Alifatik to'yingan uglevodorodlar [info-referat]

Alifatik to'yingan uglevodorodlar [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Alifatik to'yingan uglevodorodlar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Alifatik to'yingan uglevodorodlar Reja: Alkanlar: Tabiatda uchrashi, Gomologik qator. Tuzilishi va nomlanishi, Fizik kimyoviy - xossalari, izomeriyasi. Neft. Gaz. Metanning gomologik qatori CnH2n2 umumiy formulaga ega. Alkanlar.Tabiatda uchrashi va olinishi. Alkanlar tabiatda keng tarqalgan moddalar bo'lib, ularning quyi vakillari yer qobig'idan chiqadigan tabiiy gazlarning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Neft ham to'yingan uglevodorodlar aralashmasining asosiy tabiiy manbai hisoblanadi. Tog' mumi, ya'ni ozokerit qattiq parafirinlar aralashmasidir. Bundan tashqari, to'yingan uglevodorodlarning ba'zi vakillari o'simliklardan ham ajratib olingan. Lekin individual ugledorodlarni tabiiy manbalardan, jumladan, neft va uning kreking mahsulotlaridan sof holda ajratib olish ko'p mehnat talab qiladigan qiyin ishdir. Shuning uchun ularni olishning ko'pgina sintetik usullari ham ishlab chiqilgan. Qulaylik uchun alkanlarning sintetik olinish usullarini 3 gruppaga bo'lib o'rganamiz.To'yingan uglevodorodlarni olish usullarini uchga bo'lish mumkin: a) Tabiiy birikmalardan ajratib olish. b) Sanoat usuli. Sanoatda to'yinga n uglevodorodlarni СO va vodoroddan, neftni krekinlab, to'yinmagan uglevodorodlarga vodorod biriktirib olish mumkin. Katalizator sifatida СuO, Cr2O3 va boshqalar ishlatilganda vodorodni birikish jarayoni bosim ostida olib boriladi. v) To'yingan uglevodorodlarni laboratoriya sharoitida olishning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Ularni to'yingan uglevodorodlarni galogenli hosilalarini vodorod bilan katalizator ishtirokida qaytarib olish mumkin. Bunda vodorod Pd, Pt, yoki Ni metallari yuzasida yutilib qo'zg'algan (faol) holatga o'tadi. To'yingan uglevodorodlarni yodli hosilalarini vodorod yodid bilan qaytarib ham olish mumkin: To'yingan uglevodorodlarni organik karbon kislotalarning natriyli yoki kaliyli tuzlarini o'yuvchi ishqorlar bilan qizdirish orqali ham olish mumkin (Kolbe reaksiyasi): Bu reaksiya dekarboksillash reaksiyasi deyiladi. To'yingan uglevodorodlarni laboratoriyada olishda nemis olimi Vyurs kashf etgan usul katta ahamiyatga ega. Bu usul bilan uglevodorodlarni tuzilishini oldindan belgilangan holda hosil qilish mumkin. Bu reaksiya to'yingan uglevodorodlarning galogenli - yodli, bromli ayrim hollarda esa xlorli hosilalari (galoid alkillar)ga natriy metali ta'sir ettirish orqali amalga oshiriladi. Agar reaksiya uchun bir xil galoid alkil olinsa unda bitta uglevodorod hosil bo'ladi: Agar reaksiya uchun har xil tuzilishga ega bo'lgan galoid alkillar olinsa, uch xil uglevodorodlarning aralashmasi hosil bo'ladi, ya'ni Bu reaksiyaning mexanizmini rus olimi P.P. Sharigin o'rgangan bo'lib, bunga ko'ra reaksiya ikki bosqichda boradi: Dastlab galoid alkil natriy metali bilan oraliq mahsulot natriy organik birikmani hosil qiladi: Oraliq mahsulot galoid alkilning ikkinchi molekulasi bilan ta'sir etib to'yingan uglevodorodlarni hosil qiladi: Bu reaksiya birlamchi galoid alkillar bilan o'tkazilganda yaxshi natija beradi. Ikkilamchi, uchlamchi galoid alkillardan foydalanilganda esa qo'shimcha mahsulotlar hosil bo'lishi hisobiga kerakli uglevodorodning hosil bo'lish miqdori kamayib ketadi. Natriy metali o'rniga litiy, rux, magniy kabi metallardan ham foydalanish mumkin. Bulardan tashqari to'yingan uglevodorodlarni metall karbidlariga suv ta'sir ettirib, karbon kislotlar va ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 73.86 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 73.86 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga