Yoyuvchilar (Tashuvchilar) Reja: 1. Yoyuvchilar to'g'risida umumiy tushunchalar. 2. Alyuminiy suboksidlari. 3. Glinozem va uning gidratlarining xossalari. 4. Alyuminiy oksidini olish usullari. Ko'pincha katalizatorlar g'ovak materiallar (moddalar) yuzasiga surtilgan (yoyilgan) holda qo'llaniladi. Bunday g'ovak moddalar katalizator yoyuvchilari yoki tregerlar deyiladi. Yoyuvchilardan foydalanishni quyidagi afzalliklari bor. Qimmatbaho metallar (Rt, Pd, Ag va boshqalar) tejaladi. Katalizatorni aktiv markazlarini bir joyda to'planib qolishiga yo'l qo'ymay, yani yoyilgan, tarqalgan holda saqlaydi, buning natijasida aktiv yuza ko'payadi. Katalizator ishlash vaqtida aktivligini tez yo'qotmaydi. Katalizatorni mexanik mustahkamligi ortadi va suyuqlanganda bir-biriga yopishishi qiyinlashadi. Yoyilgan katalizatorlar zaharlanshga kamroq moyil bo'ladi. Yoyuvchilar malum reaksiyalar uchun inert yoki o'z holicha katalizator bo'lishi mumkin, yoyuvchi sifatida, ko'pincha tuproq, asbest, ko'mir, metallar, ularni oksidlari kabi g'ovak materiallar qo'llaniladi. Quyida ko'p ishlatiladigan alyuminiy oksidi va alyumosilikatni struktura tuzilishini ko'rib chiqamiz. Malum reaksiya va katalizator uchun yoyuvchi tanlashda uning tabiatini va xossasini hisobga olish kerak, chunki yoyuvchi katalizatorni faqat yoyadi degan faraz noto'g'ridir. Yoyuvchi katalizatorni fizik-kimyoviy xususiyatini o'zgartiradi va buning natijasida katalizatorni aktivligi ortadi. I.Ye Abadurov fikricha yoyuvchi ta'sirida katalizatorlarni aktivligini oshishini sababi shundaki, yoyuvchi katalizatorni atom va molekulalarini deformatsiyalaydi, ularni qutblantiradi va tashqi maydon potentsialini o'zgartiradi. Yoyuvchi ta'siradi katalizatorni tabiati o'zgarishi hamda jarayon yo'nalishi o'zgarishi mumkin. Masalan, mis katalizatori etil spirtidan vodorodni chiqarib sirka aldegidga aylantiradi. Xuddi shu mis ko'mirga yoyilganda spirtni etilen bilan suvga parchalaydi. Sanoatda oksid katalizatorlarini tayyorlashda yoyuvchi sifatida alyuminiy oksidi keng qo'llaniladi. Alyuminiy oksidi toza holida yoki kremnezemni stabillashtirilgan holida ishlatiladi. 7.1. Alyuminiy suboksidlari Alyuminiy kislorod bilan uchta birikma beradi. Al2O, AlO va Al2O3 birinchi va ikkinchi suboksidlari sun'iy usulda yuqori temperaturada olinadi. Al2O3+ 4Al 3Al2O 2Al2O3bug' 4AlO + O2 Bu suboksidlar yuqori temperaturada alyuminiyni korund bilan 14500S da vakuum ostida qizdirib olish mumkin (10-3 mm. sim. ust.). 7.2. Glinazem va uni gidratlarining xossalari Alyuminiy oksidining barcha poliamorf ko'rinishidagi turlari ichida korund mustahkam strukturaga ega va kimyoviy barqarordir. - Al2O3 alyuminiy oksidining kimyoviy aktiv formasidir. Past temperaturada olingan - Al2O3 ni kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishish tezligi, 3 mol suvli alyuminiy oksidi - gidrargillitga o'xshaydi. Shuni etirof etish kerakki, glinozemni va uni gidratlarini kimyoviy xususiyatlari, ularni hosil bo'lish sharoitiga bog'liq. Alyuminiy gidrooksidini barqaror formalari - gidrargillit, bemit, diasporlar 500S dan yuqori temperaturada - Al2O3 ga va - Al2O3 ga aylanadi (700 - 100S). Keyingi paytlarda alyuminiy gidrooksidini yuqori temperaturadagi fazoviy o'zgarishlari o'rganilib - Al2O3 dan tashqari yana 6 ta turi aniqlangan. Ilgari bu turdagi alyuminiy oksidini - Al2O3 deb kelinar edi. va Al2O3 Bu hosil bo'lgan har ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.24 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.24 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc