Yuqori haroratda boradigan kimyoviy texnologik jarayonlar

Yuqori haroratda boradigan kimyoviy texnologik jarayonlar

O'quvchilarga / Kimyo
Yuqori haroratda boradigan kimyoviy texnologik jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

yuqori har oratda boradigan kimyoviy texnologik jarayonlar Reja: Silikatlar texnologiyasi. Silikatli materiallarning sinflanishi va ishlatilashi. Keramika buyumlari. Chinni va fayans. Mineral bog'lovchi moddalar. havoda qotuvchi va bog'lovchi moddalar. Gidravlik bog'lovchi moddalar Tsement ishlab chiqarish. Sh i sh a. 1. Silikatlar texnologiyasi. Silikatli materiallarning sinflanishi va ishlatilashi. Silikatlar, yarimsilikatlar, alyumosilikatlarning aralashmasi yoki suyuqlanmalaridan tashkil topgan materiallarga silikatlar deb, ularning ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog'ida silikatlar sanoati deb ataladi. Silikatli materiallar kimyoviy tarkibi, olinish sharoiti xossalari va ishlatilish sohalariga qarab uch guruhga: keramika, bog'lovchi materiallar va shishaga bo'linadi. Keramika grekcha keramikos so'zidan olingan bo'lib, giltuproq degan manoni anglatadi. Keramik materiallar va buyumlar asosan turli xildagi giltuproqlardan hamda bazi bir oksidlardan (SiO2, MgO, Al2O3, Fe2O3, FeO, CaO va boshqalar) tayyorlanadi. Keramik materiallar va buyumlarni tayyorlashdagi umumiylik, pishirish jarayonida xom ashyo yumshab, zarrachalarning bir-biriga yopishib yaxlitlanishidir. Bunda xom-ashyo tarkibidagi oson suyuqlanuvchi aralashmalarning mayda zarrachalari bilan sovush paytida mustahkam birikib qattiq keramikaga yani sopol parchasiga aylanadi. Pishirish yaxlitlanish darajasiga qarab ikki xil, g'ovak va zich pishgan keramika hosil bo'ladi. Birinchi guruh: g'isht, fyans, kafel (koshin), cherepitsa (tomga yopiladigan sopol), terrakota (jigarrang sopol), kulol va o'tga chidamli buyumlar (shomot, dinas va boshqalar) kiradi. Ikkinchi guruhga: chinni, kimyo sanoati uchun kislotalarga chidamli buyumlar, yulka va qoplama plitalar va boshqalar kiradi. Keramik buyumlar sirtining holatiga qarab sirlangan (glazurlangan) va sirlanmagan buyumlarga bo'linadi. Sirlangan buyumlarning sirti shishasimon yaltiroq sir bilan qoplangan bo'ladi. Silikatlar aralashmasini to'liq suyuqlanguncha qizdirib, so'ngra suyuq massani sovutilsa turli navdagi shishalar hosil bo'ladi. Kukunsimon silikatlar va alyumosilikatlarni va boshqa mineral moddalarni quydirilsa bog'lovchi xossaga ega bo'lgan birikmalarga aylanadi. Hozirgi zamonda silikatli materiallar ishlatilmaydigan sohani ko'rsatish qiyin. Silikatli materiallar ayniqsa qurilishda, masalan, qurilish g'ishtlari, cherepitsalar, qoplama materiallar, o'tga chidamli va kimyoviy buyumlar, elektr issiqlik va shovqinni izalyatsiyalovchi (o'tkazmaydigan) materiallar qurilish va bezak ishlari tayyorlashda keramik quvurlar olishda, elektrotexnika va radiotexnika sanoatida turli xildagi chinni izolyatorlar, isitish asboblari uchun har xil keramik qismlar, sanitariya-gigiyena (ozodalik) texnikasi narsalari va xoka'zolar. Keramika materialariga qiziqish shunchalik oshdiki, XXI asrni bazan keramika asri deb ham atalmoqda. Hozirning o'zida noyob mexanik, magnit, elektrik va optik xossalarga ega bo'lgan, xalq xo'jaligining turli-tuman sohalarida ishlatiladigan keramik materiallar yaratiladi. 2. Keramika buyumlari. Chinni va fayans. Keramika deb turli mineral ashyolardan, asosan tabiiy giltuproqdan, dolomit, magnezit, kvartsit, talku va shunga o'xshash boshqa materiaalardan tayyorlangan buyumlarga aytiladi. Chinni va fayans. Chinni fayansdan kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Chinnining shixtasi tarkibida kvarts (SiO2) va dala shpati (Na2OK2O*Al2O3*6SiO2) miqdori ko'p bo'ladi va chinni fayansga nisbatan yuqori haroratda kuydiriladi. Shuning uchun ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.59 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.59 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga