Yorug'likning kombinatsion sochilish spektri. Molekula tо'liq energiyasining tashkil etuvchilari Born -Opengeymer prinsipi Reja : Yorug'likning molekulyar sochilishi, Eynshteyn nazariyasi Yorug'likning kombinatsion sochilishi va uning mumtoz nazariyasi. Molekula energiyasining tarkibiy qismlari. Born - Oppengeymer prinsipi. Xulosa Muhitga tushgan yorug'lik qaytish, sinish va yutilishdan tashqari sochiladi ham. Yorug'lik maydoni ta'sirida tebranayotgan elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bо'ladigan ikkilamchi tо'lqinlar yorug'lik tо'lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochib yuboradi. Boshqacha qilib aytganda moddadan yorug'lik tarqalayotganda yorug'lik sochilishi kerak. Bunday hodisa yuz berishi uchun yorug'lik tо'lqinining о'zgaruvchi maydoni ta'siri ostida tebrana oladigan elektronlarning bо'lishi yetarlidir. Bunday elektronlar esa har qanday moddiy muhitda yetarli miqdorda bor. Agar muhit optik jihatdan bir jinsli bо'lsa ya'ni uning sindirish kо'rsatkichi nuqtadan nuqtaga о'tilganda о'zgarmasa u holda tо'lqin frontida bir biridan masofada joylashgan tengdosh hajmlarning ixtiyoriy ikkitasi chiqarayotgan ikkilamchi tо'lqinlar bir birini sо'ndiradi. Muhitning bir jinsli va ikkilamchi tо'lqinlarning kogerent bо'lishi yorug'lik sochilmasligining zaruriy va yetarli shartidir. Xaqiqatda esa ideal bir jinsli muhitlar bо'lmaydi. Real muhitlarda turli sababdan paydo bо'lgan optik bir jinslimasliklar hamisha bо'ladi bu esa yorug'likning ba'zi hollarida juda intensiv, ba'zi hollarda juda zaif sochilishini bildiradi. Bir jinslimasliklar tufayli bо'ladigan difraksiya yorug'likning diffuziyasi yoki sochilishi deyiladi. Demak muhitning bir jinsliligini buzish uchun sindirish kо'rsatkichini doimiyligini buzish kerak.Sindirish kо'rsatkichi esa muhitning dielektrik singdiruvchanligiga (1) munosabat orqali bog'langan. Muxitning qutblanishi, ya'ni muhitning birlik hajmining tashqi E maydon ta'siri ostida oladigan elektr momenti ga teng, bu yerda N - birlik hajimdagi molekulalar soni, p - bu molekulalarning har birining elektr momenti. Bu moment kattaligi tashqi elektr maydon kuchlanganligiga tо'g'ri proporsional, bunda qutblanuvchanlik koeffisiyenti deb atalib, molekulaning tuzilishini xarakterlaydi. Birlik hajm uchun yozsak: (2) ya'ni (3) yoki . (4) Sindirish kо'rsatkichining о'zgarmas bо'lishi chiziqli о'lchamlari tо'lqin uzunligiga nisbatan uncha kichik bо'lmagan teng hajmlar uchun kо'paytma muhitning turli joylarida bir xil bо'lishini bildiradi. Agar optik jihatdan bir jinsli bо'lgan muhit mutlaqo bir xil molekulalardan tashkil topgan (о'zgarmas) bо'lsa, u holda ham о'zgarmas bо'lishi, ya'ni muhitning zichligi hamma yerda bir xil bо'lishi kerak; agar muhit har xil molekula yoki gruppalardan tashkil topgan bо'lsa, u holda sindirish kо'rsatkichini о'zgarmaydigan qilish uchun bilan ni tegishlicha tanlab olish kerak. Masalan, benzol bilan uglerod sulfidning keraklicha qilib olingan aralashmasiga shisha parchalari botirilganda bu aralashma bir jinsli muhit bо'ladi: shisha bilan suyuqlik orasidagi bо'linish chegarasi sezilarli bо'lmay qoladi. Kо'zga kо'rinadigan yorug'lik tо'lqinining uzunligiga nisbatan kichik bо'lgan zarralarda yorug'likning sochilishini laboratoriya sharoitida birinchi bо'lib Tindal kuzatgan (1869 yil). Turli burchaklar hosil qilib sochilgan yorug'lik dastlabki oq yorug'likdan kо'k ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
273.33 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
273.33 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc