geometrik izomeriyasini (tsis va trans) bilish uchun etarli ma'lumot olish mumkin. Organik molekulalarda magnit anizotropiyali guruhlar bo'lsa, ularning fazoviy joylashishi spektrning ko'rinishiga ta'sir etadi. Bunday guruhlarga aromatik, karbonil, atsetilen va nitril guruhlar kiradi. YaMR yordamida benzol izomerlarini o'rganish, hamda ayrim organik birikmalar eritmasida keton-enol va amino-imin tautomeriya borligini bilish mumkin. Yadroviy magnit rezonansi infraqizil spektroskopiyasi bilan birgalikda molekuladagi funksional guruhlarni tahlil qilishda aniq ma'lumot beradi. Bu usulning ishlatilish sohasiga albatta miqdoriy analizlarni olib borishni ham kiritish lozim, bunda har bitta signalning egallagan satxini o'rganib integrallash yordamida moddaning aniq miqdorini bilish mumkin. Miqdoriy analizlarni olib borishga vaqt va temperaturaning ta'sirini o'rganish uchun spektrometrlarda maxsus sharoit hosil qilish kerak. YaMR spektrlaridan olingan ma'lumotlar bo'yicha molekulada elektronlarning qanday taqsimlanganini bilish mumkin, chunki YaMR parametrlari qiymatining bu kattalik bilan chambarchas bog'liqligi amaliyotda tasdiqlangan. YaMR spektroskopiya yordamida organik reaksiyalarning kinetikasi va mexanizmini temperatura, moddalarning kontsentratsiyasi, reaksiyaning borish vaqti kabi parametrlarni etiborga olgan holda o'rganish mumkin. Yadroviy magnit rezonansi boshqa fizikaviy usullardan (UB, IQ) farq qilib ko'p hollarda kimyoviy reaksiyalarda hosil bo'ladigan oraliq moddalarni aniqlashda kerakli ma'lumotlarni beradi va reaksiyaning mexanizmi to'g'risida xulosa qilishga imkon yaratadi. YaMR yordamida organik molekulalardagi protonlanish hodisasini, masalan karbonil guruhining kislotali muhitda protonlanishini YaMRning 13S turi bo'yicha o'rganish mumkin, chunki kislorodning protonlanishi S0 guruhidagi uglerodning kimyoviy siljish qiymatiga katta ta'sir etadi. Bulardan tashqari bu spektroskopiya usuli organik karbokation va karboanionlarni hosil bo'lish jarayonini o'rganishga yordam beradi. YaMR usuli organik birikmalarning kompleksli hosilalarini o'rganishda ham o'z o'rnini topgan. Radiospektroskopiyaning bu usuli hozirgi zamonda murakkab tuzilishli tabiiy birikmalar - uglevodlar, nuklein kislotalar, aminokislotalar, peptidlarning tuzilishini aniqashda eng muhim axborot beradigan uslub sifatida oldingi o'rinlarni egallab turibdi. Adabiyotlar ro'yxati 1. Benuell K. Osnovo' molekulyarnoy spektroskopii, M.,Mir 1985. 2. bahshiev N.T. Vvedenie v molekulyarnuyu spektroskopiyu, L., Izd-vo LGU, 1987. 3. Melnikova K.B. Elemento' kolebatelnoy spektroskopii i ix primenenie v ximii, Kiev, 1983. 4. Yelyashevich M.A., Stepanov B.M., Volkenshteyn M.V. Kolebanie molekul, M. 1949. 5. Kazitsina L.A., Kupletskaya N.B. Primenenie UF, IK, YaMR i mass-spektroskopii v organicheskoy ximii, M, Izd-vo MGU, 1979. 6. Vilkov L.V., Pentin Yu.A. Fizicheskie issledovaniya v ximii, tom 1, M., Vo'sshaya shkola, tom 2, 1989. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.34 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.34 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga