4 - Laboratoriya ishi. Tuzlarning erish issiqligini aniqlash Mashg'ulot rejasi: Tuzlar deb nimaga aytiladi? Tuzlar necha xil bо'ladi (misollar keltirish)? Temperatura tuzlarning eruvchanligiga qanday ta'sir etadi Qaysi tuzlar eritmada tezroq ionlarga ajraladi. Mashg'ulot maqsadi: Har xil tuzlarning eruvchanligini tajriba yо'li bilan aniqlash, tempratura kо'tarilishi bilan ularning eruvchanligini ortishini aniqlab sababini tushintirish. Tayanch iboralar: О'rta (normal), nordon, gidrokso, qо'sh va kompleks tuzlar, eruvchanlik, eritma muhiti, PH, indikatorlar. Kerakli jihozlar va reaktivlar: Termometr, probirkalar, shtativ, spirt lampasi, suv, elektr о'tkazuvchanlik asbobi, ammoniy nitat kristali, oyuvchi natriyning bir necha bo'lagi, spirt, natriy nitrat kukuni. Mashg'ulot mazmuni: Nazariy ma'lumot Ikki yoki bir necha moddadan tuzilgan gomogen sistema eritma deyiladi; bunda bir (yoki bir necha) erigan modda boshqa bir moddada (erituvchida) bir tekis tarqalgan bo'ladi. Odatda, ko'p miqdorda olingan modda erituvchi bo'ladi. Suvdagi eritmalarda erituvchi suvdir. Moddalar erigan vaqtda issiqlik chiqadi (musbat issiqlik effekti) yoki issiqlik yutiladi (manfiy issiqlik effekti) va hajm o'zgaradi. Bu hodisalar, shuningdek, bazi boshqa hodisalar erigan modda erituvchi bilan kimyoviy ta'sir etishini ko'rsatadi. Buni dastlab D. I. Mendeleev aniqlagan va mashhur gidratlar nazariyasini yaratgan edi. Uning gidrat nazariyasiga binoan, erish kimyoviy protssesdir. Erish vaqtida erigan moddaning zarrachalari erituvchining molekulalari bilan birikib, noaniq tarkibli va ma'lum darajada beqaror birikmalar, ya'ni solvatlar hosil qiladi. Agar erituvchi suv bo'lsa, bu birikmalar gidratlar deyiladi. Erigan moddalarning va erituvchining molekulalari qanchalik polyar bo'lsa, solvatlar shunchalik oson hosil bo'ladi va ular shunchalik barqaror bo'ladi. Ba'zan, suv molekulalri erigan moddaning zarrachalari bilan shunchalik puxta bog'langan bo'ladiki, eritmadan bu modda kristall holida ajratib olinganda uning tarkibiga suv kirib qoladi. Tarkibida suv bo'ladigan kristallar kristallgidratlar deb, ular tarkibiga kirgan suv esa kristalizatsiya suvi deb ataladi. Qattiq moddalar eriganda ikki xil protsess bo'ladi; birinchidan, erigan moddaning kristall panjarasi buziladi va eritmada moddalar tarqaladi, bu vaqtda issiqlik yutiladi. Ikkinchidan solvatlar hosil bo'ladi, bu vaqtda issiqlik chiqadi. Erishning umumiy issiqlik effekti, shu pratsessning qaysi biri ustun kelishiga qarab, musbat yoki manfiy bo'ladi. Eritmalar, erigan moddalarnging kontsentratsiyasiga qarab, to'yingan, to'yinmagan va o'ta to'yingan bo'ladi. Tarkibidagi erimay (cho'kmada) qolgan modda erigan modda bilan muvozanat holatida bo'lgan eritmalar to'yingan eritmalar deyiladi. Eritmaning to'yinganlik darajasi uning kontsentratsiyasi bilan o'lchanadi. Bu kontsentratsiya, ko'pincha, eruvchanlik koeffitsienti bilan, ya'ni 100 g erituvchiga to'g'ri keladigan erigan moddaning grammalar soni bilan ifodalanadi. Kontsentratsiyasi ayni bir temperaturada to'yingan eritmaning kontsentratsiyasidan kam bo'lgan eritma to'yinmagan eritma deyiladi. Konsentratsiyasi ayni bir temperaturada to'yingan eritma konsentratsiyasidan ortiq bo'lgan eritma o'ta to'yingan eritma deb ataladi. Eritmada ko'p modda erigan bo'lsa, bunday eirtma kuchli yoki konsentrlangan, kam modda ...

Joylangan
26 Mar 2025 | 12:01:57
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
22.3 KB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:19
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
26 Mar 2025 [ 12:01 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
22.3 KB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:19 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan