Yiliga 100 tonna gungdan biogaz olish texnologiyasi KIRISh Ekologik muammolarni keskinlashuvi, qayta tiklanmaydigan energiya zahirasining tobora kamayib borishi, ularning tan narxi oshishi, organik chiqindilarni qayta ishlash, ularni issiqlik va boshqa turdagi energiyaga aylantirish muammosini tezroq hal qilishni biotexnologiyaning eng dolzarb masalalari qatoriga ko'tarib qo'ydi. Malumki, hayvonlar o'simliklar asosida yaratilgan ozuqa energiyasini qiyin hazm qiladi va ularning yarmidan ko'prog'i organizmga so'rilmasdan axlat, go'ng holatida chiqib ketadi. Eng avvalo hayvonlardan chiqqan bu chiqindidan organik o'g'it sifatida foydalaniladi. Shuningdek, ushbu chiqindilardan energiya manbai sifatida foydalansa bo'ladi. Hajmi:60 m3 Qayta ishlanadigan chiqindi miqdori:6 tkun Chiqindi namligi:90-93 % Gaz chiqishi:120 m3kun Issiqlik almashinish qobiliyati:2200 - 2400 kDjm3 Tovar shaklidagi biogaz chiqishi:70 - 80 % Tovar shaklidagi biogaz hajmi:84 - 96 m3kun Hosil qiladigan elektroenergiya miqdori:160 - 180 kVt soatkun Hosil qiladigan issiqlik energiyasimiqdori:480 - 540 kVt soatkun Organik o'g'it chiqishi:6 tkun ABEU-60 - biogaz uskunasining texnik tavsifi O'XShASh USKUNLAR TASNIFI Biogaz ishlab-chiqarish asosiy bo'lib, bijg'iydigan reaktor hisoblanadi (1-chizma), va ularni xillariga qarab, har-xil tarkibga va turga ega bo'lgan go'ng anaerob sharoitda bijg'itiladi. Birinchi avlod an'anaviy metantenklarni har xil konstruksiyaga va texnologik yechimga ega bo'lganlari mavjud. Bu metantenklar bazida ikki yoki undan ko'proq seksiyaga bo'lingan bo'ladilar. Bu seksiyalarda anaerob bijg'ishni bosqichlarini qisman ajratib turish amalga oshiriladi. Metantenklarni konstruksiyasi xilma-xil bo'lib, bir-biridan asosan gidravlik rejim (davriy yoki oqib to'ladigan) yoki yuklash usullari (doimiy yoki davriy) bilan farq qiladi. Asosiy uskuna ishlash prinsipi Bu texnologik jarayon quyidagicha olib boriladi. Hayvonlar saqlanadigan molxonalardan (suratda 1) go'ng to'planadigan idishga yuboriladi (2), keyin nasos (3) yordamida uni metantenk (4) (go'ngni anaerob bijg'ishi uchun maxsus qurilma) ga yuboriladi. Bijg'ish jarayonida hosil bo'lgan biogaz, gazgolder (5) ga kelib tushadi.va undan keyin iste'molchiga tarqatiladi. Suyuq go'ngni isitish uchun va issiqlikni bir xil ushlab turish uchun metanotenk ichida issiqlik almashtirib turuvchi g'ovurlar o'rnatilgan, ular orqali qozonxonadan (7) kelgan issiq suv aylanadi. Bijib bo'lgan go'ng go'ng saqlanadigan (8) chuqurlikka tushiriladi mahsulot tavsifi Metanli bijg'ish - har xil mikroblar to'plamini (assotsiatsiyasini) ta'siri natijasidir. Bu jarayonda organik material (lignin bundan mustasno) chuqur o'zgarishga uchraydi va oqibatda metan, karbonat angidridi va boshqa mikrob mahsulotlari hosil bo'ladi. Sharoitga qarab (termofil, mezofil, psixrofil) - bu juda uzoq davom etadigan jarayondir. Bunda tirik bo'lmagan organik substansiyalar (o'simlik va hayvon biomassalari) oddiy komponentlarga parchalanadilar Metanogenezning: birinchi bosqichida, hujayradan tashqaridagi gidrolitik fermentlarni ta'siri hisobidan, bijg'uvchi massaning deyarli barchasi (lignindan tashqari) qisman parchalanadi. Metanli bijg'ishni bu bosqichida unchalik ko'p bo'lmagan miqdorda kislorod ishtirok etishiga ham ruxsat etiladi. Asosiy uskuna hisobi 1. 100 t go'ng ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
644.62 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
644.62 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: ppt