Ammiakli selitra ishlab chiqarish Nitrat kislotasini ammiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy nitrat, yani ammiakli selitra hosil qilinadi: NNz(g) + NNOz(s) =NN4Oz(k) + 144,9 kj Bu geterogen sistema ekzotermik jarayon bo'lib, katta tezlik bilan boradi va ko'p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Sanoatda bu issiqlikdan reaksiya natijasida hosil qilingan eritmaning kontsentratsiyasini oshirishda unumli foydalaniladi. 47-60% li nitrat kislotasini ammiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy nitrat eritmasi hosil bo'ladi. Bu eritmani bug'latishda neytrallanish issiqligidan foydalaniladi. Bunda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori nitrat kislotasining kontsentratsiyasiga to'g'ri proportsional ravishda bog'liq bo'ladi (6.2.-rasm). Olinadigan eritmadagi ammoniy nitrat miqdori reaksiya uchun olingan nitrat kislotasi kontsentratsiyasiga proportsional o'zgaradi hamda neytrallanish issiqligidan foydalanilganda uning eritmadagi miqdori oshib boradi (6.3- rasm). 10O 105 110 kJ 1 mol NN4 NOz ga 6.2. rasm. Nitrat kislotasini gaz xolidagi ammiak bilan neytrallash issiqligi - (atmosfera bosimi va 18°S da) NN03, % 6.3-rasm. Eritmadagi NN4NOz miqdorining reaksiya uchun olingan NN03- kontsentratsiyasiga bog'liqligi (700 S) 1 - reaksiya issiqligidan foydalanilganda (issiqlik yo'qotilishii 3% atrofida); 2 - issiqlikdan foydalanilmagan holda. Reaksiya muhitidan issiqlikni chiqarib turish faqatgina undan unumli foydalanishgina emas, balki reaksiyadan unumli foydalanish uchun ham zarurdir. Chunki, issiqlik oshib borgan sayin nitrat kislotasi va ammoniy nitratning parchalanish jarayonlari sodir bo'lib, azotning yo'qotilishiga sabab bo'ladi. Bu esa issiqlikdan neytrallash jarayonida foydalanishni murakkablashtiradi. Natijada yangi texnologik sharoit va jihozlarni yaratish majburiyatini tug'diradi. Ilk bora malum bo'lgan usullarda reaksiya issiqligidan foydalanilmas va ammoniy nitrat eritmasi suvli sovutgich orqali o'tib, neytrallash jihozi (reaktor) va ammiak yutgich (absorber) oralig'ida aylanar edi. Keyinchalik bu usul o'rnini boshqasi egalladi, yani eritma neytrallash jihozidan vakuum-bug'latgichga beriladigan bo'ldi. Bu usulda neytrallash 180-200°S harorat va 0,35-0,6 MPa bosimda olib boriladi. Bug'latish esa atmosfera bosimida yoki undan pastroq bosimda o'tkaziladi. Bunda hosil bo'lgan bo'g' bug'latiladigan ammoniy nitrat eritmasining kontsentratsiyasini 75-80% dan 95-99% gacha vakuum-jihozida bug'latish uchun ishlatiladi. Bu usullarning barchasi eritmani reaksiya muhitida qaynab ketishdan saqlaydi. Bizda qo'llaniladigan usullarda reaksiya issiqligidan foydalanishda neytrallash jihozining o'zi ishlatiladi. Bunda neytrallanish bilan bir paytda eritma qaynaydi va bo'g'lanadi. Bunday jihozni neytrallanish issiqligidan foydalanuvchi (NIF) deb ataladi (4 -rasm). Ilgarilari sanoatda 47-57% li nitrat kislotasi ishlab chiqarilar edi. NIF da neytrallash natijasida 62-83% NN4NOz eritmasi olinar va undan 98,7% li ammoniy nitrat suyuqlanmasini hosil qilish uchun uch bosqichli vakuum-bo'g'latgichdan foydalanilgan. Bu jarayonda NIF da hosil bo'lgan bug' va qo'shimcha bug'dan samarali foydalanilgan. Suyuqlanmani donadorlash jarayoni esa diametri 12- va balandligi 30- bo'lgan kislotabardosh g'isht bilan qoplangan, sovuq havoning qarama-qarshi oqimidan foydalanuvchi temir-betonli minorada amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 450-600 ...
![Ammiakli selitra ishlab chiqarish [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
152.13 KB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
152.13 KB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: docx