8-Mavzu: Termokimyoviy reaksiyalar. Gess qonuni Reja: Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti Entalpiya va entropiya Gess qonuni Kimyo fanining bu qismi kimyoviy jarayonlarning vaqt o'tishi davomida turli omillar ta'sirida qanday qonuniyatlar asosida amalga oshishini o'rganadi. Turli tashqi ta'sirlar orasida reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalarining o'zgarishi, temperatura o'zgarishining ta'siri va gaz moddalar orasida boradigan reaksiyalarga tashqi bosimning ta'siri va, bulardan tashqari, yana bir necha holatlar va vaziyatlar ta'siri natijasida bo'ladigan o'zgarishlar sistema uchun ahamiyatga ega bo'ladi. Har qanday omillarning reaksiya tezligiga ta'sirini o'rganishda turlicha yo'l tutish mumkin. Masalan, reaksiya tezligini o'rgamsh maqsadida qo'yilgan tajribalarni turli miqdorda olingan moddalar ishtirokida kuzatiladigan o'zgarishlarni qayd etish va olingan ma'lumotlarni umumlashtirish natijasida sizga ma'lum bo'lgan «ta'sir etuvchi massalar qonunh ta'riflangan edi. Boshqacha yoi tutilganda - reaksiya davomida ayrim atom va molekulalar holatidagi o'zgarishlarni tadqiq etish natijasida ham uraun qonuniyatlarni keltirib chiqarish mumkin. Bu usulni amalga oshirishda ko'pincha turli taxminlarga tayanishga to'g'ri keladi, chunki ko'pchilik reaksiyalar «oraliq bosqichlar» vositasi orqali amalga oshadi. Oraliq bosqich mexanizmi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ko'pgina ma'lumotlarni o'zaro umumlashtiruvchi holatgacha yetkazish kerak bo'ladi.Makrosistemalarga mos keladigan qonuniyatlar atomlarda va molekulalarda o'ziga xos xususiyatlarga ega, ular bir-biridan keskin farq qilishi ham mumkin. Hozirgi zamon kimyoviy kinetikaning yutuqlari yuqorida aytilgan ikkl xil yo'nalishdagi izlanishlar natijasidan kelib chiqqan qonuniyatlar va nazariy holatlarni jamlab olgan.Termokimyoviy hisoblar asosida ko'pgina ahamiyatli jarayonlarni energetik xossalarini baholash mumkin. Masalan, kimyoviy bog'lar va kristall panjara energiyalarni, fazoviy o'zgarishlar, molekulalar orasidagi ta'sirlashish energiyalarini, erish, solvatlanish (gidratlanish) entalpiyalarini hisoblash mumkin 1840-yilda rus kimyogari G. I. Gess issiqlik effektlar yig'indisi (issiqlik effektining additivligi) qonunini ta'rifladi: Uglerod(IV) oksidning oddiy moddalardan hosil bo'lish entalpiyasi (ΔH0f,298) va oraliq bosqichda CO ning hosil bo'lish entalpiyasi bilan lining CO2 gacha oksidlanish entalpiyalari yig'indisiga teng ekanligi energiyaning saqianish qonuni lalabiga javob beradi. Shunday grafik yoki hisoblardan foydalanib, tajribada o'lchab bo'lmaydigan CO ning hosil bo'lish entalpiyasini hisoblab topish oson bo'ladi. Termokimyoviy hisoblar asosida kimyoviy bog' energiyasini, kristall panjara energiyasini, molekulalar orasidagi zaif bog'lar energiyasini, moddalarning erish va gidratlanish energiyasini, moddalarning bir fazadan ikkinchi fazaga o'tish jarayonining energetik effektlarini topish mumkin. Hozirgacha 4 mingdan ortiq moddalarning hosil bp'lish entalpiyalari haqidagi ma'lumotlar aniqlangan. Nazorat savollari: Issiqlik effekti nima? Entalpiya nima? Entropiya nima? Gess qonuni nimani ifodalaydi? ...

Joylangan
26 Mar 2025 | 12:01:57
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
2.06 MB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:16
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
26 Mar 2025 [ 12:01 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
2.06 MB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:16 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan