1-AMALIY MASHG'ULOT Anorganik birikmalarning asosiy sinflari. Oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar. Fanga ma'lum bo'lgan elementlar 200 mingdan ortiq anorganik birikma hosil qiladi. Bu birikmalar noorganik kimyoda quyidagi to'rt sinfga bo'linadi; Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmasi oksidlar deyiladi. Oksidlarda kislorod bilan birikkan element doimo musbat valentli, kislorod esa manfiy ikki valentli bo'ladi (F2O bundan mustasno). Oksidlar to'rt gruppaga bo'linadi: 1. Asosli oksidlar; 2. Kislotali oksidlar; 3. Amfoter ya'ni tuz hosil qiluvchilar ham deb yuritiladi. 4. Befarq ya'ni tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Ko'pincha bu oksidlar indiferen oksidlar ham deyiladi. Biroq bu to'g'ri emas, chunki ular ham kimyoviy reaksiyaga kirishadi va birikma hosil qiladi. Masalan: 2NO + Cl2 = 2NOCl Oksidlar kimyoviy hossalariga ko'ra to'rt gruppaga bo'linadi: Asosli oksidlar. Kislotalar yoki kislotali oksidlar bilan o'zaro ta'sirlashib, tuz hosil qiladigan oksidlar asosli oksidlar deyiladi. Ishqoriy va ishqoriy-er metallarining oksidlari (Li2O, K2O, CaO, MgO, BaO va hokazo) suvda yaxshi eriydi. Metall oksidlarining hammasi ham asosli oksidga misol bo'lavermaydi. Ayrim metallar kislotali, asosli va amfoter oksid hosil qilishi mumkin. Masalan, CrO asosli, Cr2O3 amfoter, CrO3 kislotali, MnO asosli, MnO2 amfoter, MnO3 va Mn2O7 kislotali oksid hisoblanadi. Oksid tarkibida ion bog'lanish kuchsizlanib, kovalent bog'lanish kuchaygan sari oksidning harakteri o'zgarib, avval amfoter, keyin kislotali xossalarni namoyon qiladi; boshqacha aytganda, elementning oksidlovchilik xossasi ortishi bilan uning xarakteri amfoter yoki kislotali oksid xossasiga o'tib boradi. Masalan, K2O, CaO, Al2O3, SiO2, P2O5, SO3, Cl2O7 qatorda oksidlarning kilotalik xossasi kuchayadi. Kislotali oksidlar. Asoslar yoki asosli oksidlar bilan o'zaro ta'sirlanib, tuz hosil qiladigan oksidlar kislotali oksidlar deyiladi. Kislotali oksidlarni angidridlar deb ham ataladi. Metalloidlar va oksidlovchilik xossasi kuchli bo'lgan metallmaslarning oksidlari kislotali oksidlarga misol bo'ladi. Masalan: SO2, SO3, CO2, N2O3, N2O5, P2O5, NO2, CrO3, SiO2, Cl2O7 va boshqalar. Ko'pchilik kislotali oksidlar suvda erib, ayni elementning kislorodli kislotasini hosil qiladi. Amfoter oksidlar. Kislotalar bilan asosli oksid sifatida, asoslar bilan kislotali oksid sifatida reaktsiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladigan oksidlar amfoter oksidlar deyiladi. Amfoter oksidlarga quyidagilar misol bo'ladi: ZnO, SnO, RbO, As2O3, Cr2O3, Si2O3, MnO2. Oksidlarni nomlanishi. O'zgarmas valentli elementlar oksidining nomi shu element nomiga oksid so'zini qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi. Masalan, K2O kaliy oksid, Na2O natriy oksid, CaO kalsiy oksid, Al2O3 alyuminiy oksid va hokazo. Agar element o'zgaruvchan valentlik namoyon qilsa, uning oksidini nomlashda shu elementning nomi yoniga qavs ichida rim raqami bilan elementning valentligi ko'rsatiladi va oxiriga oksid so'zi qo'shiladi. Masalan, FeO temir (II) oksid, Fe2O3 temir (II) oksid, СO uglerod (II) oksid, СO2 uglerod (IV) oksid. KISLOTALAR. Kislotalar tarkibida vodorod ...

Joylangan
26 Mar 2025 | 12:01:57
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
32.7 KB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:16
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
26 Mar 2025 [ 12:01 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
32.7 KB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:16 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan