Yorug'likning kombinatsion sochilishi Reja: Yorug'likni kombinatsion sochilishining mumtoz nazariyasi Yorug'likni kombinatsion sochilishini kvant nazariyasi Xulosa Reley sochilishida sochilgan yorug'lik chastotasi tushuvchi yorug'lik chastotasiga mos keladi. Sochilishning bunday turini birinchi bo'lib Reley aniqlagani uchun bunday sochilish Reley sochilishi deb yuritiladi. Bu sochilish kogerent tarzda yuz beradi. Shu sababli ham Reley sochilishi - yorug'likning kogerent sochilishidir (1-rasm, a). Biroq sinchiklab o'tkazilgan tekshirishlarning ko'rsatishicha, sochilgan yorug'lik spektrida tushayotgan yorug'likni xarakterlaydigan chiziqlardan tashqari qo'shimcha chiziqlar (yo'ldoshlar) borligi, bular tushayotgan yorug'likning har bir chizig'i yonida turishi ma'lum bo'ldi (1-rasm). Yo'ldoshlar tushayotgan yorug'likning har qanday spektral chizig'i yonida kelgani uchun, bu yo'ldoshlarni qanday sharoitda payqash mumkin, degan savol tug'iladi. Yo'ldoshlar ko'rinadigan bo'lishi uchun tushayotgan yorug'lik spektri tutash spektr bo'lmay, balki alohida chiziqlar (monoxromatik chiziqlar) to'plamidan iborat bo'lishi kerak. Bu hodisaning quyidagi qonunlari tajribadan topilgan. Yo'ldoshlar tushayotgan yorug'likning har bir chizig'i yonida bo'ladi. Uyg'otuvchi (tushayotgan) yorug'lik spektral chizig'ining chastotasi bilan yo'ldoshlardan har bir chiziqlarning … chastotalari orasidagi farq sochuvchi modda uchun xarakterli bo'lib, uning molekulalarining xususiy tebranishlari chastotalariga teng: Yo'ldoshlar uyg'otuvchi chiziqdan ikki tomonda simmetrik yotuvchi chiziqlarning ikki sistemasidan iborat, (1-rasm) ya'ni Bu yerda chapda uyg'otuvchi chastotalardan uzunroq to'lqinli tomonda joylashgan yo'ldoshlarning chastotalarini, o'ngda esa uyg'otuvchi chastotalardan ikkinchi tomonda yotgan yo'ldoshlarning chastotalarini bildiradi. Spektrning qizil qismiga yaqin joylashgan va shuning uchun «qizil» yo'ldoshlar deb ataladigan birinchi yo'ldoshlar «binafsha» yo'ldoshlardan ancha intensivdir (1-rasm) Temperatura ko'tarilganda «binafsha» yo'ldoshlarning intensivligi tez ortadi. Kombinatsion sochilishni birinchi bo'lib G.S.Landsberg va L.I.Mandelshtamlar hamda hind olimlari Raman va Krishnanlar kashf etishgan (1928 yil). Hind olimlari Nobel mukofotiga sazovor bo'lishgan. Chet el adabiyotlarida Raman effekti deb ham yuritiladi. Bu sochilish odatda kombinatsion sochilish deyiladi. Quyida kombinatsion sochilish bilan batafsilroq tanishamiz. Yorug'likni kombinatsion sochilishining mumtoz nazariyasi Kombinsion sochilish hodisasi klassik nazariya nuqtai nazaridan quyidagicha tushuntiriladi. Ushbu hodisada yo'ldoshlarning paydo bo'lish sabablari yorug'lik to'lqinini sochuvchi muhit molekulasi atomlarining past chastotali tebranishlari bilan modulyatsiyalanishi orqali tushuntirish mumkin. Molekulaning qutblanishi, umuman qaraganda uni tashkil qilgan atomlarning joylashishiga bog'liq. Atomlar tebranganda qutblanish 0 - o'rtacha qiymat atrofida tebranadi buni quyidagicha izohlash mumkin: Ushbu tebranishlarning chastotasi 1012 -1013 gs bo'lib, elektromagnit to'lqinlar shkalasining infraqizil spektri sohasiga to'g'ri keladi. Boshqacha aytganda, (t) kattalikni o'zgarishi tushayotgan yorug'likning elektr maydonining tebranishiga nisbatan sekinroq o'zgaradi. Shu sababga ko'ra ham tushayotgan yorug'lik to'lqinining monoxromatik maydonida molekulaning dipol momentini o'zgarishi qonun bo'yicha ro'y beradi, ya'ni ampilitudasi modulyatsiyalangan tebranishdan iborat bo'ladi. Bu yerda - yorug'lik to'lqinining o'zgaruchan elektr maydoni, Е0 yorug'lik to'lqini elektr maydoni kuchlanganligini amplitudasi, - tushayotgan yorug'likning burchak chastotasi, - molekulaning qutblanuvchanligi, faqat uning tuzilishi va ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.4 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.4 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc