Yog'sizlantirish. Neftni dearomatizatsiyalash va deparafinlash

Yog'sizlantirish. Neftni dearomatizatsiyalash va deparafinlash

O'quvchilarga / Kimyo
Yog'sizlantirish. Neftni dearomatizatsiyalash va deparafinlash - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Yog'sizlantirish. Neftni dearomatizatsiyalash va deparafinlash Yog'sizlantirish. Neftni dearomatizatsiyalash va deparafinlash. Neftlarni atmosfera bosimida ishlovchi trubkali pechlarda 330-3500 gacha qizdirilib, rektifikatsiya kolonnalariga yuboriladi. Kolonnaning tepa qismidan benzin bug'lari va gazlar aralashmasi, yon tomonidan kerosin va dizel yoqilg'isi fraksiyalari olinadi. Kolonnaning pastki qismidan mazut olinadi. Yoqilg'i-surkov moylari sxemasi bilan ishlaydigan zavodlarda mazutni vakuum yordamida ishlovchi pechlarda qizdirib, undan har xil fraksiyalarni olinadi. Olingan fraksiyalardan maxsus uskunalarda fenol yordamida aromatik uglevodorodlarni ajratib olinadi. Neft fraksiyasini qolgan qismini rafinat,- deb ataladi. Navbatdagi vazifa, rafinatdan yuqori molekulali parafin uglevodorodlarini ajratib olishdan iborat. Parafinlar ajratib olingandan keyingi qolgan fraksiyalar yumshoq rejimda gidrotozalash jarayoniga yuboriladi, sо'ngra ularni har xil surkov moylari tayyorlash uchun ishlatiladi. Rafinatlardan parafin uglevodorodlarni ajratib olish (deparafinlash) uchun rafinatlarni oldin maxsus erituvchilarda - metil-etilketon yoki atsetonli toluol bilan aralashmasida eritib, sо'ngra sovutiladi. Olingan eritma sovutilganda, yuqori molekulali qattiq parafin uglevodorodlari kristallga tushadi va ularni filtrlarda ajratib olinadi. Deparafinlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: deparafinlanadigan xom-ashyoni erituvchida eritish; eritmani parafinlarni asosiy qismi kristallga tushguncha sovutish; filtrlash; ajratib olingan parafinlardan va eritmadan erituvchini haydab olish. Eritmani qancha temperaturagacha (tf ) sovutib deparafinlash, ya'ni filtrlash olinadigan moy fraksiyasini qotish temperaturasiga (T3­ ) deparafinlashning temperatura effektiga (TED) bog'liqdir. Bunda, tf = TED + T3 ­Odatda, kо'proq ishlatiladigan erituvchilar uchun deparafinlashning temperatura effekti (TED) quyidagichadir: Propan …….25 dan 290 C gacha Atseton+benzol + toluol (30% +35%+35%)……7 dan 120 C gacha Atseton +toluol (35%+65%)…10 dan 120 C gacha Metiletilketon+toluol (60% + 40% ) … 8 dan 100 C gacha Erituvchining xom-ashyoga nisbatini miqdori xom-ashyoning qovushqoqligiga va qaysi temperaturagacha sovutilishiga bog'liq. Distillyat fraksiyalaridan olingan quyi qovushqoqli rafinatlar eritmasini - 600 C gacha sovutib, filtrlash uchun erituvchi miqdorini rafinatga nisbatan 4-5: I ; deparafinlashni - 30 dan - 400 C gacha olib borilsa, erituvchi miqdori rafinatga nisbatan 2,5-3,5: I deb olinadi. Qoldiq fraksiyalardan olingan rafinatlarni deparafinlashda erituvchini miqdori 4-5: I nisbatida olinadi. Ishlatiladigan qurilma, uskuna va foydalaniladigan tajriba ashyolari Atmosfera bosimida ishlovchi trubkali pech. Rektifikatsiya kalonnasi. Benzin, kerosin, dizel yoqilg'isi, fenol. Ishdan maqsad Neft mahsuloti bо'lgan rafinatni erituvchida eritib uning tarkibidagi qattiq uglevodorodlarni ajratib olish. Tarkibida qattiq uglevodorodlari kо'p bо'lgan rafinat va boshqa mahsulotlarni deparafinlash uchun laboratoriya tajriba qurilmasi. Deparafinlash qurilmasi quyidagi qismlardan iborat: bir yoki ikki litr hajmdagi tagi tekis yoki dumaloq shisha kolba; qaytaruvchi sovutgich (obratniy xolodilnik); kolba ichidagi mahsulotni aralashtiruvchi aralashtirgich (meshalka); mahsulotni sovutuvchi moslama; metalldan tayyorlangan voronka; filtrdan о'tgan mahsulotni yig'uvchi; manometr (vakuumetr); tomchilarni ushlab qoluvchi. Laboratoriya ishini bajarish tartibi, ishni borishi Tagi tekis yoki dumaloq bо'lgan shisha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 309.59 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 309.59 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga