yuqori molekulyar birikmalarining sintezi. Polimerlanish Reja: 1. Polimerlanish va polikondensatlanishning ta'rifi. 2. Polimerlanish bosqichlari. 3. Radikal polimerlanish. 4. Ionli polimerlanish. Kationli va anionli polimerlanish. 5. Ion koordinatsion polimerlanish. Stereoregulyar polimerlar. Tabiiy polimerlar normal sharoitda asta sekinlik bilan hosil buladilar. o'simliklar tarkibidagi tabiiy polimerlar bu tsellyuloza va kraxmal bulsa, hayvonlardan olinadigan tabiiy polimerlar bu keratin, kollagen va fibroindir.Tabiiy polimerlarni texnikada ishlatish maqsadga muvofik emas. XX asrda sintetik polimerlarni olish tez rivojlanib ketdi hozirgi paytda polimerlarni makro va mikrostrukturalarini uzgartirib yangi xossalarga ega bo'lgan polimerlar sintez kilinmokda.Sintetik polimerlar kuyi molekulyar moddalardan (monomerlardan)polimerlanish va polikondensatlanish usullari bilan olinadi. Polimerlanish-- monomer molekulalarining o'zaro birikish reaksiyasi bo'lib, bunda polimerdan boshqa qo'shimcha moddalar hosil bulmaydi.Tarkibida kushbog bo'lgan birikmalar polimerlanish xususiyatiga ega. sikllarning ( yopiq halqa)ochilishi natijasida xam polimerlanish reaksiyalari bajarilishi mumkin Polikondensatlanish- monomerlarning o'zaro birikishi natijasida makromolekula hosil qiluvchi reaksiya bo'lib polimerlardan tashqari oddiy moddalar ( suv, spirt) ajralib chiqishi bilan boradi. Monomer tarkibida ikki 2 va undan ko'p funksional guruh bo'lishi kerak. Polimerlanish Tarkibidagi kushbogning parchalanishi yoki siklning ochilishi natijasida kuyimolekulyar moddalar-monomer molekulalarining o'zaro birikib,yuqorimolekulyar birikma hosil qilish jarayoniga polimerlanishdeyiladi.Bunday reaksiyalarning xususiyatlari kuyidagilardan iborat: 1.Moddalarning reaksiyagacha va reaksiyadan keyingi elementar ximiyaviy tarkibi bir xil (chekka gruppalarni hisobga olmaganda) 2.Polimer molekulasidagi monomer zvenolari orasidagi kovalent bog'lanish 3.hosil bo'lgan kovalent zanjirlarining uzunligi har xilligi, yani polidispersligi. Polimerlanish jarayonida fakat bir xil monomer katnashsa gomopolimerlanish, agar ikki va undan ortik monomerlar xili katnashsa sopolimerlanish jarayoni sodir bo'ladi. Polimerlanish reaksiyasini umumiy holda quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: nM --[M]n Bunda M-monomer, n-monomerlar soni yoki polimerlanish darajasi. to'qimachilik va yengil sanoatda ishlatiladigan polimerlarni sintez qilishda quyidagi reaksiyalar juda muhim ahamiyatga ega: 1.Vinil monomerlarda (uglerod-uglerod) karbon-karbon kushbogning ochilishi nSN2 = SN-- -SN2 - SN- n R R 2. Karbon kislorod kushboining ochilishi (shuningdek S=N,S=S va xokazo boglar) nSN2 0 -- SN2-O 3. Karbo yoki getero yopiq halqalarning ochilishi: CH2 C =O-- [ NH (CH2)5 CO]n n(SN2 )3 NH CH2 Bu reaksiyalarda atomning o'zaro joylanishi manamer va polimer molekulasining zvenolarida uzgarmay saqlanadi. Polimerlanish jarayonlari zanjirsimon va bosqichli mexanizm bo'yicha borishi mumkin. Kushbogning ochilishi natijasida boradigan polimerlanish zanjirsimon mexanizmi bilan boradi. Xar qanday zanjirsimon reaksiya kabi polimerlanish xam uchta asosiy bosqichdan iborat. 1) Zanjirning hosil bo'lishi (initsirlash) 2) Zanjirning davom etilishi (o'sishi) 3) Eanjirning uzilishi. Zanjirsimon polimerlanish reaksiyalarida erkin radikallar va ionlar aktiv markazlar bo'lishi mumkin. Aktiv markazlar ximiyaviy tabiatiga ko'ra radikal va ionli polimerlanishga ajratiladi. Radikal polimerlanish Polimerlar hosil qilishning eng kulay usullaridan biri initsiatorlar ishtirokida polimerlanishdir.Polimerlanish jarayoni-ning tezlashtira oladigan moddalar initsiatorlar ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.2 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.2 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:23 ]
Arxiv ichida: doc