7-Mavzu: Kimyoviy bog'lanishlar va ularning turlari Reja: Kimyoviy bog'lanish turlari Kimyoviy bog'lanishning ba'zi xususiyatlari Kovalent bog'lanish Atom orbitallarining gibridlanishi Qutbli kovalent bog'lanish Donor-akseptor va ion bog'lanish Kimyoviy bog'lanish turlari Molekulalar tarkibidagi zarrachalar orasidagi tortishuv kuchlari kimyoviy bog'lanish natijasidir. Atomlar orasida elektrostatik tortishuv natijasida molekulalar, ular ishtirokida kristall panjaralar hosil bo'lishi, elektronlar tufayli vujudga keladi. Kimyoviy bog'lanish natijasida hosil bo'ladigan moddalarning umumiy (kinetik va potensial) energiyalarining yig'indisi boshlang'ich moddalarning umumiy energiyasidan kichik bo'lgandagina yangi moddalar hosil bo'ladi. Har qanday sistema o'zining energiya jamg'armasini kamaytirishga intiladi. Bu vaziyat oddiy moddalardan murakkab sistemalarga o'tishga zamin bo'ladi. Kimyoviy bog'lanish hosil qilish uchun tashqi valent pog'onasidagi elektronlarning yadro bilan bog'lanish energiyasi o'zak elektronlarnikiga nisbatan zaifroq bo'lishi, valent elektronlar bir yadro maydonida bo'lganidan ko'ra ikki (aslida molekuladagi barcha) yadro oralig'ida juftlashgan holatda bo'lishi shu sistemani energetik afzal holatga olib keladi. Kimyo fanining hozirgi rivojlanish bosqichida kimyoviy elementlar atomlari orasidagi bog'lanish tabiatini talqin etishda ikkita nazariya hukm surib keladi. Ularning birini valent bogianish nazariyasi (VBN) deb ataladi. XX asrning o'rtalarida paydo bo'lib, molekulalardagi kimyoviy bog' hosil bo'lishini tushuntiruvchi ikkinchi nazariya - molekular orbitallar (MO) nazariyasi VBN dan ustun turadi. Bu nazariyaning asoslari bilan o'quvchilar oliy o'quv yurtlari dasturi hajmida keyinchalik tanishadilar. O'quvchilar VBN ning (u lokallashgan elektron juftlar uslubi deb ham ataladi) asosiy holati molekulada kimyoviy bog'lanishni hosil qilishda ikki yadro oralig'ida yangi elektron juft qatnashadi, degan tezis bilan 8-9-sinfi hajmida tanishganlar. Yadrolar oralig'ida zarrachalami o'zaro bog'lab turuvchi yangi elektron juftlar yangi moddaning deyarli hamma xususiyatlarinij tushuntirishga imkon beradi. Bu holat VBN yutuqlaridan eng muhimidir. 1915-yilda Kossel tuzsimon moddalarda ionli bog'lanish mohiyatini, 1916-yilda Lyuis kovalent bog'lanish hosil bo'lishini talqin etdilar. Quyidagi V.l-jadvalda atomlar orasida hosil bo'ladigan kimyoviy bog'ilanishning asosiy turlari (1-3 holatlar) va ularning xususiyatlari (4 va 51 holatlarda) keltirilgan. Unda molekulalar yoki ion va molekulalar orasidal hosil bo'ladigan bog'lanishlar haqidagi ma'lumotlar ham aks ettirilgan. Kimyoviy bog'lanishning ba'zi xususiyatlari Kimyoviy moddalarning xossalari ular molekulalarini hosil qilgan bog'lanish xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq. Shunday xususiyatlardan eng muhimlari bog'lanishda qatnashgan atomlar orasidagi masofa (bog' uzunligi), bog'lanish energiyasi, bog'larning to'yinuvchanligi va yo'naluvchanligidir. Bog'lanish uzunligi - ikki yadro oralig'i 1 nanometrlar (nm=1*10-9m) bilan o'lchanadi. Ko'pchilik hollarda bu masofa uzunlashgani sari bog'ning uzilishi osonlashadi. Bog' uzunligi molekulani tashkil etuvchi atomlarning radiuslari bilan bog'liq, ular orasida ma'lum darajada proporsionallik kuzatiladi. Masalan, bu vaziyatni galoidvodorodlar uchun quyidagi ma'lumotlardan ko'rish mumkin: Molekulalar HF HC1 HBr HJ l,nm 0,092 0,128 0,142 0,162 Bu qatorda bog'lanish hosil qilishda qatnashadigan atomlar - galogenlar joylashgan davr raqami ...

Joylangan
26 Mar 2025 | 12:01:57
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
8.07 MB
Ko'rishlar soni
1 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:46
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
26 Mar 2025 [ 12:01 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
8.07 MB
Ko'rishlar soni
1 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:46 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan