Analitik reaksiyalar sezgirligini tavsifi [info-referat]

Analitik reaksiyalar sezgirligini tavsifi [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Analitik reaksiyalar sezgirligini tavsifi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Analitik reaksiyalar sezgirligini tavsifi Analitik reagent va reaksiyalar aniqlanuvchi modda yoki ionning kontsentratsiyasi tekshiriluvchi eritmada etarli bo'lganda yoki malum minimal qiymatdan ortiq bo'lgan holdagina ijobiy samara beradi. Agar aniqlanuvchi moda (ion)ning miqdori ana shu minimal kontsentratsiyadan kam bo'lsa (analitik reaksiya mahsulotining kontsentratsiyasi ham shu qadar kam bo'ladiki) uni tahlil usullari bilan aniqlab bo'lmaydi. Ana shu chegaraviy kontsentratsiya minimumi turli analitik reaksiyalar uchun har xil bo'lib, u reaksiya sezgirligiga bog'liq. Analitik reaksiya sezgirligi eritmadagi moda (ion, molekula) larni ochish imkonini belgilaydi. Reaksiya sezgirligi suyultirish chegarasi Vlim, chegaraviy kontsentratsiya Clim (yoki Cmin), chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajm Vmin, ochish chegarasi (ochish minimumi) m va sezgirlik ko'rsatgichi pClim bilan tavsiflanadi. Suyultirish chegarasi Vlim Analitik samara (belgi) aniq (100 tajribadan kamida 50 tasida) ko'rinadigan, 1 gramm ochiluvchi modda eritilgan eritmaning maksimal hajmi suyultirish chegarasi (yoki chegaraviy suyultirish) deb ataladi. Misol suvli eritmadagi mis Cu2+ kationini ammiak bilan ochish (yorqin ko'k rangli ammiakli kompleks [Cu(NH3)4]2+ hosil bo'lishi) sezgirligi-suyultirish chegarasi 2500 mlg (Vlim= 2,5∙105 mlg) yani mazkur analitik belgini kuzatilishi uchun 2500 ml suvda 1 g Cu2+ ioni bo'lishi kifoya. 2500 ml eritmada Cu2+ ioni massasi 1 grammdan kam bo'lsa, ayni analitik reaksiyabilan Cu2+ ionini ochib bo'lmaydi. Ayni analitik reaksiya bilan ochilishi mumkin bo'lgan tekshiriluvchi modda (ion)ning eng kichik (minimal) kontsentratsiyasi chegaraviy kontsentratsiya Clim deyiladi. Chegaraviy kontsentratsiya gml birlikda ifodalanadi. Chegaraviy kontsentratsiya va suyultirish chegarasi o'zaro quyidagicha bog'langan Clim=1Vlim Bazan (ayniqsa eski darsliklarda) chegaraviy kontsentratsiyani reaksiya sezgirligi deb atab, mkgml birlikda ifodalashgan. Masalan suvli eritmadan kaliy K+ ioni natriy geksanitrokobaltat Na3[Co(NO2)6] ta'siridagi analitik reaksiya bilan ochilganda 2K++Na3[Co(NO2)6]→NaK2[Co(NO2)6]↓+2Na+ suvda oz eruvchan sariq kristall cho'kma NaK2[Co(NO2)6] hosil bo'ladi. Mazkur analitik reaksiyaning chegaraviy kontsentratsiyasi Clim=10-5 gml. Bu qiymatning manosi-kaliy K+ ionining kontsentratsiyasi 1 ml eritmada 10-5 grammdan kam bo'lsa analitik samara kuzatilmaydi. Chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmi Vmin - ayni analitik reaksiya bilan ochiladigan modda (ion) eritmasining eng kam hajmi. U millilitrda (ml) ifodalanadi. Masalan, yuqorida keltirilgan mis (II) Cu2+ ionini ammiak bilan ochish reaksiyasi chegaraviy kontsentratsiyasi Clim=4∙10-6 gml bo'lib, eritmadan kamida Vmin=0,05 ml olinishi kerak, yani 0,05 ml dan kam hajmli chegaraviy suyultirilgan eritmadan mis (II) Cu2+ ni ochib bo'lmaydi. Chegaraviy suyultirilgan (Clim) eritmaning minimal hajmi (Vmin) dan ayni analitik reaksiya bilan ochish mumkin bo'lgan moddaning eng kichik massasi ochish chegarasi (ochilish minimumi)m deb ataladi va mikrogrammlarda (1 mkg=10-6 g) ifodalanadi. Bazan yunoncha γ (gamma) xarfi bilan 1 mkg=1γ belgilanadi. Ravshanki, m=ClimVmin106=Vmin106Vlim Shunday qilib, mis (II) ionini ammiakli kompleks [Cu(NH3)4]2+ holida aniqlashning Clim=4·10-6 gml chegaraviy kontsentratsiyadagi va chegaraviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.83 KB
Ko'rishlar soni 381 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.83 KB
Ko'rishlar soni 381 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga