Yonish. Yonilg'ilarning turlari 7-sinf Kimyo fani darsligi asosida 21-mavzu Reja: Yonilg'ilarning turlari Moddalarni havoda yondirish Qattiq yonilg'idan mineral qoldiq Yonilg'ini noto'g'ri yoqish Yonish inson tomonidan o'rganilgan eng birinchi kimyoviy reaksiya. Kislorod ishtirokida ko'p miqdorda issiqlik va yorug'lik nuri ajra lib chiqishi bilan kechadigan reaksiyalar yonish deb ataladi. Modda toza kislorodda yonganda ajralib chiqayotgan issiqlik havodagi kabi azotni qizdirish uchun sarflanmaydi. Shu ning uchun moddalar havodagidan ko'ra toza kislorodda tez yonadi va ko'proq issiqlik ajralib chiqadi. Cho'g'lanib turgan cho'pni toza kislorodli idishga tushirsak, u darhol yona boshlaydi. Havoda esa umuman o'chib qolishi mumkin. Moddalarni havoda yondirish uchun zarur bo'lgan harorat alangalanish harorati deb ataladi. Alanga - qizigan gaz va bug'lar aralashmasi. Demak, moddalar yonishini ta'minlash uchun avvalo alangalanish haroratigacha qizdirish va kislorod yetib turishini ta'minlash lozim. Alangani o'chirish uchun yonishning boshlanishini ta'minlaydigan omillarni bartaraf etish lozim, ya'ni moddani alangalanish haroratidan past haroratgacha sovitish hamda unga kislorod yetib turishini to'xtatish lozim. Yonayotgan narsani o'chirish uchun dastavval haroratni tushiruvchi, alangalanmaydigan vosita (suv, qum, karbonat angidridli ko'pik) sepiladi. So'ngra adyol yoki brezent mato bilan berkitilsa, yong'in manbasiga havo o'tmaydi. Ko'zda tutilmagan holatlarda yong'inni o'chirish uchun dastavval yong'in o'chirish vositalaridan foydalanish lozim. Umuman olganda, yonish jarayoni sanoatda va kundalik turmushda katta ahamiyatga ega. Yonuvchanligi natijasida issiqlik bera oladigan material yonilg'i deb ataladi. Yonilg'i qattiq, suyuq va gazsimon bo'ladi. Qattiq yonilg'idan mineral qoldiq - kul qoladi. Suyuq va gazsimon yonilg'i bunday kamchilikdan xoli. Yonilg'i issiqlik energiyasini olish, xomligicha iste'mol qilinmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish, rudalardan metallarni suyuqlantirib olish, transport vositalarini harakatlantirish, energiyaning boshqa turlarini olish uchun zarur bo'lgan ashyodir. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.44 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.44 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: pptx