Zanjir uzatuvchi agentlar va ularni polimerlanishga ta'siri RЕJA: Kirish Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasidagi tadqiqotlar O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning e'tiborga loyiq yo'nalishlarning , shuningdek ,dunyo miqyosida ilm-fanning umumiy rivojlantirish tendensiyalariga mos kelmog'i lozim [1.] Hozirgi vaqtda yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasida maxsus maqsadlarda qo'llanuvchi polimerlarning yaratilishi uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi ilmiy tadqiqotlar juda muhim ahamiyatga ega [2]. Ma'lumki , butun dunyo bo'yicha olinayotgan polimerlarning ko'pchiligi radikal polimerlanish orqali sintez qilinadi.Bu sintez jarayonini oson yo'l bilan amalga oshirish va ushbu sharoitda polimerlanuvchi monomerlar juda ko'pchilik qismni tashkil qilishi bilan bog'liq . Sintez qilingan polimerlarning amaliy maqsadlarda qo'llashda polimerlarning molekulyar massasi muhim o'rin tutadi . Ishning dolzarbligi. Polimerlar ma'lum optimal xossalarni molekulyar massaning ma'lum intervalida namoyon qiladi. Bu esa radikal polimerlanish jarayonida polimerlarning molekulyar massasini boshqarishni taqozo qiladi .Bu masala maxsus metod orqali amalga oshiriladi . Bular polimerlanish jarayoniga zanjir uzatuvchi agentlarni qo'llash metodi bolib , zanjir uzatuvchi agentlar orqali reaktsion sistemadagi hosil bo'layotgan polimer makromalekulasining molekulyar massasiga sezilarli ta'sir qilish imkonini beruvchi metod hisoblanadi. Shu sababli zanjir uzatuvchi agentlar va ular polimerlanish jarayonini o'rganish dolzarb masaladir . Ishdan maqsad . Radikal polimerlanish jarayonida zanjir uzatuvchi agentlarni qo'llanilishi va ularni polimerlanish jarayoniga taэsirini o'rganishdan iborat . Anashu qo'yilgan maqsadga quyidagi vazifalarni yechish orqali erishildi: - zanjir uzatilish reaksiyalarini o'rganish - turli xil zanjir uzatuvchi agentlarning polimerlanish jarayonida qo'llanilganda polmerlanishga ta'siri o'rganish. -polimerni molekulyar massasini boshqarishda zanjir uzatuvchu agentlarning rolini o'rganish. Mavzuning amaliy ahamiyati. Hozirgi kunda xalq xo'jaligining turli sohalarini tibbiyot, farmasevtikani polimerlarsiz tasavvur qilish qiyin. Yuqori molekulyar birikmalar muayyan xossalariga ko'ra barcha sohalarda ma'lum maqsadlarda samarali qo'llanilmoqda. Ularning xossasi nafaqat monomer tabiati, balki uning molekulyar massasi bilan bog'liq. Shu sababli kerakli xossali polimer olish uni molekulyar massasini boshqarishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda polimerni molekulyar massasi hamda molekulyar massaviy xarakteristikalarini boshqarishda eng samarali usul- polimerlanish jarayonida zanjir uzatuvchi agentlarni qo'llash usulidir. Zanjir uzatuvchi agentlarni tabiati,zanjir uzatishdagi faolligi, reaksion qobiliyatini chuqur o'rganish orqali ma'lum amaliy maqsadli polimerlar sinteziga erishish mumkin. I BOB.ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. Zanjirning uzatilish reaksiyalari Ma'lumki, polimerlanish reaksiyalari uch bosqichda boradi; zanjirning initsirlanishi, zanjirning o'sishi, zanjirning uzilishi. Bu polimerlanish jarayonida yana bir bosqichni e'tiboga olish lozim bo'ladi. Bu zanjirning uzatilish reaksiyasi hisoblanadi. Zanjirning uzatilishi natijasida makromolekulyar zanjir o'sishdan to'xtaydi. o'sayotgan makroradikalga harakatchan atom yoki atomlar guruxi faol bo'lmagan molekuladan ajraladi va radikal faolligini pasaytiradi. Natijada faol bo'lmagan molekula radikalga aylanib yangi kinetic zanjirni boshlab beradi [3] : ks ~~ m* +AH~~m + A* Bu yerda Zanjir uzatilish reaksiyasi natijada polimer zanjiri qisqaradi, ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
240.91 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
240.91 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: doc