Yuqori molekulyar birikmalar 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 47-mavzu Yuqori molekulyar birikmalarning (YMB) xossalari, ularning tuzilishi va sintez qilib olish usuliga bog'liq bo'ladi. Polimerlarning tuzilishi. Ma'lumki, polimer makromolekulasining geometrik shakli chiziqli, tarmoqlangan, fazoviy bo'lishi mumkin. Polimerlarning kristall strukturasi makromolekulalarning tartibli (parallel) joylashishi bilan, amorf strukturasi esa tartibsiz joylashishi bilan xarakterlanadi. Odatda, makromolekulaning bir qismida tartibli joylashuv bo'lsa, boshqa qismida unga nisbatan tartibsiz joylashuv bo'ladi. Polimerlarning nisbiy molekulyar massasi o'rtacha qiymat, chunki ayni polimer uchun polimerlanish darajasi barqaror kattalik emas. Polimerlarning xarakterli xossalari. Polimerlar quyi molekulyar birikmalarga o'xshab aniq temperaturada emas, balki ma'lum temperatura oralig'ida suyuqlanadi. Ba'zi polimerlar umuman suyuqlanmaydi. Moddani suyuqlantirish uchun qizdirib, uning molekulalari orasidagi tortishish kuchini yengish kerak. Ko'p polimerlarning kam eruvchanligi erituvchining kichik molekulalari makromolekulalarni ajrata olmasligi bilan izohlanadi. Siz tabiiy kauchukdan tayyorlangan rezina buyumlarni, paxta tolasidan to'qilgan kiyimkechaklarni, sintetik yo'l bilan olingan polietilendan yasalgan har xil buyumlarni juda yaxshi bilasiz. Plastmassalar. Plastmassalar ishlab chiqarilish hajmi jihatidan polimer materiallar orasida birinchi o'rinda turadi. Plastmassalarning xossalari ularni tashkil etadigan polimerlarga ham bog'liq. Termoplastik plastmassalar chiziqli polimerlar (polietilen, polieropilen, polivinilxlorid, polistirol va b.) asosida olinadi, ular yuqori temperatura va bosimda plastiklik va oquvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, sovuganda yana qattiq holatga tushadi. Termoplastik rezina Termoplastik plastmassa Sun'iy va sintetik tolalar. Tabiiy tolalarni kimyoviy qayta ishlashdan olinadigan tolalar sun'iy tolalar, sintetik materiallardan olinadigan tolalar esa sintetik tolalar deb ataladi. sun'iy tolalar sintetik tolalar Kapron makromolekulalari chiziqli tuzilishga ega bo'lib, uni umumiy [-NH-(CH2)5-CO-]n formula bilan ifodalash mumkin. Kapronning molekulyar massasi 16 00-22 00 atrofida bo'ladi Kapron tolalaridan kiyim-kechak, sun'iy mo'yna, parashyut, arqon, baliq to'rlari tayyorlanadi. tayyorlanadi. Yuqori molekulyar birikmalar 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 35-mavzu Yuqori molekular birikmalar (YMB) xossalari jihatidan past molecular birikmalardan tubdan farq qiladi Bu hol YMB molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi bilan tushuntiriladi Tabiiy YMB larga o'simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi. selluloza kraxmal tabiiy kauchuk Sintetik YMB larga sintetik-plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan, polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi. Molekulalari o'zaro kovalent bog'lar orqali birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekular moddalar monomerlar deyiladi. Polimer molekulalari makromolekula ham deyiladi. Makromolekulada ko'p marta takrorlanadigan atomlar guruhini elementar zveno deyiladi. Polimer molekulasidagi n qiymati monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko'rsatadigan son bo'lib, polimerlanish darajasi deyiladi. Molekular massaning ortib borishi bilan quyi molekular moddalar uchun xarakterli bo'lgan diffuziya, uchuvchanlik ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.45 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.45 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: pptx