6-Mavzu: Kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi Reja: Davriy qonunning yaratilishi Davriy sistemaning ahamiyati Davriy sistemaning tuzilishi Elementlarning valentligi va davriy sistema Elementlar va ular birikmalari xossalaridagi davriy o'zgarish Atom tuzilishi va davriy qonun Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati Hozirgi vaqtda ba'zi xossalari o'rganilgan va IUPAC qabul qilgan elementlarning soni 105 ta, lekin ularni izchil tartibga soluvchi D. I. Mendeleyevning (1834-1907-yillar) davriy qonuni kashf etilgan vaqtda (1869- yil) ular soni 64 ta edi. Elementlarning 105 tasidan faqat 90 tasi tabiatda uchraydi, qolganlari sun'iy usulda yadro reaksiyalari vositasida sintez qilingan. D. I. Mendeleyev elementlarning bir-biriga o'xshamaydigan tabiiy gruppalarini, aniqrog'i, xossalari bir-biriga teskari bo'lganlarini, masalan, galogenlar bilan ishqoriy metallarni (yoki ishqoriy-yer metallarini) o'zaro taqqoslab, atom massalarining qiymatlari o'zgarishiga qarab, elementlar xossalarining davriy ravishda o'zgarishini aniqladi. D. I. Mendeleyevning davriy qonuni quyidagicha ta'riflanadi: Kimyoviy elementlar va ular hosil qiladigan sodda va murakkab moddalarning xossalari shu elementlarning atom yadro zaryadi bilan davriy bog'lanishga ega. D. I. Mendeleyev davriy qonunni yaratishda elementlar atom massala- rining ortib borishi asosida tuzgan davriy sistema jadvaliga asoslandi. Elementlarning davriy sistemasi davriy qonunning grafik tasviridir. Bu jadvalning hozirgi vaqtda qo'llaniladigan variantida 10 ta gorizontal qator va 8 ta vertikal gruppa bo'lib, har bir gruppaga kimyoviy xossalari bir- biriga o'xshash bo'lgan elementlar kiradi. Davriy jadvalni tuzishda D. I. Mendeleyev elementlarning faqat atom massalarigagina tayanib qolmasdan, u elementlarning kimyoviy xossalariga ham jiddiy ahamiyat bergan holda ba'zi elementlarning jadvaldagi o'rnini to'g'ri tanlashga muvaffaq bo'ldi. D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlarning davriy qonuni va davriy sistemasi kimyo fani uchun katta ahamiyatga ega. Agar XIX asrning 70- yillarida D. I. Mendeleyev bu qonunga asoslanib bir necha elementlarning topilishini oldindan aytib bergan bo'lsa, XX asrga kelib bu qonun uran elementidan keyin joylashgan og'ir metallarning kimyoviy tabiatini muhokama qilishda yo'l ko'rsatuvchi nazariy asos bo'ldi. Kimyoviy elementlar xossalarining davriy o'zgarish qonuniyati hozirgi zamon kimyosining ba'zi qismlarida (masalan, yarimo'tkazgich xossasiga ega bo'lgan moddalarni sintez qilishda, katalizatorlar tanlashda va hokazo), geokimyoda, koinot va yadro kimyosida juda katta ahamiyatga ega. Davriy qonunning kashf etilishi atom tuzilishining jadal rivojlanishiga, atomlar tuzilish nazariyasi esa davriy qonunning fizik ma'nosini tushunishga imkon berdi. Davriy sistemada elementlar xossalaridagi o'zgarish qonuniyatlarini o'rganish natijasida element atomlari orasida sodir bo'ladigan kimyoviy bog'lanish muammolarini hal etish imkoniyati yaratildi. Bir necha elementlarning davriy sistemadagi o'rni va xossalari shu qonun asosida batafsil oldindan aytib berildi. Agar davriy qonun asosida faqat atom massasining ortib borish xususiyati yotganda edi, noma'lum elementlarning xossalarini oldindan aytib berish mumkin bo'lmas edi. Bu elementlar hali D. I. ...

Joylangan
26 Mar 2025 | 12:01:57
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
923.94 KB
Ko'rishlar soni
2 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:47
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
26 Mar 2025 [ 12:01 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
923.94 KB
Ko'rishlar soni
2 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:47 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan