Alfa aminokislotalar [info-referat]

Alfa aminokislotalar [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Alfa aminokislotalar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

AMINOKISLOTALAR, ULARNING TUZILISHI, KIMYOVIY O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. KAPRON - SINTETIK TOLA. ΑLFA - AMINOKISLOTALAR OQSILLARNING STRUKTURAVIY BIRLIGI EKANLIGI. OQSILLARNING TUZILISHI VA BIOLOGIK AHAMIYATI. Aminokislotalar. Tarkibida aminogruppa (-NH2) va karboqsil (-COOH) gruppalari bo'lgan alifatik yoki aromatik uglevodorodlar hosilalariga aminokislotalar deyiladi. Aminokislotalar gomologik qatorining birinchi vakili NH2 - CH2 - COOH - aminoetan yoki aminosirka kislota (glisin, glikokol). Aminokislotalarning nomlanishlarida xarakterli qo'shimcha bo'lmaydi. Aminokislotalar nomlari quydagicha tuziladi : Uglerod atomida karboqsil gruppa - COOH tutgan uglerod atomlarning eng uzun (bosh) zanjiri tanlanadi. Karboqsil gruppadan boshlab bosh zanjirdagi uglerod atomlari nomlerlanadi. Bosh zanjirdagi uglerod atomlari soniga teng bo'lgan alkan nomiga an va amino old qo'shimchasi qo'shiladi; Aminogruppa joylashgan uglerod atomi va yon radikallar ko'rsatiladi. Masalan : Aminokislotalarning saqlanib qolgan tarixiy nomlari hamda uglerod atomlarini sonlar bilan nomerlash o'rniga grek alfaviti harflari bilan (α, β, γ, σ, π) belgilanib nomlanadigan nomlardan ham foydalaniladi. Biroq bu holda nomerlash karboqsil (-COOH) gruppasi bilan qo'shni bo'lgan uglerod atomidan boshlanadi : Yana tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan kislota nomlari ham saqlanib kelmoqda : H2N - CH2 - COOH - aminosirka kislota, α - aminosirka kislota, aminoetan kislota, glikokol, glisin. -α aminpropion kislota, 2 -aminopropion kislota, alanin Izomeriya - aminokislotalarda kuzatiladigan izomeriya asosan uglerod zanjirining turlicha tuzilishiga va aminogruppaning qaysi holatda bo'lishiga bog'liq. Masalan : aminobutan kislota izomerlari quydagicha bo'ladi : Aminokislotalar - amfoter birikmalar : asoslik xossasi amonogruppaning mavjudligi, kislotaligi karboqsil gruppaning mavjudligi bilan bog'liq. Kislotali muhitda aminokislotalar - kationlar : HOOC -CH2 -NH2 + HCl →HOOC -CH2 -NH3+Cl-, Kation ishqoriy muhitda - anionlar. NH2 - CH2 - COOH + NaOH → NH2 - CH2 - COO - Na+ Anion Neytral muhitda aminokislotalar bipolyar (yoki svetter) ionlar ko'rinishida mavjud bo'ladi, ya'ni ikkita elektr chizig'iga (+) va (-) ega bo'lgan ionlar. Masalan : α - aminokislotalar eng muhim ahamiyatga ega. Ular oqsillarning qurilish materiali hisoblanadi. Aminokislotalar o'simlik va hayvon organizmlarida bo'ladigan barcha oqsil moddalarning tarkibiga kiradi. Aminokislotadan ayrimlarini (masalan : glisin, alanin) organizmda kerakli miqdorda sintez qilinadi. Bunday aminokislotalar almashtiriladigan kislotalar deyiladi. Boshqa aminokislotalar (masalan : valin) organizmda yetishmaydigan miqdorda sintez bo'ladi. Bu almashmaydigan aminokislota qatoriga kiradi. Almashmaydigan aminokislotalar oziq - ovqat tarkibida bo'ladi va shu hisobdan organizmda ularning o'rni to'ldiriladi. Kislotalik funksiyalarining tabiatiga qarab aminokislotalar bo'linadilar : Aminokarbon kislotalar, masalan : H2N(CH2)4COOH; Aminosulfon kislotalar, masalan : H2N(CH2)2SO3H Aminofosfon kislotalar, masalan : H2NCH[P(O)(OH)2]2 Aminoarsin kislotalar, masalan : H2NC6H4AsO3H2 Amino va karboqsil gruppalarning soniga qarab monoaminodikarbon, diaminokarbon va boshqa aminokislotalar bo'lishi mumkin. Masalan : Olinish usullari : Oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 332.29 KB
Ko'rishlar soni 264 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 332.29 KB
Ko'rishlar soni 264 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga