Ammofos ishlab chiqarish O'g'it sifatida ishlatiladigan ammofos ishlab chiqarishda quyidagi turli ko'rinishdagi texnologik sxemalar kullaniladi: 1. Bug'latilmagan (20-30% P2O5) ekstraksion fosfor kislotani neytrallash va (changlatgichli, barabanli yoki kaynovchi qatlamli) ko'ritgichda suvsizlantirishga asoslangan sxemalar; 2. Bug'latilmagan (20-30% P2O5) fosfor kislotani neytrallash, so'ngra ammofos suspenziyasini bug'latish hamda donadorlash va ko'ritishni barabanli donadorlash ko'ritgichlari (BDK) da amalga oshirishga asoslangan sxemalar; Birinchi EFK holda ammiak bilan (rN=5) neytrallanadi. Bunda harakatchan suspenziya hosil bo'ladi. 100-105°S haroratli bu suspenziyani bir qismi (70-80% miqdori) oxirgi reaktordan changlatgichli ko'ritgich tushadi, u yerga shuningdek gazsimon yoki suyuq yoqilg'ini yondirilishidan olingan o'txona gazlari beriladi. Qo'ritgichdan chiquvchi mo'rili gaz harorati 100-115°S bo'ladi va changdan tozalanishi uchun siklon 6 dan o'tadi. Qo'ritilgan (1% namlikkacha) kukunsimon ammofos uzluksiz ravishda ikki valli shnekli aralashtirgich kelib tushadi, u yerga shu bilan bir vaqtda tayyor mahsulotning mayda fraksiyasi va suspenziyaning qolgan (20-30%) qismi beriladi. Nam (10-12% N2O) ammofos donachalari aralashtirgichdan donachalarni dumaloklovchi baraban va so'ngra ko'ritish barabani yuboriladi. Ko'ritilish mo'rili gazlar bilan (350° S da) amalga oshiriladi. Ko'ritilgan donachalar ajratiladi. dan yirik donachalar fraksiyasi maydalanadi va yana ajratishga beriladi yoki fosfor kislotada eritiladi va jarayonga (ammoniylashtirishga) qaytariladi. dan mayda fraksiyalar donadorlashga yuboriladi; 1- li donachali fraksiya esa tayyor mahsulot sifatida chiqariladi. Apatit va Qoratog' fosforiti asosidagi mahsulot tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 47% P2O5umum, 51 va 46% P2O5uzl, 50 va 41% P2O5suv.e, 12 va 11% N, 1% N2O, 0 va 4% Mg0, 3,5 va 3% F bo'ladi. 12.6-rasm. Changlatgichli qo'ritgichli ammofos ishlab chiqarish sxemasi. 1 - reaktor saturator; 2 - suspenziyani yig'gich: 3 - markazdan qochma nasos; 4 -suspenziyani me'yorlashtirgich; 5 - changlatgichli qo'ritgich; 6 - siklon, 7 - ventilyator; 8 - absorberlar; 9 - shnek; 10 - maydalagich; 11 - elevator; 12 - bunker; 13- ikki valli aralashtirgich; 14 - dumalanuvchi baraban; 15 - barabanli qo'g'itgich; 16 - ikki xil teshikli elak; 17 - qo'ritgich; 18 - transporter. Ammofos suspenziyasini qo'ritishning ancha takomillashgan usuli - uni qo'ritishni BDK yoki BDKS - barabanli donadorlash qo'ritgichli sovutgich jihozlarida amalga oshirish hisoblanadi. Ammofos suspenziyasini oraliq bug'latish sxemasi keng tarqalgandir (7- rasm). Boshlang'ich fosfor kislotani oldindan natriy yoki kaliy sulfat, yoki soda bilan qayta ishlash undan anchagina miqdordagi ftorning ftorsilikatlar tarzida yo'qotilishi ta'minlaydi va shu bilan bir vaqtda undagi kaltsiydan tozalanadi va boshqa qo'shimchalar (G'e, A1) miqdori kamaytiriladi. Bu ammofosdagi o'zlashuvchan va suvda eruvchan P2O5 ning kontsentratsiyasini oshiradi, chiqindi gazlaridan ftorning ajratib olinishini osonlashtiradi, buning uchun ftorsizlangan fosfor kislota ishlatilishi mumkin. Fosfor kislota (22-29% P2O5) gaz holatdagi ammiak bilan ...
![Ammofos ishlab chiqarish [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
111.66 KB
Ko'rishlar soni
419 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
111.66 KB
Ko'rishlar soni
419 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: docx