Yuqori molekulyar birikmalarning kimyoviy texnologiyasi

Yuqori molekulyar birikmalarning kimyoviy texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Yuqori molekulyar birikmalarning kimyoviy texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Yuqori molekulyar birikmalarning kimyoviy texnologiyasi Reja: 1.Yuqori molekulyar birikmalar. 2.Yuqori molekulyar birikmalarning xossalari, sinflarga bo'linishi va olinishi. 3.Plastmassa ishlab chiqarish 4.Polikondensatlanish polimerlari va ular asosida olinadigan plastmassalar. 5.F e n o p l a s t l a r n i i sh l a b ch i k a r i sh. 6.Oddiy va murakkab poliefirli polimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi 7.Polimerlanish polimerlari va ular asosidagi plastmassalar 8.Polietilen ishlab chiqarish texnologiyasi 9.Polistirol ishlab chiqarish texnologiyasi 10.Tabiiy yuqori molekulyar birikmalar. Kimyoviy texnologiyasi. 11.Tsellyuloza ajratib olish texnologiyasi. Kauchuk ishlab chiqarish texnologiyasi. 1. Yuqori molekulyar birikmalar. Yuqori molekulyar birikmalar (KMB) deb molekulalari bir necha minglab atomlardan tashkil topgan katta molekulyar massasi birikmalarga aytiladi. Bunday gigant molekulalar makromolekula deyiladi. Tirik tabiatda paxta, jun, ipak, yog'och, charm, kauchuk kabi ko'plab yuqori molekulyar birikmalar uchraydi. Kishilar qadim zamonlardan biri tabiiy KMB dan kiyim-kechaklar, oyoq kiyimlari, uylar, mehnat qurollari tayyorlashda foydalanib kelganlar. Ammo KMB ishlab chiqarishning qimmatligi, assortimenti, mexanik xossalari, resurslari, ularga bo'lgan sanoatning hamda kishilarning xo'jalik faoliyati talablarini qondira olmadi. XIX asrning oxirlarida sanoatda tabiiy KMB ni kimyoviy modifikatsiyalab ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Taxminan 80 yillar ilgari birinchi sintetik KMB ishlab chiqaruvchi korxonalar paydo bo'ldi. Hozirgi vaqtda sintetik yuqori molekulyar birikmalar (SKMB) plastmassa, kauchuk, tola, plyonka, lak va boshqalar shu qadar muhim ahamiyatga ega bo'lib qoldiki, ularsiz xo'jalikning biror tarmog'i ham rivojlana olmaydi. Dunyoda KMB rangli metallarga nisbatan miqdor jihatdan ham, sifat jihatdan ham ko'p ishlab chiqarilmoqda va o'sish surati davom etmoqda. KMB ishlab chiqarishning bunday tez suratlarda o'sishiga sabab, unda ko'pgina: elastiklik, qattiqlik, mustahkamlik, tiniqlik yoki tiniqmaslik, engillik kimyoviy mustahkamlik, issiqlikka chidamlilik va boshqa ajoyib xossalarning mujassam ekanligidadir. Ularning ayrimlari ko'pgina xossalari bilan tabiiy materiallardan ustun turadi. KMB ni ishlab chiqarish jarayoni va ular asosida buyumlar tayyorlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish oson. Shuning uchun ham ular avtomobilsozlik, samolyotsozlik, paroxodsozlikda, elektrotexnika, radioelektronika, kosmonavtikada kimyoviy, yengil, oziq-ovqat, tibbiyot va sanoatning boshqa ko'pgina tarmoqlarida turli buyumlarini tayyorlashda keng ko'lamda ishlatilmoqda. Yuqori molekulyar birikmalarning xossalari, sinflarga bo'linishi va olinish usullari. KMB ni polimerlar ham deyiladi. Polimerlar deb molekulalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi bir xil bo'lgan ko'p marta takrorlanadigan zvenolardan tuzilgan yuqori molekulyar birikmalarga aytiladi. Odatdagi organik birikmalarda molekulaga biror zvenoning yoki gruppaning kiritilishi yoki chiqarilishi ularning fizik kimyoviy xossalarini keskin o'zgartirib yuboradi. Masalan: normal uglevodlarning qaynash temperaturasini o'zgarishini olaylik: S4 N10 -1350S, S6 N4 -990S, S8 N18 -570S, S10 N22 -300S. Ammo mol massasi ortib borgan sayin ularda bu farq kamayib boradi. Masalan, S62 N126 +1010S, da qaynasa S64 N139 -1020S ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 175.82 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 175.82 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga