Yoqilg'ini tozalash. Karbyurator yoqilg'ilariga qo'yiladigan talablar. Benzinlarning korroziyalanish xususiyatlari Reja: 1. Karbyurator yoqilg'ilarining sifatini yaxshilash. 2. Avia va avtomobil benzinlarining tasnifi. 3. Benzinlarning korrozion agressivligi. Karbyurator yoqilg'ilarining sifatini yaxshilash. Texnologik jarayonlarda rektifikatsiya yo'li orqali benzin fraksiyasi ajratilib olinadi. Benzin fraksiyasi yarim tayyor mahsulot hisoblanib, kelgusida uni tovar holatiga olib kelish uchun quyidagi texnologik zanjirlardan: gidrotozalash, stabillash va katalitik riforming jarayonlaridan o'tadi. Benzin tarkibidagi geteroorganik birikmalarni bartaraf qilish uchun alyumokobaltmolibdenli katalizator ishtirokida reaktor qurilmasida vodorod gazi muhitida gidrogenlanadi, yani vodorodga to'yintiriladi. Natijada tarkibidagi R-SH, R-NH3 va R-OH kabi organik birikmalar H2S, NH4 va H2O ko'rinishidagi alohida komponentlarga ajratiladi. Stabillash jarayonida benzin tarkibidagi keraksiz komponentlar absorbtsion kolonnalarda ajratilib, tozalangan benzin ajratuvchi kolonnalarda yengil va og'ir benzinga ajratiladi. Yengil benzinning oktan soni A-62-65 larga yaqin bo'lib, u rezervuarlarga (tayyor mahsulotlar tsexiga) yuboriladi. Og'ir benzin esa katalitik riforming jarayoniga boradi. Jarayonning asosiy maqsadi sifatli, yuqori oktanli benzin olish bo'lib, buning uchun platinali katalizatorlar ishlatiladi. Aviatsiya va avtomobil benzinlari. Tovar benzini - benzin fraksiyalari (yengil va og'ir benzinlar)ni aralashtirish (kompaundirlash) yo'li bilan tayyorlanadi. Benzin fraksiyalari har xil usullar bilan olingan bo'lishi mumkin. Komponentlarni aralashtirish har bir komponentning xususiyatidan to'g'ri foydalanib, kerakli sifatga ega bo'lgan motor yoqilg'isini tayyorlashga va benzin resurslaridan to'g'ri foydalanishga yordam beradi. Avtomobil benzinlari. Avtomobil benzinlarini tayyorlashda ishlatiladigan komponentlarning miqdori va sifati bir-biridan katta farq qiladi. Hattoki, bir zavodning o'zida har-xil vaqtda tayyorlangan bir markadagi benzinlar ham komponent tarkibi bo'yicha farq qilishi mumkin. hozirgi vaqtda Respublikamiz NQIZ-larida A-66, A-72, A-80(76), AI-91(93) va AI-98 markadagi benzinlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari maxsus texnik shart bo'yicha oz miqdorda «Ekstra» benzini ham ishlab chiqarilmoqda, bu benzin AI-95 ham deyiladi. Benzin markalarining ko'pligi ekspluatatsiyadagi avtomobillar dvigatellari talablarining turli xilligi bilan izoxlanadi. Quyidagi rasmda benzin olinishi va sifatini yaxshilanishi texnologik jarayonlari sxemasi keltirilgan. Rasm-2. hozirda benzinlar to'g'ri haydab olingan, termik, katalitik krekingda olingan, katalitik riforming, kokslash, gidrokrekinglash, alkillash, polimerlash, gazni izomerlash va neftni qayta ishlash jarayonlarida hosil bo'lgan komponentlarni aralashtirib tayyorlanadi. Komponentlarni benzindagi nisbati - ko'proq ularning detonatsiya xususiyatlariga (detonatsiyaga barqarorligiga) qarab, fraksiyalarni tarkibiy qismiga, oltingugurtning miqdoriga va kimyoviy barqarorligiga qarab aniqlanadi. Neftlarni to'g'ri haydab olingan benzinlarda, odatda, normal parafin uglevodorodlar ko'p bo'ladi. Ularni detonatsiyaga barqarorligi past - oktan soni kam. Oxirgi qaynash haroratini pasayishi, to'g'ri haydab olingan benzinlarni detonatsiyaga barqarorligini orttiradi. Masalan, benzin fraksiyasi 28-200S (to'g'ri haydalgan Romashqino neftidan) oktan soni teng. Fraksiya 28-1800S = 46; fraksiya 28-1200S=58; fraksiya 28-62=75. Termik kreking benzinlarida to'yinmagan uglevodorodlarning normal parafin uglevodorodlariga nisbatan miqdori yuqori, shuning uchun termik kreking benzinlarning oktan soni ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.22 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.22 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: docx