Alyuminiy va uning birikmalari [info-referat]

Alyuminiy va uning birikmalari [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Alyuminiy va uning birikmalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Alyuminiy va uning birikmalari Tabiatda uchrashi. Alyuminiy yer sharida eng ko'p tarqalgan metallardan biridir. U tuproqni, dala shpati, slyuda va juda ko'p minerallarni tarkibiga kiradi. Al2O3-korund, rubin, sapfir, ortoklaz, K2O*Al2O3*6H2O, Na3[AlF6] -kriolit, Al2O3·2SiO2*2H2O -kaolin, Al2O3*nH2O- boksit, Na2O*Al2O3*2SiO2 nefelin, K2SO4*Al2(SO4)3*2Al2O3*6H2O alunit va juda ko'p alyumosilikatlar ma'lum. Alyuminiyning faqat bitta izotopi barqaror bo'lib u 13 27Al (100%). Fizikaviy xossalari. Oq kumush rang metal(suyuql. harorati 660oS), issiqlik va elektrni yaxshi o'tkazadi. Undan ingichka sim tayyorlasa bo'ladi. Yupqa parda va kukunga oson o'tkazilishi mumkin. Olinish usullari. Alyuminiy 1887 yilda Viyoller tomonidan alyuminiy xloridni kaliy metali bilan qaytarib olgan: AlCl3 + K = 3KCl + Al Texnikada alyuminiyning olinishi 950oC da Al2O3(8%) suyuqlanmasini elektroliz qilishga asoslangan. Bunda erituvchi sifatida Na3[AlF6] (92%) -kriolit ishlatiladi. Elektrolizyor katod kazifasini, anod sifatida ko'mir ishlatiladi. Alyuminyning zichligi kichik bo'lgani uchun u idish tubida yig'iladi: Al2O3Al3++AlO33- 2Al2O3 =4 Al+3O2 K(-) Al3+ +3eAlo A(+) 4AlO33- -12e2Al2O3+3O2 Elektroliz paytida anchagina miqdor uglerod sarf bo'ladi. Agar boksitlar yuqori haroratda temir (II) oksidi bilan aralashtirilganda ham, avval Al2O3 eritmaga o'tadi : Al2O3 + 3H2O + 6NaOH = 2Na3[Al(OH)6] Temir oksidi va boshqa aralashmalar cho'kmada qoladi, eritmadan karbonat angidrid o'tkazib Al(OH)3 olinadi: 2Na3[Al(OH)6] +6CO2 = 2Al(OH)3 + 3CO2 + 3Na2CO3+3H2O Olingan gidroksid quritilib suvdan ajratiladi: 2Al(OH)3 = Al2O3 + 3H2O Tozalangan oksid vannaga solinadi va toza alyuminiy olinadi. Quruq usul : Al2O3 + 2Cr(OH)3 + 2Na2CO3 = 2Al + 2Na2CrO4 + 3H2O + 2CO2 Ishlatilishi. Alyuminiy zar qog'si oziq- ovqat va farmatsevtika sanoati uchun o'rov metriali sifatida juda katta amaliy ahamiyatga ega. Toza alyuminiydan o'tkazgichlar tayyorlanadi. Undan yengil va pishiq qotishmalar olinadi. Qotishmalariga dyuralyuminiy (94%-Al,4%Cu,05% dan Mg Mn, Fe va Si ), silumin(85-90% Al, 10-14% Si, 0,1% Na) kiradi. Alyuminiy asosida bo'yoqlar olinadi. Kimyoviy xossalari. Havo kislorodi bilan oksidlanadi va uni sirtida 0,101*10 -4 sm yupqa oksid parda qoplagan bo'ladi, bu uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Al2O3 bir necha allotropik shakl o'zgarishlarga ega. Ularning ichida korund o'tga chidamli va yuqori suyuqlanish haroratiga ega ( suyuql. harorati 2050oS). Qattiqligi jihatidan olmosga yaqinlashadi. Kristall Al2O3 kimyoviy jihatdan ancha barqaror suv va kislotalar bilan ta'sir etmaydi. Agar alyuminiy sirti kuchli oksidlovchilar (kons.HNO3, K2Cr2O7) bilan ta'sir ettirilsa metallning korroziyaga chidamliligi yanada ortadi. Alyuminiy idishlarda nitrat kislota saqlash va tashish mumkin. Alyuminiy suyultirilgan xlorid kislota bilan ta'sirlashib: 2Al + 6HCl = 2AlCl3+H2 Konsentrlangan nitrat kislota odatda alyuminiyni passivlashtiradi. Sulfat kislota bilan alyuminiy asosli tuzlar hosil qiladi. Alyuminiy ishqorlarda eriganida: 2Al + 6H2O + 6KOH = 3H2 + 2K3[Al(OH)6] Alyuminiyning kislorod bilan ta'sirlanishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.17 KB
Ko'rishlar soni 341 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.17 KB
Ko'rishlar soni 341 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga