Atomda elektron qavatlarning tuzilishi

Atomda elektron qavatlarning tuzilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Atomda elektron qavatlarning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

5-Mavzu: Atomda elektron qavatlarning tuzilishi Reja: Kvant sonlar Klechkovskiy qoidasi Pauli prinsipi Gund qoidasi Kvant sonlar To'lqin funksiyasining qabul qiladigan qiymatlarini cheklovchi to'rtta kattalik kvant sonlar deb yuritiladi. Bu sonlar vositasida atomdagi elektronlar holatini ifodalash mumkin. Ularni birma-bir ko'rib chiqamiz. Bosh kvant son - n ma'lum tartibda joylashgan energetik pog'ona- larning tartib raqamini ifodalaydi va uning qabul qiladigan qiymatlari butun ratsional raqamlar ketma-ketligidan iborat: n =1, 2, 3, 4, 5, 6, ∞ K L M N O P Atomdagi elektronlar bosh kvant soni bilan xarakterlanadi va u energetik pog'ona deb yuritiladi (energetik pog'onalar, ularning raqam va lotin alifbosining bosh hartlari bilan ifodalanadi. Elektronlar joylashgan orbitallarning bosh kvant son qiymati ortib borgan sari orbitaldagi elektron bilan yadro orasidagi masofa (atomning orbital radiusi) ortib boradi va shu bilan birga, Kulon qoidasiga binoan, yadro bilan elektronning tortishish energiyasi kamayadi. Bosh kvant son qiymati qancha kichik bo'lsa, ayni pog'onachalarda elektronlaming yadro bilan bog'lanish energiyasi shuncha katta bo'ladi, n qiymati origan sari elektronning xususiy energiyasi tobora orta boradi. Yadroga yaqin pog'onada joylashgan elektronni tashqaridan qo'shimcha energiya (temperatura, elektr razryad va boshqalar) sarflab, bosh kvant soni kattaroq bo'lgan pog'onalarga (atomning qo'zg'algan holatiga) o'tkazish mumkin. Elektron qo'shimcha energiya qabul qilib n qiymati kattaroq bo'lgan pog'onaga ko'chadi, bunda elektronning xususiy energiyasi ortadi, lekin uning yadro bilan bog'lanish energiyasi kamayadi. Energiya miqdori katta bo'lsa, elektron atomdan chiqib ketadi va ionlangan holatga o'tadi. Yuqori energetik holatga o'tgan elektron bo'sh qolgan kichik raqamli pog'onaga qaytib o'tganda atom oldin yutilgan energiyani yorug'lik nuri ko'rinishida (atom spektrini hosif qilib) atrofga sochadi va shunda elektron asosiy holatga qaytib keladi (qo'zg'algan holatning davom etish davri ~10-8 s). Har bir bosh kvant son (pog'ona) uchun uning qiymatiga teng bo'lgan miqdorda pog'onacha van1qiymatga teng bo'lgan miqdorda orbitallar bo'ladi. Energetik pog'onalarni tashkil etuvchi pog'onachaiar, orbitallar xillari va sonlari orbital kvant soni yordamida aniqlanadi. Orbital kvant son - l bosh kvant son bilan quyidagicha bog'langan: a) l ning qabul qiladigan qiymatlar soni har bir pog'ona uchun noldan boshlanib, ayni pog'onaning raqam qiymatidan bitta kichik bo'lgan raqamlar oralig'idagi kattaliklar (bosh kvant soniga teng bo'lgan) soniga teng bo'ladi. Pog'onachaiar raqamlar bilan, ko'pincha esa lotin alifbosining kichik harflari bilan: l=0 bo'lsa, s - harfi bilan, l=1 bo'lsa, p - harfi bilan, 1-2, 3, 4 bo'lganda d, f, g - harflari bilan ifodalanadi. Orbital kvant sonning bunday belgilari bir vaqtning o'zida pog'onacha tarkibiga kiruvchi orbitallar shaklini ham ifodalaydi. nbilan l orasidagi munosabat quyidagi jadvalda aks ettirilgan: Bu jadvalda atomlardagi oltita elektron pog'onalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati docx
Fayl hajmi 736.55 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:26 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati docx
Fayl hajmi 736.55 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga