Yupqa qatlamli xromatografiya usuli va uning imkoniyatlari

Yupqa qatlamli xromatografiya usuli va uning imkoniyatlari

O'quvchilarga / Kimyo
Yupqa qatlamli xromatografiya usuli va uning imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yupqa qatlamli xromatografiya usuli va uning imkoniyatlari MAVZUNI O'ZLAShTIRIShDA FOYDALANISh MUMKIN BO'LGAN ADABIYoTLAR 1. Pilipenko A.T., Pyatnitskiy I.V. Analiticheskaya ximiya. V dvux knigax: kn1 - M.: Ximiya, 1990,-480s. 2. Pilipenko A.T., Pyatnitskiy I.V. Analiticheskaya ximiya. V dvux knigax: kn2 - M.: Ximiya, 1990,-480s. 3. Lure Yu.Yu. Analiticheskaya ximiya proizvodstvennix stochnix vod Yu.Yu. Lure; M.: Ximiya, 1984, - 448s. 4. Yuing G. Instrumentalnie metodi ximicheskogo analiza Per. s angl. M.: Mir, 1989. - 348 s. 5. Ayvazov B.V. Vvedenie v xromatografiyu. M.: Vissh. shk., 1983. - 450 s. 6. Goldberg K.A., Vigdergauz M.S. Vvedenie v gazovuyu xromatografiyu. M.: Ximiya, 1990. - 329 s. 7. Stolyarov B.V. i dr. Prakticheskaya gazovaya i jidkostnaya xromatografiya. SPb.: SPbGU, 1998. - S. 81. RYeJA: 1. Yupqa qatlamli xromatografiya usuli. 2. Yupqa qatlamli xromatografiya usulining afzalliklari va kamchiliklari. 3. Xromatografiyalash va xromatogramma dog'larini aniqlash usullari. 4. Yupqa qatlamli xromatografiya usuli yordamida reaksiyani borishini boshqarish. 5. Turli xil moddalar va ularning tozaligini yupqa qatlamli xromatografiya usuli yordamida aniqlash. YuPQA QATLAMLI XROMATOGRAFIYa (YuQX) Yupqa qatlam xromatografiyasi (YuQX) - murakkab qattiq va suyuq aralashmalarni sorbent qavat bilan harakatchan suyuq faza orasida turli moddalarni ajratishga asoslangan usul hisoblanadi. Shu sabab, modda bir xil vaqt oralig'ida har xil oraliqda joylashadi. Bu metod yuqori sezgirligi va ko'p komponentli aralashmalarni o'rganish hamda ajratishda keng qo'llaniladi. 1938 yilda Xarkov kimyo-farmatsevtika institutida N.A.Izmaylov va M.S.Shrayber yupqa qatlamli xromotografiya usulining asoslarini ishlab chiqdilar. Yupqa qatlam xromatografiyasi (YuQX) - xromatografik metodlar ichida eng ko'p qo'llaniladigan dorivor preparatlar va ishlab chiqarishda foydalaniladigan xromatografik metoddir. Ushbu usulning boshqa xromatografik tahlil usullariga nisbatan ommalashishi yupqa qatlamli xromatografiyaning bir qator muhim afzalliklari bilan bog'liq. YuPQA QATLAMLI XROMATOGRAFIYa USULINING AFZALLIKLARI Ekspresligi yani tezkorligi. Yupqa qatlam xromatografiyasida sifat analizi uchun namuna tayyorlashga 1 daqiqadan 5-10 daqiqagacha vaqt sarflanadi. Bazi murakkab vaziyatlarda yarim soatgacha davom etishi mumkin. Xromatogrammaning elyuensyasi (Xromatografning hosil bo'lishi) elyuent tarkibiga, harakatchan fazaga, xromatagrammning uzunligi va sorbentga qarab 5 daqiqadan 30 daqiqagacha cho'zilishi mumkin. Ko'pgina hollarda namunalarni oldindan tayyorlashga xojat yo'q. Ko'pincha u tahlil o'tkaziladigan plastinkada amalga oshiriladi. Universalligi. Yupqa qatlam xromatografiyasi turli sharoitlarda bir nechta namunalar va ko'p o'lchamli elyuerlanishni ajratish qobilyatiga ega. Xuddi shu plastinkani shunchaki o'zgartirib (plastinkani biridan boshqasiga o'tkazamiz) ikki o'lchamli eluerlanishni amalga oshirishimiz mumkin, nafaqat ikki xil balki xromatografiya usullarini ham birlashtirish mumkin, masalan, absorbsiya va ajratish. Ikki eluerlanish oralig'ida plastinkaga kislota yoki asos bug'lari bilan ishlov berilishi va o'rganilayotgan aralashmaning tarkibiy qismining ionlanish darajasini o'zgartirish mumkin. Analiz qilinayotgan moddaning sarflanishi. Analiz uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 812.72 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 812.72 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga