Yorug'likning qo'sh sinishi Reja: G'ayri oddiy nur Oddiy nur Anizotrop kristallar Kerr effekti Kotton-Muton hodisasi Xulosa XVII asrning oxirlaridayoq Island shpati (СаСО3) kristalli nurni ikkiga ajratib sindirishi ma'lum bo'lgan edi. Bu hodisa yorug'likni ikkiga ajralib sinishi deb nom oldi (1-rasm). Agar kristall tushuvchi nurga nisbatan aylantirilsa, kristalldan o'tuvchi ikki nur ham aylanadi. Fizik xususiyatlari yo'nalishlariga bog'liq bo'lmagan muhit izotrop muhit deb, aksincha yo'nalishlarga bog'liq bo'lgan muhit anizatrop muhit deb ataladi. Izotrop muhitda (masalan, shisha plastinkada) yorug'likning sinishi Snellius qonuni deb ataluvchi sinish qonuniga bo'ysunadi, ya'ni singan nur, tushuvchi nur va tushish nuqtasiga o'tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi. tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati ikkala muhit uchun o'zgarmas kattalik. Bu nisbat shu muhitning sindirish ko'rsatkichiga teng. Anizatrop muhitda, ya'ni anizatrop kristallarda (masalan, Island shpatida) yorug'lik singanda manzara o'zgacha bo'ladi. Tabiiy nur K kristallning A nuqtasiga tushgach ikki nur AB va AC larga ajraladi. Bu nurlar kristalldan chiqqach tabiiy nurga parallel yo'nalishda (BD va CE) davom etadilar. Kristallda nurlarning sinishi tekshirilganda quyidagilar aniqlandi. Singan nurlardan biri AB Snellius qonuniga to'la bo'ysunadi: Ikkinchi nur esa AC Snellius qonuniga bo'ysunmaydi. 1-rasm. Yorug'likning qo'sh sinishi Shuning uchun AB oddiy nur deb, AC esa g'ayrioddiy nur deb nom olgan. Tekshirishlarning ko'rsatishiga bu nurlar yassi qutblangan ekan. Lekin ularning tebranishlari o'zaro perpendikulyar tekisliklarda sodir bo'ladi. Bundan tashqari island shpatining sindirish ko'rsatkichi oddiy nur uchun 1,658 ga g'ayrioddiy nur esa n nurning yo'nalishiga bog'liq bo'lib kristallning optik o'qi (00) yo'nalishida 1,658 ga kristallning optik o'qiga perpendikulyar yo'nalishda 1,486 ga tengligi aniqlangan. Oddiy va g'ayrioddiy nurlarning sindirish ko'rsatkichlari bir-biridan farqlanganligi uchun bu nurlarning kristalldagi sinish burchaklari ham farqlanadi. Natijada oddiy va g'ayrioddiy nurlar bir-biridan ajralib davom etadi. Umuman olganda vektorni har bir vaqt momenti bo'yicha perpendikulyar o'qlar bo'yicha proyeksiyalash mumkin (2-rasm). Bu shuni anglatadiki, har qanday to'lqinni ikkita o'zaro perpendikulyar chiziqli qutblangan to'lqinlar superpozitsiyasidan iborat deb tasavvur qilish mumkin, Qutblangan yorug'likning Ex(t) va Ey(t) tashkil etuvchilari kogerent, qutblanmagan nurniki kogerent bo'lmaydi. Birinchi holda Ex(t) va Ey(t) tashkil etuvchilar fazalar farqi doimiy, ikkinchi holda doimiy bo'lmaydi. Nurlarni ikkiga ajralib sinish hodisasi ko'pgina kristallarda ikkita o'zaro perpendikulyar qutblangan nur uchun sindirish ko'rsatkichi har xil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham kristall o'zidan o'tadigan nurni ikkiga ajratib yuboradi (2-rasm). Kristalldan chiqqandan so'ng ikkita nur o'zaro perpendikulyar yo'nalishda chiziqli qutblangan bo'ladi. Nurlarni ikkiga ajratib sindiradigan kristallar anizotrop kristallar deb yuritiladi. Optik anizotropiyani sun'iy ravishda hosil qilish Yuqorida qaralgan yorug'likning ikkiga ajralib sinishi tabiiy holda ya'ni tabiy anizotrop kristallarda yuz beradi. Anizotropiyani suniy ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
140.9 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
140.9 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc