1 - laboratoriya ishi. LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI I. ISH TARTIBI Kimyo laboratoriyasida qo'llaniladigan reaktivlar reaksiyada ajralib chiqadigan ba'zi birikmalar tavarak-atrof va inson uchun ozmi-ko'pmi zararlidir. Shuning uchun laboratoriya mashg'ulotlari davomida quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur: Darslikdan va ma'ruzadan tegishli bo'limlarni o'qib chiqing va laboratoriya ishining mazmuni bilan tanishing. Tajriba uchun kerak narsalar (idishlar, asboblar, reaktivlar) borligi aniqlanguncha tajriba boshlamang. Tajriba o'tkazish vaqtida ishning ko'rsatmada ko'rsatilgan tartibi va ketma - ketligiga rioya qiling. Zararli moddalar bilan bajariladigan ishlarni mo'rili shkafda bajarish lozim. Konsentrlangan ishqor va kislotalar ham shu yerda saqlanadi. Moddalarni qo'lga olmay shpatel yoki chinni qoshiqchalarda olish kerak. 6.Ajralib chiqayotgan gazlarni yaqin turib hidlash mumkin emas. Tarkibida simob, mishyak, bariy, qo'rg'oshin bo'lgan tuzlar zaharli ekanini esda tutish lozim. Hamma ehtiyot choralariga rioya qiling (kerak bo'lgan taqdirda, ishni mo'rili shkafda bajaring, yonuvchi va havfli moddalar bilan ishlaganda ehtiyot bo'ling). Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning tafsilotlarini bilib oling. Ish tamom bo'lgandan keyin, ish o'rnini tartibga soling. Kuzatilgan barcha hodisalarni va bo'lgan reaksiyalarning tenglamalarini tajriba tamom bo'lishi bilanoq ish daftarlariga yozib qo'ying. Ish daftarlariga ish o'tkazilgan kunni, mavzuning nomini, ishning mazmunini yozing (asbobning sxemasi yoki rasmini chizing), kuzatish natijalari, reaksiya tenglamalari, hisoblar va xulosalarni yozing. REAKTIVLARDAN FOYDALANISH QOIDALARI Laboratoriyada qo'llaniladigan asboblar umumiy va yakka holda foydalanish uchun mo'ljallangan asboblarga bo'linadi. Umumiy foydalanish uchun mo'ljallangan asboblarga tarozilar, qizdirish va quritish asboblari, havo so'rg'ich nasoslar va boshqalar kiradi. Bu asboblar laboratoriyada doimiy saqlanadi. Yakka holda foydalanish asboblariga: spirt lampasi, isitgichlar, probirkalar saqlanadigan shtativlar, chinni idishlar va boshqa idishlar kiradi. Eritmalar va quruq reaktivlar jips berkitadigan shisha tiqin, rezina yoki yog'och probka bilan berkitiladigan shisha idishlarda (sklyankalarda, bankalarda) saqlanish kerak. Reaktiv solingan har qaysi sklyanka yoki bankaga reaktivning nomi, sifat («texnik», «toza», «analiz uchun toza», «kimyoviy toza») va kontsentratsiya (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qo'yilishi kerak. Reaktivlardan foydalanishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: Bajariladigan ish uchun reaktivdan qancha olish kerakligi aytilmagan bo'lsa, ularni mumkin qadar kamroq oling (bunday qilingan material ham, vaqt ham tejaladi). Ortib qolgan reaktivlarni shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang. Reaktivlardan keraklisi olingandan so'ng, o'sha zahotiyoq, banka yoki sklyankaning probirkasini tiqib, joyiga qo'ying. Quruq reaktivlarni muguz, chinni yoki metall qoshiqchalar yohud shpatellar bilan oling. Ular hamma vaqt toza va quruq bo'lishi kerak; ishlatib bo'lgandan so'ng ularni filtr qog'oz bilan yaxshilab arting. Reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmay turib, unda boshqa sklyankadan reaktiv olmang. LABORATORIYADA ISHLASH VAQTIDA RIOYA QILINISHI KERAK BO'LGAN EHTIYOT CHORALARI Zaharli va badbo'y moddalar bilan ...

Joylangan
26 Mar 2025 | 12:01:57
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
25.61 KB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:16
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
26 Mar 2025 [ 12:01 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
25.61 KB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:16 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan