Reja Anorganik dielektriklar haqida qisqacha ma'lumot…….1÷1 bet Shisha……2÷3 betlar Sopol materiallar……4÷7 betlar Sitollar……8÷9 betlar Slyuda va slyudali materiallar…….…10÷10 bet Anorganik dielektriklar Anorganik dielektriklarga shisha, sitall, sopol, slyuda va slyudali materiallar kiradi. Bu materiallar issiqqa chidamlilik, eskirmaslik, turli xil nurlanishga bardoshlilik, kimyoviy chidamli, siqilishga bo'lgan mexanik mustahkamlik va metall bilan birikkanda zich birikma hosil qilish xususiyatlariga ega. Anorganik materiallar oddiy usullarda ishlab chiqariladi. Bu materiallarning kamchiliklari sifatida ularni mo'rtligini, cho'zilishidagi mustahkamligining pastligini va zichligi katta qiymat (2500-800 kgm3) ga ega anorganik materiallar o'zida turli xil metall (alyuminiy, titan, kalsiy, natriy va hokazo) oksidlarini jamlagan murakkab birikmani tashkil etadi. Ularning ion tuzilishli moddalar qatoriga kiradi. Normal haroratda anorganik materiallari elektr o'tkazuvchanligi ionli xarakterga ega bo'ladi. Bu asosan, ionli qo'shimchalarning mavjudligi bilan tushuntiriladi. Elektron o'tkazuvchanlik esa faqat yuqori kuchlanishda kuzatiladi. Anorganik dielektrik materiallar uchun tgδ10-410-2 oralig'ida bo'ladi. Bu dielektriklarda qutblanishni elektron, ion, elektron-relaksatsiya va spontan ko'rinishlari kuzatiladi. Dielektrik singdiruvchanlik qiymati esa uchdan bir necha o'n minggacha oraliqda bo'ladi. Anorganik dielektriklarda elektr issiqlik, kimyoviy ionizatsiya teshilishlari kuzatiladi. Mazkur dielektrik materiallarning elektr mustahkamligi katta oraliqda (5-700 MVm) o'zgaradi. Ularning issiqqa chidamliligi C ni tashkil etadi. Ba'zi sopol materiallar signet va pezoelektrik xossalarga ega bo'ladi. Anorganik materiallarning radiatsiya nurlanishiga bo'lgan chidamliligi organik materiallarga nisbatan ancha yuqoridir. Ana shu xususiyatlar anorganik materiallarni xalq xo'jaligining ko'p sohalarida qo'llash imkonini beradi. Shisha Shisha murakkab tuzilishli birikmalardan tashkil topgan bo'lib, uning tarkibiga turli metall oksidlari kiradi. Shisha tuzilishi jihatidan bir jinsli bo'lmagan amorf moddalar qatoriga kiradi. Boshqa anorganik materiallardan farqli o'laroq, shisha quyidagi xossalari bilan ajralib turadi: yupqa parda va tolalar olinishi; optik jihatdan tiniqligi; turli xil metallar bilan birikishi; yuzasining tekisligi; mo'rtligi; namga chidamliligi. Shisha tarkibiga shisha hosil qiluvchi oksidlar (SiO2, B2O3, P2O5) hamda uning erish haroratini pasaytiradigan ishqorli oksidlar (Li2O, Na2O, K2O) ishqorli yer metallarining oksidlari (CaO, MgO, BaO va ZnO, Al2O3, BeO) shuningdek, shisha tarkibini o'zgartiradigan boshqa qo'shimchalar kiradi. Shisha hosil qiluvchi oksidlar silikatli (SiO2), alyuminsilikatli (Al2O3-SiO2), borsilikatli (B2O3-SiO2), titansilikatli (SiO2-TiO2), sirkonatsilikatli va alyumin-borsilikatli (SiO2-ZnO2,Al2O3-B2O3-SiO2) turlarga bo'linadi. Texnik shisha quyidagi xillarga bo'linadi: 1. Tarkibida og'ir metall oksidi bo'lmagan ishqorli shisha, 2. Tarkibida bir qancha og'ir metall, oksidlari bo'lgan ishqorli shisha;. 3. Tarkibida ishqor bo'lmagan sof shisha (kvars)larga bo'linadi. Silikatli va borli sof shishalar tarkibida SiO4, B-O3 elementlari bo'ladi. Tarkibiga oksidlar kiritilgan shisha g'ovaklashadi. Bir valentli metall ionlari shishaning dielektrik xossalarining, issiqqa va namlikka chidamliligini keskin kamaytiradi. Shishaning yumshash haroratlarining oralig'i katta bo'lganligi sababli, undan mahsulot tayyorlash jarayoni oddiy bo'ladi. Suyuq shisha harorati 800-900C atrofida bo'lganda undan ...
![Anorganik dielektriklar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.71 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.71 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:24 ]
Arxiv ichida: docx