Alkanlar nomenklaturasi [info-referat]

Alkanlar nomenklaturasi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Alkanlar nomenklaturasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

TO'YINGAN UGLEVODOROD (ALKAN) LARNING GOMOLOGIK QATORI, ULARNING ELEKTRON VA FAZOVIY (SP3 - GIBRIDLANISH) TUZILISHI. METAN. ALKANLAR NOMENKLATURASI, ULARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI. TEXNIKADA ISHLATILISHI, TO'YINGAN UGLEVODORODLARNING TABIATDA UCHRASHI. Asiklik (alifatik) uglevodorodlar. Uglevodorodlar - bu molekulalari faqat uglerod (C) va vodorod (H) atomlaridan tuzilgan organik birikmalardir. Uglevodorod so'zi ham uglerod va vodorod atomlarining nomidan kelib chiqqan. Asiklik yoki alifatik uglevodorodlar tarmoqlangan va tarmoqlanmagan uglerod zanjirlaridan tuzilgan bo'lib, ularda yopiq halqalar bo'lmaydi. Asiklik yoki alifatik (alkanlar) birikish reaksiylariga kirishmaydilar, shuning uchun ham ularga to'yingan uglevodorodlar deyiladi. Organik kimyoni o'rganish uglevodoroddan boshlanadi, ularning nomi turlicha bo'lib ular to'yingan uglevodorod, asiklik yoki alifatik hamda parafinlar (alkanlar) deb ataladi. To'yingan uglevodorodlarning parafinlar (lotincha parum - kam va affinitas - moyil so'zlaridan olingan) deb atalishiga sabab ular odatdagi sharoitda boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. TO'YINGAN UGLEVODORODLAR. To'yingan uglevodorodlar - bu uglevodorodlarning molekulalarida hamma uglerod atomlari sp3 - gibridlangan holatda bo'ladi va ular bir - biri bilan faqat σ - bog'lanish orqali birikadi. To'yingan uglevodorodlarda uglerod atomlari orasida faqat yakka bog' bo'lib, ikki yoki uch bog'lar bo'lmaydi, uglerodning qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan bog'langan bo'ladi. To'yingan uglevodorodning eng muhim xususiyatlari quydagilardan iborat : umumiy formulasi CnH2n+2 bu yerda n ≥1. molyar masslari M = 14n+2 nomlariga - an qo'shimchasi qo'shiladi. to'yingan uglevodorodlardagi vodorod atomalarini boshqa atom yoki atomlar gruppasi almashinishi natijasida olingan alkanlarning molekulalari qoldiqlariga alifatik radikallar yoki alkillar deyiladi va R - bilan yoki ALK bilan belgilanadi. Bir valentli qoldiqlarning (alkillar) umumiy formulasi CnH2n+1, bu yerda n≥1. Alkillarning molyar massalari M = 14n+1. Alkillarning nomlari il qo'shimchasi bilan tugallanadi. Alkan molekulalarining tuzilishidagi o'ziga xoslik: C -C bog'lanish uzunligi 1,15 nm. C - H bog'lanish uzunligi 0.109 nm. C - C bog'lar orasidagi valent burchagi 1090, 281 TO'YINGAN UGLEVODORODLARNING GOMOLOGIK QATORI Gomolog - grekcha o'xshash deganidir. Kimyoviy xossalari jihatidan o'xshash bo'lib molekulalarining tarkibi jihatidan bir - biridan bir yoki bir necha CH2 gruppa bilan farqlanuvchi birikmalar gomologlar deyiladi va gomologik qatorni hosil qiladi. Gomologik qatorda har qaysi uglevodorod o'zidan oldindagi uglevodoroddan CH2 atomlar gruppasiga farq qiladi. CH2 gruppasiga gomologik farq deyiladi. To'yingan uglevodorodlarning gomologik qatorini nemis olimi Karl Shorlemmer tekshirgan. Alkanlarning gomologik qatori tarkibida C - C bog'I bo'lmagan eng sodda uglevodorod CH4 -ni ham o'z ichiga oladi. Bu birikma to'yingan uglevodorodlarning eng sodda birinchi vakili bo'lib, unga metan (CH4) deyiladi. Normal to'yingan uglevodorodlarning gomologik qatori (tarmoqlanmagan) molekulalari va ularning bir valentli qoldiqlari (alkillar) quydagi jadvalda berilgan. ALKANLAR NOMENKLATURASI TO'YINGAN UGLEVODORODLARNING ELEKTRON VA FAZOVIY TUZILISHI. Alkanlarning elektron ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 117.55 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 117.55 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga