Zavodlardagi to'yinmagan gazlarini ishlatish

Zavodlardagi to'yinmagan gazlarini ishlatish

O'quvchilarga / Kimyo
Zavodlardagi to'yinmagan gazlarini ishlatish - rasmi

Material tavsifi

Zavodlardagi to'yinmagan gazlarini ishlatish Reja: 1. Yengil gazlar tarkibidagi to'yinmagan uglevodorodlar; 2. To'yinmagan uglevodorodlarni sanoatda qo'llash; 3. Izobutanni butilen bilan alkillash, sanoatdagi qurilmalar. AGFU ustanovkalarida yengil gazlar, propan-propilen va butan-butilen fraksiyalari ajralib chiqadi. Odatdagi gazlar tarkibida to'yinmagan gazlar dan: etilen, propilen, butilenlar bor. Atsetilen, butadien gazlari piroliz ustanovkalaridan va qattiq rejimda ishlaydigan termik ustanovkalaridan chikayotkan gazlarni tarkibida bordir. To'yinmagan gazlar polimerlar olish uchun ishlatiladi. Polimerlar olish jarayonida to'yingan gazlar qatnashmaydi, lekin reaktorni issiqlik balansini tekislab turadi, polimerlash jarayonining chuqur ketishiga yo'l qo'ymaydi. Izobutanni olefinlar bilan alkillashning kimyosi, qo'llaniladigan katalizatorlar Izobutanni olefinlar bilan alkillanganda masalan butilen bilan benzin fraksiyasi hosil bo'ladi. Bu benzin asosan izobirikmalardan tarkib topgan bo'lib uning oktan soni 90-95 mmga tengdir. Bu fraksiya avtomobil benzinlariga qo'shiladi. Bu reaksiyani 1932 yilda V.I.Ipatev ixtiro etkan. Bu jarayon AlClj katalizator sifatida sulfat kislotasi va suyuq NG' kislotasi ishlatiladi. Shuni qayd qilib o'tish kerakki, kislotalar ishtirokida uchinchi uglerod atomi bo'lgan uglevodorodlarni alkillash nisbatan yengil boradi. Izobutanni etilen bilan alkillash reaksiyasi juda suet amalga oshadi. Propilen va butilenlar tezlikda reaksiyaga kirishadi. Izobutanni butilen bilan alkillash jarayonida 96-98% li sulfat kislotasi va propilen bilan alkillanayotganda 98-100% ligi ishlatiladi. Ishlash jarayonida katalizator qisman yangisi bilan almashtirilib turil adi. Asosiy reaksiya butilen bilan: Alkillash reaksiyasi issiqlik chiqazish bilan sodir bo'ladi. Sulfat kislotasi ishtirokida jarayon 0 dan 10 S gacha va IG kislotasini ishtirokida 25-30° da olib boriladi. Bunga sabab harorat 10-15° S dan yuqori ko'tarilganda sulfat kislotasi uglevodorodlarni oksidlay boshlaydi. Reaksiya 0,3-1,2 MPa bosimda amalga oshadi. 82 Kislotalar olefinlarni polimerlash reaksiyasini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun reaksiya zonasida izobutanni olefinga nisbatini 4ch-10: 1 miqdorda olib boriladi. Katalizatorning miqdorini uglevodorodlarga nisbati 1:1 ga teng bo'lsa jarayon yaxshi natijalar beradi. Izobutanni olefinga nisbatini oshirish maqsadida reaktorlarda xom ashyo maxsus moslamalar yordamida aralashtirilib turiladi. Izobutanni butilen bilan alkillashni sanoatdagi qurilmalari Sulfat kislotasining ishtirokida izobutanni butilenlar bilan alkillash jarayonini sanoatda amalga oshiriladigan qurilmalarining asosi reaktor hisoblanadi. Ilgarigi reaktorlarni kontaktor deb atalar edi. Zamonaviy qurilmalarda kAsqadli reaktor ishlatiladi. Bu reaktorlarda izobutan va butilenni aralashmasi hom ashyo sifatida seksiyalarga beriladi. Birinchi seksiyaga aylanib yuruvchi izobutan va sulfat kislotasi beriladi. Reaktorning oxirgi kamerasilan hosil bo'lgan- alkilat chiqadi. Shu seksiyadan gaz xolidagi aylanib yuruvchi izobutan kompressor orqali yana reaktorni birinchi seksiyasiga beriladi. Hosil bo'lgan alkillat birinchi kolonna - propan kolonnasiga beriladi. Bu yerda alkilatdan propan gazi ajratib olinadi. So'ngra alkilat izobutan kolonnasiga tushadi. Kolonnada alkilatdan izobutan ajralib chiqib yana reaktorga beriladi. Alkillat esa butan kolonnasiga keladi. Butan gazidan tozalangan alkilat alkilatni haydash kolonnasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.5 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.5 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga