AZOTLI ORGANIK BIRIKMALAR AMINLAR ORGANIK ASOSLAR EKANLIGI, ULARNIG SUV VA KISLOTALAR BILAN REAKSIYASI. ANILIN. ANILINNING NITROBENZOLDAN OLINISHI (N. N. ZININ REAKSIYASI). Ushbu bo'limda azot tutgan organic birikmalarga mansub aminlar, aminokislotalar, oqsillar va nuklein kislotalar haqidagi ma'lumotlar berilgan. Bu birikmalarni birinchi sinfiga kiruvchi aminlar, karbon kislotalar va aminlar aralash xossalarini namoyon qiluvchi aminokislotalarning xossalari va tuzilishini tushunishda zarur. Aminokislotalar - bular tushunchalar, ulardan eng muhim biopolimerlar - oqsillarning molekulalari tuzilgan. Har qanday tirik to'qimalarning komponentlar bilan birga nuklein kislotalar ham hisoblanadi. Ular bilan to'qimalarning bo'linishi, oqsillarning biosintezi, nasliy axborotlarning berilishi uzviy bog'liq. Aminlar : Ammiak (NH3) molekulasidagi bitta, ikkita yoki uchta vodorod atomlariga alifatik yoki aromatik radikallarining almashinish mahsulotlariga aminlar deyiladi. Ular molekulasidagi aminoguruh soniga qarab bo'linadi : Birlamchi aminlar Birlamchi aminlar ammiakdagi bitta vodorod atomiga radikal almashgan mahsulotlardir. Birlamchi aminlarning umumiy formulasi : Alifatik qatorlarniki R - NH2; Aromatik qatorlarniki Ar - NH2; Birlamchi aminlarning molekulyar massalari : Alifatik qatorniki M = 14n+17. Bu yerda n≥1; Aromatik qatorniki : M = 14n+9. Bu yerda n≥6; Alifatik aminlarning birinchi vakili CH3 - NH2 metilamin, aromatik aminlarning birinchi vakili C6H5 - NH2 - fenilamin. Birlamchi aminlarga alifatik va aromatik uglevodorodlardagi bitta vodorod atomiga aminogruppa - NH2 almashgan mahsulotlar deb ham qarash mumkin. Ikkilamchi aminlar. Ikkilamchi aminlar - NH3 dagi ikkita vodorod atomiga bir xil yoki har xil radikallar almashgan moddaladir. Ikkilamchi aminlarning umumiy formulalari : Alifatik qatorniki : R - NH - R; Aromatik qatorniki : Ar - NH - Ar; C6H5 - NH- C6H5, yoki Ar - NH - R. Ikkilamchi alifatik aminlarni gomologik qatorini birinchi vakili CH3 - NH - CH3 dimetilamin, aromatik qatorniki C6H5 - NH - C6H5 difenilamin. Ikkilamchi aminlarga ikkita uglevodoroddagi vodorod atomlariga imino deb nomlanadigan - NH gruppaga almashgan mahsulotlar deb ham qarash mumkin. Uchlamchi aminlar. Uchlamchi aminlar - NH3dagi uchchala vodorod atomiga bir xil yoki har xil radikallar almashgan mahsulotlardir. Uchlamchi aminlarning umumiy formulasi : Alifatik qatorniki Aromatik qatorniki : Uchlamchi aminlar gomologik qatorining birinchi vakillari : Nomlanishlaridagi xarakterli qo'shimcha amin. Birlamchi aminlarni nomlashda ularga ammiakning hosilalaridek yoki xuddi uglevodorodlarning hosilalaridek qaraladi. Masalan : Ikkilamchi va uchlamchi aminlarni nomlarini tuzishda ularga faqat ammiakning hosilalaridek qaraladi. Masalan : CH3 - NH - C2H5 metil-etil amin. Birlamchi aminlar bir xil sonddagi ikkilamchi va uchlamchi aminlar bilan izomer bo'ladi. Masalan : Aminlar molekulalarining tuzilishi : Aminlar molekulalarining tuzilishi ammiak molekulasining tuzilishiga o'xshash, shu sababli ularning xossalari ham o'xshash. Ammiak molekulasidagi azotda ham, aminlar molekulasidagi azotda ham bitta ajralmas ...
![Anilin, anilinning nitrobenzoldan olinishi (Zinin reaksiyasi) [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
214.03 KB
Ko'rishlar soni
493 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
214.03 KB
Ko'rishlar soni
493 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: docx