2-Laboratoriya. Anorganik birikmalarning olinishi va xossalari

2-Laboratoriya. Anorganik birikmalarning olinishi va xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
2-Laboratoriya. Anorganik birikmalarning olinishi va xossalari - rasmi

Material tavsifi

2- laboratoriya ishi. Anorganik birikmalarning olinishi va xossalari NAZARIY MA'LUMOT. OKSIDLAR. Biri kislorod bo'lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Hozirgi vaqtda uchta inert element - geliy, neon va argonning oksidlari olinmagan. Qolgan barcha elementlarning oksidlari bevosita yoki bilvosita yo'llar bilan hosil qilingan. Oksidlar kimiyoviy xossalari jihatidan to'rt gruppaga bo'linadi: Asosli oksidlar (Na2O, CaO, BaO). 2. Kislotali oksidlar(SO2, CO2, SO3). 3. Amfoter oksidlar(Al2O3, ZnO, Mn2O3). Bular tuz hosil qiluvchi oksidlar deyiladi. 4. Tuz hosil qilmaydigan oksidlar (masalan, NO, CO, SiO2, RuO4) befarq oksidlar deyiladi. Asosli oksidlar. Kislotalar yoki kislotali oksidlar bilan o'zaro ta'sir etishi, tuz hosil qiladigan oksidlar asosli oksidlar deyiladi. Ular jumlasiga ishqoriy va ishqoriy - yer metallarining oksidlari (K2O, Na2O, CaO, SrO, BaO) kiradi. Asosli oksidlar kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi: CaO + 2HCl = CaCl2 + H2O BaO +2HNO3 = Ba(NO3)2 + H2O Asosli oksidlar suv bilan o'zaro ta'sir etishi, asos hosil qiladi: Na2O + H2O=2NaOH CaO + H2О = Ca(OН)2 Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladi. CaO + CО2 = CaCО3 BaO + SO3 = BaSO4 Kislotali oksidlar. Asoslar yoki asosli oksidlar bilan o'zaro ta'sir etib tuz hosil qiladigan oksidlar kislototali oksidlar deyiladi. Masalan, СО2, P2O5, P2O3, NO2, CrO3, Mn2O7, SO2, Cl2O7 lar kislotali oksidlar yoki angidridlardir. Kislotali oksidlar asoslar va asosli oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi. BaO + CO2 = BaCO3 CO2 + 2NaOH = Na2CO3 + H2O CO2 + K2O = K2CO3 Amfoter oksidlar. Kislotalar bilan asosli oksid sifatida, asoslar bilan esa kislotali oksid sifatida reaktsiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladigan oksidlar amfoter oksidlar deyiladi. ZnO, SnO2, PbO, As2O3, Cr2O3, Al2O3, Sb2O3lar amfoter oksidlarga misol bo'la oladi. Ular kislota va ishqorlarda oson eriydi. Masalan, Sb2O3 xlorid kislota bilan asosli oksid sifatida, o'yuvchi natriy bilan kislotali oksid sifatida reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi: Al2O3 + 2NaOH =2 NaAlO2 + H2O Sb2O3 + 6HCl = 2SbCl3 + 3H2O Sb2O3 + 2NaOH = 2NaSbO2 + 2H2O Oksidlarga xos reaksiyalar 1 - tajriba. KISLOTALI OKSIDNING OLINISHI. 100 ml hajmli konussimon kolba olib, unga 25 ml suv qo'ying. Metall qoshiqchaga kattaligi yarim no'xatdek oltingugurt solib uni gaz garelkasida to yona boshlaguncha qizdiring. Yona boshlagan oltingugurtni oldindan tayyorlangan kolbadagi suvga ehtiyotlik bilan tushirib og'zini paxta yoki karton bilan berkiting. Oltingugurt yonib bo'lgandan so'ng qoshiqchani chiqarib oling va kolbaning og'zini probka bilan berkitib undagi suvni yaxshilab chayqating. Hosil bo'lgan eritmaga 3 tomchi lakmusdan qo'shing ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati docx
Fayl hajmi 29.27 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:18 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati docx
Fayl hajmi 29.27 KB
Ko'rishlar soni 0 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga