α - Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezi

α - Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezi

O'quvchilarga / Kimyo
α - Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Qodirov ABDUAXAD ABDURAXIMOVICHNING «α-Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezi» mavzusidagi loyihasi TAQDIMOTI Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir. I.A.Karimov Keyingi yillarda qishloq xo'jaligi ekinlari ayniqsa texnik ekin hisoblanadigan g'o'za ekinidan yuqori hosil olish bo'yicha bir qancha agrokimyoviy tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda butun xalq xo'jaligida o'tkazilayotgan islohotlar qishloq xo'jaligini ham o'z ichiga qamrab oldi. O'simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarining qishloq xo'jaligida ishlatilishi qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olishning eng asosiy yo'llaridan biri hisoblanib qolmoqda. Ularning hamda o'simliklarni o'stiruvchi moddalarning qo'llanilishi o'simliklarni har xil kasalliklarga chidamli bo'lishiga, hosilning erta yetilishiga va hosildorlikning oshishiga hamda yuqori navli mahsulot olishga zamin yaratadi. Agrar sohada olib borilayotgan islohotlar davr talabiga javob beradigan, import o'rnini to'ldira oladigan, ekologik toza, zaharlilik darajasi past bo'lgan va qo'llanilishi sodda va muhim bo'lgan preparatlarni ishlab chiqish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biridir. Keyingi paytlarda qishloq xo'jaligini import o'rnini bosuvchi o'simliklarni kimyoviy himoya qiladigan va hosildorligini oshiradigan yuqori biologik faollikka ega bo'lgan hozirgi davr talablariga javob beradigan preparatlar bilan ta'minlash organik kimyo fanining dolzarb muammolaridan biridir. Adabiyotlarda α-aminonitrillar sintezi va ularning kimyoviy o'zgarishlariga bag'ishlangan ko'plab ma'lumotlar keltirilgan. Asosan ularni siangidridlarni karbonil birikmalar bilan o'zaro reaksiyasidan, aminlar va sianid kislota tuzlarining reaksiyalaridan olish mumkin. Ularni olishni yana bir uslubi sifatida α-aminoizobutironitrillarni oksobirikmalar bilan kimyoviy reaksiyasini ham keltirish mumkin. Ba'zi hollarda reaksiya mahsulotining unumi yuqori emas, ko'p hollarda sianid kislota tuzlarining (kaliy, natriy, ammoniy va mis sianid va boshqalar) ishlatilishi ma'lum bo'ldi. Siangidrinlar va aminlardan α-aminonitrillar olish usullarining optimal holatlarini topish, reaksiyaning borishiga erituvchi tabiatining, haroratning hamda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan suvning reaksiya mahsulotlarining unumiga ta'sirini o'rganish organik sintez nuqtai-nazaridan qiziqarli hisoblanadi. -loyiha ishiga doir ilmiy metadologik ma'lumotlarni to'plash va ularni tahlil qilish; - chet eldan keltiriladigan import o'rnini bosuvchi yuqori samarali o'simliklarni o'stiruvchi stimulyatorlarni mahalliy xom-ashyo asosida olinadigan yuqori samarali stimulyatorlar bilan almashtirish; - iqtisodiy jihatdan kam mablag' sarflab xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan tannarxi arzon hamda ekologik toza o'simliklarni o'stiruvchi stimulyatorlarni sintez qilish; - tadqiqot uchun olingan o'simliklarni o'stiruvchi stimulyatorlarni samaradorligini ilmiy va nazariy jihatdan asoslash; xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida qo'llaniladigan biologik faol moddalarni aniqlash, moddalarning kimyoviy tuzilishi-biologik faollik o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha birlamchi xulosalar qilish va mavjudlarini rivojlantirish. Qashqadaryo viloyatida paxta tolasini ishlab chiqarish Respublika miqyosida yetakchi o'rinlarni egallashini hisobga olib ushbu sohani rivojlantirishga, g'o'zadan yuqori hosil olish imkonini beruvchi agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish ushbu loyihaning asosiy maqsadi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:24 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga