V A guruh elementlari. Azot,fosfor,mishyak,surma va vismutlar davriy tizimning beshinchi guruhini tashkil etib,pelementlar deyiladi.Bu guruh elementlarining elektron konfiguratsiyasi ns2p3.S energetik pog'onadagi elektronlar juftlangan,p pog'onasidagi elektronlar esa yakka holda joylashgan bo'ladi.Guruh elementlarining atomi tashqi energiya ta'siridan qo'zg'algan holatga o'tkazilganda juftlangan elektronlarning biri d pog'onachaga o'tib,yakkalangan elektronlarning soni 5 taga yetadi.Shuning uchun ham guruh elementlariing birikmalardagi oksidlanish darajasi -3dan +5gacha o'zgaradi.Guruh elementlarining vodorodli birikmalar VI vaVII guruh elementlarining vodorodli birikmalariga qaraganda kamroq qutblangan.Shuning uchun ham azot guruhidagi elementlarning vodorodli birikmalari,suvli eritmalarda vodorod ionini hosil qilmaydi,ya'ni kislotali xarakterga ega emas. Guruh elementlarining yuqori oksidlari E2O5 kislotali osid bo'lib,mos ravishda HEO3 va H3EO4 shakildagi kislotalarni hosil qiladi.Guruhdagi elemental birikmalarininng ko'pchiligi farmasevtik dorivor moddalari sifatida ishlatiladi. Shuning uchun guruh elementlarini alohida o'rganish maqsadga muvofiq.Tabiatda azodning 14 7N(99,6%); 15 7N(0,37%) izatoplari barqaror. 4 ta izatopi sun'iy usulda olingan.Azotning ko'p qismi tabiatda erkin holda uchraydi.Azod murakkab organic birikmalar-oqsil moddalari tariqasida,har bir o'simlik va har bir tiri organizmning tarkibiga kiradi.Hujayralarning eng muhim qisimlari protoplazma va yadro oqsil moddalaridan tuzilgan.Oqsil bo'lmasa,hayot ham bo'lmaydi.Azodsiz oqsil bo'lmaydi.Toza azod rangsiz,hidsiz,mazasiz,yashashgava yonishga yordam bermaydigan,100hajm suvda 1,54 hajm eriydigan -209,9oC suyuqlanib,-195,8oC qaynaydigan gaz. Sanoatda azod havodan ajratib olinadi.Laboratoriyada azod uchun oldin konsentrlangan va qaynoq NaNO2 hamda NH4CL eritmalarini aralashtirib,NH4NO2 olinadi: NaNO2+NH4CL=NaCL=NH4NO2 Hosil bo'lgan NH4NO2 oson parchalanadi: NH4NO2 N2+2H2O Bunda mutlaq toza azot olinadi.Azot kimyoviy jihatdan olganda nihoyatda inertdir.Azot odatdagi haroratda faqat litiy bilangina birikadi.Azot qizdirilganda boshqa ba'zi bir metallar bilan ham birikishi mumkin: 6Li+N2=2Li3N 3Ca+N2=Ca3N2 2Al+N2=2AlN Azot vodorod bilan bir necha birikma hosil qiladi.Ulardan eng asosiysi ammiak(NH3).Laborotoriyada ammiak ammoniy tuzlari hamda ishqoriy va ishqoriy-yer metal oksidlari yoki gidroksidlari aralashmasini qizdirish yo'li bilan olinadi: 2NH4Cl+Ca(OH)2=2NH3 +CaCl2+2H2O 2NH4Cl+CaO=2NH3 +CaCl2+H2O Hozirgi vaqtda nitrat kislotani va azotli o'g'itlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan ko'p miqdordagi ammiak 450o-500oC harorat, 2*104 kPa bosimda g'ovak temir kabi katalizator ishtirokida azot va vodoroddan sintez qilinadi: N2+3H2=2NH3 Toza ammiak-rangsiz,o'ziga xos o'tkir hidli,havodan biroz yengil,zaharli gaz.Ammiak odatdagi bosimda-33,4oC da suyuqlanib,77,8oC da kristallanadi.Normal sharoida bir hajm suvda 710 hajm ammiak eriydi.Ammiakning suvli eritmasi ishqoriy sharoitni hosil qiladi.Ammiakning suvdagi konsentrlangan eritmasi novshadil spiriti deyilib,tarkibida25%NH2 saqlaydi,uning zichligi 0,91 gsm 3 ga teng.Tibbiyotda ishlatiladigan novshadil spiritining tarkibida 10%NH3 bo'ladi.Harorat ortishi bilan ammiakning suvdagi eruvchanligi kamayadi.Ammiak kimyoviy jihatdan faol,asosli xossaga ega.U kislatalar bilan birikib,tuz hosil qiladi: NH3+HCl=NH4Cl NH3+HNO3=NH4NO3 2NH3+H2SO4=(NH4)2SO4 Suvli eritmasi ishqoriy muhitga ega: NH3+H2O NH3*H2O NH4OH NH4+=OH- NH4OH kuchsiz asos KD=1,8*10-5 Ammiak kislorodda yonadi.Bunda azot,platina katalizatori ishtirok etsa,azot(II)oksid hosil bo'ladi. 4NH3+3H=2N2+6H2O 4NH3+5O 2 pt 4NO+6H2O Ammiakdagi vodorod atomlari metal yoki galogen atomlariga almashinishi mumkin: 2NH3+2Na=2NaNH2+H2 NH4Cl+3Cl2=4HCl+NCl3 8NH3+3Br2=N2+6NH4Br 4NH3+3I2=NI3+3NH4I Ammiak qaytaruvchi ...
![5 - A guruh elementlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.78 KB
Ko'rishlar soni
337 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.78 KB
Ko'rishlar soni
337 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:19 ]
Arxiv ichida: doc