5-Laboratoriya. Kimyoviy kinetika va muvozanat

5-Laboratoriya. Kimyoviy kinetika va muvozanat

O'quvchilarga / Kimyo
5-Laboratoriya. Kimyoviy kinetika va muvozanat - rasmi

Material tavsifi

5 - laboratoriya ishi. Kimyoviy kinetika va muvozanat Mashg'ulot rejasi: Kimyoviy reaksiya tezligi. Konsentratsiya tushunchasi. Gulberg va Vaage qonuni. Vant-Goff qonuni. Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog'liqligi. Gaz moddalar orasidagi kimyoviy reaksiya tezligi. Mashg'ulot maqsadi: Kimyoviy reaksiya tezligini temperatura va konsentratsiyaga bog'liqligini sulfat kislota, natriy tiosulfat tuzi eritmasi reaksiyalari orqali aniqlash. Tayanch iboralar: Konsentratsiya, katalizator, gomogen va geterogen sistemalar, faza tushunchalari, promotor, initsiator, ingibitor tushunchalari. Kerakli jihozlar va reaktivlar Sulfat kislotasi, natriy tiosulfat tuzi eritmasi, suv, probirka, termometr, stakan, о'lchov silindrlari, Temir (II) - xloridning suyultirilgan eritmasi, suyultirilgan ammoniy rodanid eritmasi, temir (II) - xlorid tuzi. Nazariy ma'lumot Kinetika - kimyoviy jarayonlarning tezligi, mexanizmlari va unga tasir etuvchi omillarni o'rganadi. Kimyoviy reaksiya tezligi - kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar konsentratsiyasini vaqt birligi ichida o'zgarishi kimyoviy reaksiya tezligi deyiladi. Masalan; kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddaning dastlabki konsentratsiyasi 1 moll ga teng. Reaksiya 10 sekund davom etgandan so'ng ushbu moddani konsentratsiyasi 0,4 moll ga teng bo'lsa, reaksiya tezligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanib topamiz. Bu yerda; C1 - C2 ∆C C1- moddani dastlabki konsentratsiyasi v = yoki C2-reaksiyadankeyingi konsentratsiyasi t1 - t2 ∆t t1 va t2 dastlabki va reaksiyadan keyingi vaqt 1 - 0,4 0,6 v = = 0,06 moll*sek 10 sek 10 Demak, shu reaksiyani tezligi 0,06 moll ga teng ekan. Kimyoviy reaksiya tezligiga tasir etuvchi omillar quyidagilar; reaksiyaga kirishayotgan moddalar tabiatiga; reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning konsentratsiyasiga; temperaturaga; gazlarda bo'ladigan reaksiyada - bosimga; qattiq moddalarning reaksiyalarida - maydalanganlik darajasiga; radioaktiv nur tasiriga. Reaksiya tezligining kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga bog'liqligi. Tasirlashayotgan moddalar qancha bir-biriga moyil bo'lsa va yangi kimyoviy moddalar hosil bo'lishi bilan tugaydigan to'qnashishlar foizi qancha ko'p bo'lsa, reaksiya tezligi katta bo'ladi. Masalan; H2 + F2 = 2HF H2 + Br2 = 2HBr Birinchi reaksiya 200 oC da ham portlash bilan borsa, ikkinchisi esa qizdirilganda ham sekin boradi. Bunga sabab vodorodning ftorga nisbatan kimyoviy moyilligi bromga qaraganda kattaligida (ftorning NEM bromnikiga nisbatan yuqori). Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog'liqligi. A va B moddalar o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirishish uchun ularning molekulalari bir-biri bilan to'qnashishi kerak. To'qnashuvlar qancha ko'p bo'lsa, reaksiya shuncha tez ketadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi qancha yuqori bo'lsa, to'qnashuvlar soni ko'p bo'ladi. Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentratsiyani tasirini 1867-yil norvegiyalik olimlar; K.Guldberg va P.Vaagelar tomonidan kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni massalar tasiri qonuni kashf etildi. Bu qonunga ko'ra: kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko'paytmasiga proporsional va reaksiya tenglamasidagi modda formulasi oldidagi koeffitsent konsentratsiya darajasiga bog'liq. Masalan; NH3 ni hosil bo'lish reaksiyasi uchun to'g'ri va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati docx
Fayl hajmi 35.25 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:19 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati docx
Fayl hajmi 35.25 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga