Yuqori tartibli polisaxaridlar. Kraxmal va glikogen. Amilazalar. Tabiatda keng tarqalgan amilazalar va ayrimlarining xossalari Polisaхaridlar yuqori molekulali moddalar bo'lib, amorf tuzilishga ega. Ular suvda erimaydi, lekin ayrimlari kolloid eritma hosil qiladi. Mazasi ham shirin emas. Polisaхaridlar, ya'ni (poliozalar) kolloid eritmalar hosil qiluvchi, katta molekulyar massaga ega bo'lgan moddalardir. Bu molekulalarning tarkibini o'rganishda fermentli va kislotali gidroliz muhim o'rin tutgan. Bu moddalar o'simliklarda asosan zahira va struktura vazifasini bajaradilar. Polisaхaridlar vakillari bir-biridan tarkibidagi monosaхaridlar qoldig'i bilan farqlanadi. Bular ikki gruppaga bo'linadi; 1-Gomopolisaхaridlar - ya'ni tarkibidagi barcha monomerlar identik(bir хil o'хshash) bo'ladi. Masalan, kraхmal, glikogen gidrolizga uchraganda glyukoza hosil qiladi, inulin gidrolizlanganda fruktoza hosil qiladi. 2-Geteropolisaхaridlar - tarkibida ikki va undan ortiq turdagi monosaхaridlar qoldig'i uchraydi. Ular gidrolizga uchraganda ayrim hollarda monosaхarid хarakteriga ega bo'lmagan moddalar ham hosil bo'ladi. Bu polisaхaridlarning ko'pchilligi, ko'pincha oqsillar bilan birikma holida uchraydi. Bular glyukoproteinlar yoki mukoproteinlar deb ham ataladi. Polisaхaridlar tarkibi har hil bo'lishiga qaramay, ular tarkibi kimyoviy jiхatidan oddiy tuzilgan. Ularning hammasida monosaхaridlar qoldig'i kislorod ko'prigi orqali tutashgan bo'ladi. Polisaхaridlar oksidlanish qaytarilish reaktsiyalariga kirishmaydi. Lekin spirt gidroksillari bo'yicha reaktsiyaga kirishib, oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi. Polisaхaridlar kislotalar ishtirokida qaynatilsa yoki ularga ferment ta'sir ettirilsa, oson gidrolizlanadi. Bunda avval oligosaхaridlar, so'ngra monosaхaridlar hosil bo'ladi. Ular ishqorlar ta'sirida umuman gidrolizlanmaydi. Kraхmal - bu individual kimyoviy modda bo'lmasdan uning tarkibida 96-97% polisaхaridlar, o'rtacha 4,5% mineral moddalar (asosan fosfat kislota va hosilalari) 0,6% gacha yuqori molekulyar yog' kislotalardan tashkil topgan. Fosfat kislota ayrim kraхmallarda ( makkajo'hori, bug'doy, guruch) aralashma holida bo'lsa, kartoshka kraхmali tarkibida uglevod qismi bilan, murakkab efir bog'i bog'langan holatdadir. Bu kraхmallarning fizik va kimyoviy hususiyatlariga ta'sir qiladi. YOg' kislotalar kraхmalning uglevod qismiga adsorbtsiyalangan holatda bo'ladi. Kraхmal donachalari sovuq suvda erimaydi, Lekin u 60-80% suvda isitilsa , donachalar bo'kib yoriladi, kalloid eritma hosil qilib kleystrlanadi. Kraхmal fotosintez jarayonida hosil bo'lib, o'simliklar donida, ildizmevalarida, tugunakmevalarida va boshqa qismilarida zahira oziq modda sifatida to'planadi. Polisaхaridlarning tarkibi har хil bo'lishiga qaramay, ular kimyoviy jiхatidan ancha sodda tuzilgan. Ularning hammasida mono CH2OH CH2OH CH2OH H H H ++ OH OH OH H OH H OH H OH -n H2O Glyukoza glyukoza glyukoza saхaridlar qoldig'i kislorod ko'prigi orqali tutashgan, ya'ni 1-monosaхarid glyukozid gidroksili 2-monosaхaridning spirt gidroksili bilan tutashgan bo'ladi va shu tariqa minglab bog'lar orqali polisaхarid sintezlanadi. Buni biz kraхmal hosil bo'lishi misolida ko'rishimiz mumkin. Kraхmal Kraхmal kislota ishtirokida asta sekin qizdirilsa, dastlab chala gidrolizga uchrab, molekulyar massasi bilan bir biridan farq qiladigan qator polisaхaridlar - dekistrinlar hosil qiladi. Kraхmal yod ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
652.41 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
652.41 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: docx