Aldegid va ketonlar (oksobirikmalar) R e j a : Umumiy xossalalari Aldegid va ketonlar olinish usullari Fizik - kimyoviy xossalari Tarkibida karbonal gruppa C=O tutgan birimalar oksobirikmalar deyiladi. Oksibirikmalarlar sinfiga aldegid va ketonlar kiradi. Uglevodorod molekulasidan molekulasidan bir yoki bir necha vodorod ni gruppaga almashinishidan hosil bo'lgan birikmalarga aldegidlar deyiladi (chumoli aldegid bundan mustasno). Aldegidlarning umumiy formulasi Ikkita uglevodorod radikali bilan bog'langan, o'zida karbonil gruppa saqlagan birikmalarga ketonlar deyiladi. Aldegid va ketonlar ochiq zanjirli alifatik, halqali (ciklik) yoki aromatik, to'yingan va to'yinmagan bo'lishi mumkin. To'yingan aldegid va ketonlar To'yingan alifatik aldegid va ketonlarning umumiy formulasi CnH2nO, ya'ni bir xil uglerod atomlariga ega bo'lgan aldegid va ketonlar bir-biriga nisbatan izomer moddalardir. Masalan, C3H6O formulaga quyidagi - aldegid va keton javob beradi. Formaldegidning elektron tuzilishi Nomenklaturasi. Al dngid va ketonlarni nomlashda trivial nomenklatura keng qo'llaniladi. Bu nomenklaturaga ko'ra, aldegidlarning nomi ularning oksidlanishidan hosil bo'lgan tegishli karbon kislota nomidagi kislota so'zsni aldegidga almashtirish orqali hosil qilinadi. IYuPAK nomenklaturasiga ko'ra aldegid gruppasining borligi al -suffiksi bilan ko'rsatiladi: chumoli aldegid (formaldegid) yoki metanal sirka aldegid yoki etanal dimetilsirka aldegid yoki 2- metilpropanal agarda modda molekulasi tarkibida aldegid gruppadan boshqa kattaroq gruppa asosiy zanjirga kirsa, u holda aldegid gruppasi formil-prefiksi bilan ifodlanadi. Masalan 3-metil-2-formilbutan kislota Oddiy ketonlarning nomlari karbonil gruppa bilan bog'langan radikalar nomiga keton so'zini qo'shish bilan hosil qilinadi. IYuPAK nomenklaturasga binoan tegishli to'yingan uglevodorodlar nomiga «on» qo'shimchasi qo'shiladi. Misollar: Olinish usullari. 1. Spirtlarni oksidlash. Birlamchi spirtlar oksidlanganda aldegidlar, ikkilamchi spirtlar oksidlanganda ea ketonlar hosil bo'ladi. 2. Karbon kislota tuzlarining pirolizi. Karbon kislota larning Ba, Ca va Mn tuzlarini quruq haydash (piroliz) orqali aldegid va ketonlar olinadi. Reakciya uchun olingan tuzlarning tuzilishiga qarab simmetrik (agarda R-R° bo'lsa) yoki nosimmetrik (R-R°) ketonlar olish mumkin. Agarda kislota larning biri chumoli kislota R°=H bo'lsa, aldegidlar hosil bo'ladi. 3. Digaloidlarni gidrolizlash. Ikkita galoid atomi bir uglerod atomida joylashgan R-CHCl2 turdagi galoidlarni gidroliz qilib aldegidlar; R-CCl2-R° dan esa ketonlar olinadi: 4. Alkinlarning gidrotlanishi. Atsitelen gomologlarini tuzlar ishtirokida gidratlanishidan ketonlar, acetilenning o'zidan esa sirka aldegid hosil bo'ladi (Kucherov reakciyasi). Fizik xossalari. aldegid va ketonlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning molekulalaridagi karbonil gruppaning xususiyati bilan belgilanadi. Karbonil gruppa C=O dagi kislorod uglerodga nisbatan katta elektromanfiylikka ega bo'lgani uchun elektron bulutlarni kuchli tortadi va uning atrofidaelektron bulut zichligi ortadi. Natijada uglerod atomida zichlik kamayadi. Kislorod qisman manfiy, uglerod esa qisman musbat zaryadlanadi: Demak, aldegid va ketonlardagi uglerod va kislorod o'rtasidagi bog' kuchli qutblangan bo'lib, ular polyar moddalardir, ularning dipol momentlari 2,5 D orasida ...
![Aldegid va ketonlar (oksobirikmalar) [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
198.22 KB
Ko'rishlar soni
499 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
198.22 KB
Ko'rishlar soni
499 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:20 ]
Arxiv ichida: doc