Aluminiy sulfat tuzining olinishi va xossalari Reja: I) Kirish. Alyuminiy tarixi haqida. II) Asosiy qism. 1) Alyuminiy guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi. 2 ) Alyuminiyning tabiatda tarqalishi, olinishi va xossalari. 3) Alyuminiyning asosiy birikmalari. 4) Al2(SO4)3 va achchiqtoshlar. II) Xulosa. Alyuminiy va uning birikmalarining ahamiyati. Kirish. Alyuminiy tarixi haqida. Alyuminiy juda noyob xususiyatlarga ega bo'lib, sanoatning turli sohalarida keng miqyosda ishlatiladi.Qo'llanilish hajmi ko'rsatkichi bo'yicha faqatgina temirdan keyin turadi, xolos. Alyuminiy o'zining egiluvchanligi va qo'llanilishining soddaligi sababli har qanday shaklga keltirilishi mumkin. Oksidlangan qatlam esa zanglanishga qarshi himoya qobig'ini yaratadi.Bu esa alyuminiydan foydalanish muddati uzoq yillarga cho'zilishini ta'minlaydi. Shuningdek, alyuminiy yuqori tarzda o'zidan elektr quvvati o'tkazadi, zararsiz va qayta ishlash uchun g'oyatda qulay. Alyuminiy to'g'risida yuqorida keltirilgan ma'lumotlar yengil metalning qay darajada jahon iqtisodiyoti uchun ahamiyatli ekanligini tasdiqlaydi.Ushbu metalsiz aerokosmik sanoat rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Alyuminiy avtomobillar, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd vagonlari va dengiz kemalarini ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Bundan tashqari alyuminiyning turli ko'rinishlari qurilish sanoatida ham muhim ahamiyatga ega.Yuqori voltli elektr uzatish liniyalari uchun material sifatida juda ham qo'l kelib, bu borada misning o'rnini to'liq egalladi.Har yili dunyo bo'yicha taom tayyorlash uchun ishlatiladigan idishlarning taxminan yarmi aynan mana shu metaldan tayyorlanadi. Biz, ayni kunda alyuminiy idishdagi ichimliklar bo'lmagan do'konni va alyuminiy qadoqli darmonlar bo'lmagan dorixonalarni tasavvur qilolmaymiz. Taxminan yuz yillarcha avval rus arbobi Nikolay Chernishevskiy alyuminiy haqida gapirib, uni yorqin va buyuk kelajak kutayogani va insonlarga ulkan foyda keltirishini aytgan edi. Haqiqatan ham XX asrga kelib alyuminiy ko'plab konstruktiv materiallarning asosiga aylandi. Keling, endi Alning bir yarim asrlik tarixiga ega bo'lgan ishlab chiqarish dinamikasi bilan tanishsak. Birinchi o'ttiz yillik uchun (1825-1855yy) aniq raqamlar mavjud emas.Ushbu davrda sanoatda alyuminiy olishning imkoni bo'lmay, faqat laboratoriyalarda grammlab, eng omadli holatlarda esa kilogrammlab olingan. 1855 yilda Butunjahon Parij ko'rgazmasida namoyish qilingan alyuminiy parchasiga yig'ilganlar eng noyob qimmatbaho metal sifatida e'tibor qaratishgan. Aynan o'sha yilda fransuz kimyogari Anri Et'yen Sent Kler Devil alyuminiyni ajratib olishning yangi usulini ishlab chiqdi. Unga ko'ra 13 raqamli element xlorid natriy va alyuminiydan tarkib topgan metalsimon natriyni ajratishdan hosil qilinadi. Shundan so'ng 36 yil davomida (1855-1890yy) ushbu olimning usuli orqali 200 tonna metal alyuminiy olingan. XIX asrning so'nggi o'n yilligida endi yangi usulni qo'llagan ravishda 28 ming tonna alyuminiy hosil qilingan. 1930 yilga kelib ushbu metalning butunjahon ko'rsatkichi - 300 ming tonnani tashkil qiladi. 1975 yilda faqat kapitalistik mamlakatlarda 10 mln.tonna alyuminiy eritildi. Lekin bu eng yuqori ko'rsatkich emas, albatta.AQSHning Engeneering and mining journal ma'lumotlari bo'yicha alyuminiy ishlab chiqarish kapitalistik mamlakatlarda ...
![Aluminiy sulfat tuzining olinishi va xossalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
60.36 KB
Ko'rishlar soni
339 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
60.36 KB
Ko'rishlar soni
339 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:22 ]
Arxiv ichida: docx