Yorug'likning muhitlardan sochilish to'g'risida nazariy qarashlar

Yorug'likning muhitlardan sochilish to'g'risida nazariy qarashlar

O'quvchilarga / Kimyo
Yorug'likning muhitlardan sochilish to'g'risida nazariy qarashlar - rasmi

Material tavsifi

Yorug'likning muhitlardan sochilish to'g'risida nazariy qarashlar Reja: Sochilishning turlari Sochilishning umumiy xarakteristikasi Reley qonunlari Xulosa Yorug'lik muhitga tushganda qaytish, sinishdan, tashqari sochiladi ham, masalan, bulutda, tumanliklarda yoki kolloid eritmalarda yoki havoga chiqqan tutun, sut, sovun eritmasi va ko'pgina xira muhitlarda sochiladi. Bularning hammasini oqarib ko'rinishi ularda quyosh nurini sochilishidir. Bu yerda sochilgan nurning oq bo'lib ko'rinishining sababi yorug'lik sferik zarrachalardan diffuzion qaytadi. Ammo optik jihatdan toza bo'lgan shaffof muhitda ham yorug'lik sochiladi. Bu yerda sochilishga sabab zichlik fluktuatsiyasi temperatura fluktuatsiya, konveksiya, fluktuatsiya va boshqa fluktuatsiyalar sabab bo'ladi. (Fluktatsiya har qanday kattaliklarning o'rtacha kattalikdan chetlanishidir). Shu xildagi turli xil fluktuatsiyalar tufayli optik jihatdan bir jinsli bo'lgan muhitda yorug'likni sochilishini yorug'likning molekulyar sochilishi deb yuritiladi. Molekulyar sochilgan yorug'likning intensivligi, qutblanish darajasi spektral sostavi va boshqa turli parametrlarini o'rganish fizikaviy optikaning yoki molekulyar optika masalalarini yechishga juda qo'l keladi. Chunki yorug'likning sochilishiga sabab bo'lgan har qanday protsess sochilgan yorug'lik parametrlarida o'zining izini qoldiradi (spektri, qutblanishi). Shuning uchun ham molekulyar sochilish moddalar xossalarini o'rganishda juda ham aniq metod bo'lib qolgan. Masalan: Avogadroning sonini turli yo'llar bilan topish mumkin. Molekulalarning o'lchamini bilish mumkin. (1g mol molekuladagi molekulalar soni Avogadro soni). Yorug'lik sochilishini o'rganishda birinchi muvaffaqiyatga Tindal erishgan. U uzunligi 1 m bo'lgan diametri 7 sm shisha trubka oldi. Uning ichidagi havosini so'rib olib ichiga mayda zarrali chang to'ldirdi va shisha trubkaga o'qi bo'ylab parallel nurlar dastasini yuboradi va trubkani turli tomonlardan kuzatadi. Kuzatish natijalarini 1868 yilda e'lon qildi va u qo'yidagi asosiy xulosalarga keldi. 1. Sochilgan yorug'lik ko'k rangga boyigan bo'ladi. 2. Tushuvchi yorug'likka nisbatan 900 burchak ostida sochiladi. 3. Sochilgan yorug'lik to'liq yoki qisman qutblanadi. Osmonning ko'k bo'lishini chang zarralaridan yorug'likni sochilishi deb tushuntiradi. Moviylikni Reley nazariyasi osongina tushuntiradi. Reley nazariyasi Tindal nazariyasiga asoslanib Reley yorug'lik sochilish nazariyasini yaratdi. Yorug'lik biror muhitga tushsa muhit molekulalari yorug'lik maydoni ta'sirida o'zgaruvchan dipol momentiga ega bo'ladi. O'zgaruvchan dipol o'z atrofiga elektromagnit to'lqinlarni tarqata boshlaydi. Bu elektromagnit to'lqinlar tushuvchi elektromagnit to'lqinlar bilan qo'shilib qaytgan va singan nurlarni hosil qiladi . Mana shu ikkilamchi to'lqinlar sochilgan yorug'likni hosil qiladi. Faraz qilamiz siyraklashgan gazga qutblangan yorug'lik tushayotgan bo'lsin. Bu yorug'likni garmonik yorug'likdan iborat desak uning tenglamasi. (1) Izotrop gaz zarralari bu maydon ta'sirida tebrana boshlaydi va ma'lum bir dipol momentiga ega bo'ladi. (2) Tebranayotgan bu dipol o'zidan ikkilamchi to'lqin nur tarqatadi. shu dipolning amplitudasi bu dipol o'zidan tarqatayotgan to'lqin kuchlanganligi (3) dipolning yo'nalishi bilan kuzatish yo'nalishi orasidagi burchak (4) dipol tarqatayotgan maydonning kuchlanganligi I=E2 (4 ) ni kvadratga ko'tarsak (5) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.7 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.7 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga