Zararlovchi moddalar ximiyasi va inson harakati R e j a: 1. Bioximiyaviy o'zgarishlar ta'siri. 2. Ximiyaviy moddalarni singishi. 3. Bioximiyaviy ta'sir natijasida kechadigan kasallik. 4. Ximiyaviy moddalardan ozuqani biosintezlash. 5. Fermentatsiya texnologiyasi. Tayanch so'zlar : farmakologiya, dinamika, ekologik tuzoq, karboksigemoglobin, lokallanish, biotransformatsiya, fenilalanin, enzima, tirozin, alkaptonuriya, endzomik zob. 1. Bioximiyaviy o'zgarishlar ta'siri. Inson faoliyati atrof-muhitdagi ximiyaviy tabiatga bog'liq. Ba'zi zararli moddalar ta'siri natijasida inson normal harakatlanishi buziladi. Bu moddalarni inson organizmiga singishi organizmdagi bio-ximiyaviy jarayonlarni kechishiga ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir ikki xil kechishi mumkin: organizmga ximiyaviy moddalarni tushishi natijasida bioximiyaviy jarayonlarni o'zgarishi hamda bioximiyaviy jarayonlar va harakat o'rtasidagi normal bog'liqlikni o'zgarishi. Bu ta'sirlar farmakologiya talablari asosida nafas olish yo'llari orqali ta'sir etib, organizmdagi bioximiyaviy jarayonlar dinamikasini o'zgartiradi. Bu o'zgarish harakat faoliyatiga ta'sir etadi. Asosiy ta'sirlardan biri neyroximiyaviy jarayon bo'lib, markaziy nerv sistemasida boradi. Nozik organ bo'lib, bir nechta shunday o'zgarishlarni keltirib chiqarish mumkin. Inson miyasi 100 mlrd. to'qimalardan iborat bo'lib, bir-biridan ingichka tirqish bilan ajralib turadi. To'qimalar orasida boruvchi aktiv jarayonlar natijasida 10-9g neyroximiyaviy modda uzatilishi mumkin. 2. Ximiyaviy moddalarni singishi. Tashqi ximiyaviy muhitni sifati yomonlashsa, demak ekologik tuzoqlar mavjud. Ximiyaviy muhitni o'zgarishi muhit holatini real va operativ boshqarish yetarli emasligini bildiradi. Ekologik tuzoqlardan biri og'ir metallardir. 1956 yil may oyida suv iflosliklarini insonga ta'siri kuzatildi, ya'ni klinikaga nerv sistemasini buzilishi bilan murojaat etildi. Tekshirilganda bu kasallikni keltirib chiqargan modda metilsimob bo'lib, ximiyaviy korxonalarni oqova suvini dengizga qo'shilishidan hosil bo'lgan. Natijada aholi daryo mahsulotlaridan oziqlangan. Kasallik bedavo bo'lib, nutqni va harakatni buzilishiga, eshitishni yo'qotilishi kabi sabablar paydo bo'lishiga olib keladi. Ekologik tuzoqlardan gazlar bo'lib, chiqaradigan gazlar tarkibidagi atmosfera zararkunandalari va sanoat korxonalaridan atmosferaga tushadigan changlar va oltingugurt oksidi natijasida hosil bo'ladi. ww.qmii.uze-lib Bundan tashqari uglerod oksidi-rangsiz, ta'msiz gaz bo'lib, toksik ta'sirga ega. 8 soatlik ish kunida ruxsat etilgan miqdor 50 mln-1 ga teng. 100 mln-1 miqdorda 1 soatda xush yo'qotiladi, 4 soatda halok bo'lishi mumkin. Organizmda CO qon gemoglabinda harakatlanib karboksigemoglabinni hosil qiladi, bu esa inson o'limiga sabab bo'ladi. 3. Bioximiyaviy ta'sir natijasida kechadigan kasallik. Tashqi muhitdan inson organizmiga tushadigan ximiyaviy moddalar neytroximiyaviy jarayonlar yo'nalishida o'zgarib, jarayonni ma'lum qismida modda miqdori ta'sir ko'rsatadi. Bioximiyaviy jarayonlarni o'rganish natijasida inson harakatiga ta'sir ko'rsatuvchi ximiyaviy moddalar o'rganiladi. Ximiyaviy moddalarni inson organizmiga tushishini turli yo'llari bor, stomatik nafas yo'li orqali, terisi yoki shilliq parda orqali. Shunga ko'ra, ximiyaviy modda ta'sirini ko'rsatuvchi ichki muhit yo'nalishini o'rganish zarur. Ba'zan bu modda qon tomirlarini yemiradi yoki ichki hujayralar to'siqlarini zararlaydi. Agar modda miqdori yetarli konsentratsiyaga ega bo'lsa, uning ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:17:20
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.93 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:17 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.93 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:24 ]
Arxiv ichida: doc