Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari

Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari

O'quvchilarga / Kimyo
Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari - rasmi

Material tavsifi

3-Mavzu: Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari Reja: Massaning saqlanish qonuni Tarkibning doimiylik qonuni Ekvivalentlar qonuni Avagadro qonuni Karrali nisbatlar va hajmiy nisbatlar qonuni Modda massasining saqlanish qonuni Bu qonun haqidagi ma'lumot sizga 7-sinfda bayon etilgan edi. Uning ta'rifi faqat kimyoviy jarayonlar uchungina o'z kuchini saqlab qoladi, lekin boshqa jarayonlarda u o'z kuchini yo'qotadi va mutlaq xususiyatga ega emas. Har qanday o'z-o'zidan sodir bo'ladigan o'zgarishlar natijasida sistemaning energiya zaxirasi o'zgaradi, bunday vaziyatda tabiatning umumiy qonuni asosida har qanday harakat (kimyoviy reaksiyalar ham harakat turlaridan biridir) davomida reaksiyada qatnashuvchi moddalar massasining o'zgarishi yotadi. Kimyoviy jarayonlarda ajralib chiqadigan energiyaning qiymati massa- ning taxminan 10-7% ga proporsional bo'ladi. Har qanday atomning ayrim nuklonlar va elektronlardan hosil bo'li- shida massaning o'zgarishini quyidagicha hisoblash mumkin: uglerod atomining hosil bo'lishida 6 ta proton (6*1,673*10-27 kg), 6 ta neytron (6*1,675*10-27kg) va 6 ta electron (6*9,109*10-3l kg) qatnashganda massalar yig'indisi 2,0093*10-26 kg ga teng bo'ladi. Tabiiy uglerod atomining massasi esa 1,9927*10-26 kg ga teng. Olingan raqamlar farqi 2,009310-26-1,9927 10-26=0,166*10-26 kg ga teng bo'ladi (massa defekti). Bu massa (0,0990 m.a.b. ga teng) yadrodagi nuklonlar orasidagi bog'lanishga sarf bo'ladi. A.Eynshteynning massa va energiyani bog'lovchi tenglamasi E=mc2 bo'yicha bu energiya 8,9*1011 kJmolni tashkil etadi. FormuladagiE - moddaning tinch holatdagi energiyasi, m - moddaning massasi, c- vakuumda yorug'lik tezligi, u 3*108 ms ga teng. Ajralib chiqqan energiyaning miqdori katta bo'lsa ham massajuda kichik kattalikka o'zgaradi. Shu sababli kimyoviy jarayonlarda massaning saqlanish qonuni o'z kuchini saqlab qoladi, deb qabul qilamiz. Bu qonun kimyoning asosiy qonunlaridan biri. Uning asosida kimyoviy reaksiyalar tenglamalari, turli kimyoviy hisoblashlar amalga oshiriladi. Energiyaning saqlanish qonuni asosida kimyoviy jarayonlarda energi- yaning ajralishi yoki yutilishigina emas, balki reaksiyalarning tenglamalari ham tuziladi. Moddalar tarkibining doimiylik qonuni Bu qonun haqida kimyo fani bilan tanishganda o'quvchilarga boshlang'ich ma'lumotlar berilgan edi. Ilmiy izlanishlarda kimyoviy moddalarni ularning tuzilishiga ko'ra, molekular va nomolekular turlarga bo'lingan edi. Anorganik tabiatga ega bo'lgan moddalarning taxminan 5% igina molekular tuzilishga ega. Ular qatoriga oddiy gazlar fnodir gazlar, H2, N2, O2, galogenlar), oddiy sharoitda gaz holidagi yoki qaynash temperaturasi unchalik yuqori bo'lmagan molekular tuzilishga ega bo'lgan moddalar (suv, ammiak, uglerod(II) va uglerod(IV) oksidlar) va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday moddalar molekulalari tarkibidagi atomlar soni ko'p bo'lmaydi, ular molekulalari orasidagi bog'lanish juda zaif; boshqacha aytganda, molekulalar orasidagi bog' atomlar orasidagi kovalent bog' energiyasidan 10 martalar zaif bo'ladi. Bunday turkumdagi moddalarning tarkibi ularning olinish usuliga bogiiq emas, ularning tarkibi doimiydir. Anorganik moddalarning deyarli 95% miqdori nomolekular turga taalluqli. Ko'pincha kristall holatdagi anorganik moddalar atom yoki ionlardan tuzilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati docx
Fayl hajmi 94.04 KB
Ko'rishlar soni 3 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:46 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati docx
Fayl hajmi 94.04 KB
Ko'rishlar soni 3 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga