Yonilg'ilarni qayta ishlash texnologiyasi Reja: 1. Qattiq yonilg'ilarni tarkibi va xossalari 2. Neftning tarkibi va xossalari 3. Turli yonilg'ilarni qayta ishlash 4. Kokslashning mahsulotlari 5. Koks pechi va uning ishlashi 6. Kokslash mahsulotlarini ajratish 7. Yoqilg'ilarni qayta ishlash Tayanch iboralar: Yonilg'i, koks, yonuvchi slanetslar, parafin, naftenli, shixta. Yonilg'i deb tabiatda tarqalgan va sun'iy yo'l bilan olinadigan issiqlik manbai va kimyo sanoati uchun xomashyo bo'ladigan yonuvchan organik moddalarga aytiladi. Yonilg'ilar agregat holatiga qarab qattiq (ko'mir, o'tin, slanetslar, torf) suyuq (neft), gazlarga (tabiiy va yo'lovchi gazlar), kelib chiqishiga ko'ra tabiiy va sun'iylarga bo'linadi. Sun'iy yonilg'ilar tabiiy yonilg'ilarni qayta ishlash natijasida olinadi. Bularga koks, yarimkoks, pista ko'mir, benzin, kerosin, ligroin, generator gazlari, koks gazi, neftni qayta ishlash jarayonida hosil bo'ladigan gazlar va h.k. kiradi. QATTIQ YONILG'ILARNI TARKIBI VA XOSSALARI Qattiq yonilg'ilar yonuvchan (organik) va yonmaydigan (mineral) qismidan tarkib topgan. Organik qismi S, N, O, qisman S, N dan iborat. Yonmaydigan qismi nam va mineral moddalardan tashkil topgan. Mineral qismni temir, kalsiy, magniy, natriy, kaliyning karbonatlari, silikatlari, sulfatlari, sulfidlari tashkil qiladi. Yonilg'ilar issiqlik berish qobiliyatiga ega-bu yonilg'ining massa birligi yoki hajm birligini yonishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdoridir. NEFTNING TARKIBI VA XOSSALARI Neft asosan ugleroddan (83-97%) va vodoroddan (12-14%) tarkib topgan bo'lib, bu elementlar uglevodorodlarning murakkab aralashmasi tarkibiga kiradi. Uglevodorod qismidan tashqari mineral qo'shimchalar va uglevodorod bo'lmagan qismi ham mavjud. Uglevodorod qismi parafin (alkanlar), naften (siklanlar) va aromatik uglevodorodlardan iborat. С1-С4 uglevodorodlar neftda erigan holatda bo'ladi. Suyuq parafin uglevodorodlar (C5H12 -С15Н32) neftni asosiy qismini tashkil qiladi. Qattiq uglevodorodlar С16Н34 neftda erigan bo'lib, undan ajratib olinadi. Naften uglevodorodlari siklopentan va siklogeksandan iborat. Aromatik uglevodorodlar (benzol va uning gomologlari) neftda nisbatan kichik miqdorda bo'ladi. Neftlar tarkibiga ko'ra yengil, og'ir, parafinli, naftenli va h.k. larga bo'linadi. Uglevodorod bo'lmagan qismi oltingugurt, kislorod va azot birikmalaridan iborat. S═0,1-7%, N va O 1,5-2,2%. Mineral qismi-mexanik aralashmalar, mineral tuzlar, kul. Neftlarni fraksion tarkibi ularni haydash bilan aniqlanadi. Bunda fraksiyalar qaynar temperaturasi bo'yicha ajratiladi. Neftning xossalari tarkibiga bog'liq. Tashqi ko'rinishi bo'yicha neft rangi och sariqdan to'q jigarrangacha o'zgaradi, zichligi 0,83-0,97 gg'sm3, yonish issiqligi 39800-4400 kJg'kg. TURLI YONILG'ILARNI QAYTA ISHLASH Yonilg'ilarni yuqori temperaturada pirogenetik qayta ishlash keng tarqalgan. Bularga gazlash, gidrogenlash, havosiz muhitda qizdirish, ya'ni quruq haydash va piroliz kiradi. Yonilg'ilarni gazlashtirish-qattiq yonilg'ini havo, suv bug'i, kislorod va boshqa gazlar bilan ishlash. Bunda yonilg'ining organik qismi generator gazlarga aylanadi, bu esa sifati past yonilg'ilardan oson uzatiladigan yonilg'i va kimyo sanoati uchun xomashyo olishga imkon beradi. Gazlashtirish 900-1100°С da olib boriladi. Yonilg'ilarni gidrogenlash-yonilg'i yuqori ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc