Adsorbsion xromatografiya, Yupqa qavat xromatografiyasi [info-referat]

Adsorbsion xromatografiya, Yupqa qavat xromatografiyasi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Adsorbsion xromatografiya, Yupqa qavat xromatografiyasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Adsorbtsion xromatografiya. Yupqa qabat xromatografiyasi Adsorbtsion xromatografiyaning eng ko'p tarqalgan turi yupqa qabat xromatografiyasi - qisqartirilgan holda YuQX tekislik xromatografiyaning bir ko'rinishi bo'lib, unda plastinka yuzasidagi adsorbentning yupqa qatlamidan foydalaniladi. YuQXning mohiyati va asosiy tushunchalari Shisha, metall yoki plastmassadan tayerlangan plastinkaning toza sirtiga sorbentning qatlami tekis yoyiladi, aksariyat holda, adsorbent plastinka sirtidan to'qilib ketmasligi uchununga maxkamlangan (yopishtirilgan) bo'ladi. Plastinkaning o'lchami (uzunligi va eni 5 dan 50 sm gacha) bo'lishi mumkin. Plastinka sirtiga pastki chetidan 2-3 sm masofada, sorbent sirtini tirnamasdan yumshoq, qalam bilan start chizig'i va erituvchi etib boradigan front chizig'i (finish chizig'i) chizib olinadi (10.4-rasm). Plastinkaninng start chizig'iga (kapillyar yoki mikroshprits yoramida ajratilishi lozim bo'lgan A va V moddalarni tegishli erituvchidagi eritmasidan kichik bir tomchi tushiriladi (10.4-rasm). Erituvchi uchib ketgach, plastinka xromatografik kameradagi mazkur holat uchun maxsus tanlangan erituvchilar aralashmasi suyuq fazaga (XF) tushiriladi. 10.4-rasm. YuQX usulida A va B moddalarni ajralish sxemasi Sorbentning kapillyar kuchlari ta'sirida TF bo'ylab start chizig'idagi A va V moddalarni o'zida eritgan XF ko'tarila boradi. Mazkur misolda A moddaning TF moyilligi V moddaning shu fazaga moyilligidan kamligi sababli V moddaga nisbatan A modda tezroq (ildamroq) harakatlanadi. t vaqtdan so'ng qo'zg'oluvchan faza erituvchining front chizig'iga etgach, xromatografik jarayon to'xtatiladi. Plastinkani xromatografik kameradan olib, havoda quritiladi va A va V moddalardan hosil bo'lgan dog'larni plastinkadagi holati aniqlanadi. Dog'lar odatda dumaloq yoki cho'ziq doira (ellips) shaklida bo'ladi. Mazkur holatda A moddaning dog'i start chizig'idan lA masofada, V moddaning dog'i lB masofada hosil bo'lgan, erituvchi esa L masofani o'tgan. Bazan, ajratiluvchi moddalar eritmasining tomchisi bilan yonma-yon start chizig'iga standart yoki guvoh moddalar (aralashmada mavjud bo'lgan moddalar) eritmasi ham kapillyar bilan tushiriladi. Tekshiriluvchi aralashmadagi ajratiluvchi moddalarni farqlash uchun harakatchanlik koeffitsiyenti Rf (yoki Rf omili) qabul qilingan. Rf=ViVE=(lit)(Lt)=liL (10.1) Bu yerda Vi = lit va VE = Lt tegishlicha i - tarkibiy qism va erituvchi Ye larning siljish tezliklari; li va L -i-tarkibiy qism va Ye erituvchining plastinkadagi siljish masofasi; t -erituvchining startdan, frontgacha shimilib ko'tarilishi uchun ketgan vaqt. li - start chizig'idan tegishli i - tarkibiy qismdan hosil bo'lgan dog'ning markazigacha bo'lgan masofani o'lchab aniqlanadi. Odatda Rf omili qiymati Rf=0-1 oraligida bo'ladi. me'yoriy qiymati 0,3-0,7 ga teng. Xromatografiya Rf qiymati nul va 1 dan farqli bo'lishini taminlovchi sharoitda bajariladi. harakatchanlik koeffitsiyenti Rf sorbent-sorbat tizimining muhim belgisi bo'lib, o'zgarmas sharoitda takroriy tajribalarda Rf=const o'zgarmaydi. harakatchanlik koeffitsiyenti Rf qator omillar: erituvchining tabiati, sifati, tozaligi, sorbent (yupqa qatlam) tabiati, sifati, zarralar o'lchamining bir xilligi, qatlam qalinligi, sorbentning faolligi (namligi), tajribaning bajarilishi (namunaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 86.02 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 86.02 KB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga