Asetilen olish texnologiyasi Kalsiy karbiddan, Uglevodorodlardan asetilen olish [info-referat]

Asetilen olish texnologiyasi Kalsiy karbiddan, Uglevodorodlardan asetilen olish [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Asetilen olish texnologiyasi Kalsiy karbiddan, Uglevodorodlardan asetilen olish [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Asetilen olish texnologiyasi. Kalsiy karbiddan asetilen olish texnologiyasi. Uglevodorodlardan asetilen olish. REJA 1. Atsetilenni kalsiy karbiddan olish texnologiyasi. 2. Atsetilen generatorlari 3.Atsetilen aralashmalari va ularni tozalash. 4. Uglevodorodlardan atsetilen olish. Tayanch so'z va iboralar Atsetilen, kalsiy karbid, ekzotermik, polimerlanish, atsetilen generatorlari, xul turdagi generatorlar, quruq turdagi generatorlar, katalizator, parafinlar, piroliz, radikal-zanjir mexanizm, regenerativ piroliz, elektrokreking, gomogen piroliz, oksidlanish pirolizi, piroliz gazlari. Atsetilen-rangsiz gaz bo'lib, toza holda efir hidiga ega; -83,8°C temperaturada (0,102 MPa bosimda) kondensatsiyalanadi. Atsetilenning havo bilan 2,0-8,1% aralashmasi; kislorod bilan 2,8-78% aralashmasi portlash xavfiga ega. Atsetilen parchalanish natijasida katta miqorda issiqlik ajraladi: ; -∆H°298= 226,7kDjmol Ushbu parchalanish kislorodsiz muhitda kerakli initsiatorlar ishtirokida sodir bo'ladi. 0,2MPa bosimda sodir bo'ladigan parchalanish uncha xavfli bo'lmaydi. Yuqori bosimdagi parchalanish reaksiyasi 100 ms tezlikdagi detonatsiya to'lqinida portlash bilan sodir bo'ladi. Portlashni oldini olish uchun reaksiyani 0,2 MPa bosim ostida olib boriladi. Bosim ostida ishlash vaqtida atsetilen azot bilan suyultiriladi. Atsetilenni siqish uchun maxsus atsetilen kompressorlari qo'llaniladi. Atsetilenni yana bir muhim texnik xossalaridan biri, uning boshqa uglevodorod gazlariga nisbatan yaxshi erish xususiyati hisoblanadi. Masalan, 20°C haroratda 1 hajm suvda 1 hajmga yaqin atsetilen eriydi, 60 °C da esa 0,37 hajm eriydi. Atmosfera bosimi va 20 C da atsetilenning eruvchanligi quyidagicha,%: metanolda-11,2; atsetonda-23, dimetilformamidda-32; N-metilpirrolidonda-37. Atsetilenni olish va boshqa gazlar aralashmasidan ajratishda atsetilenning eruvchanligi muhim ahamiyatga ega. Atsetilen ishlab chiqarishning ikki usuli mavjud: Kalsiy karbiddan olish. Uglevodorodlardan olish. Atsetilenni kalsiy karbiddan olish texnologiyasi. Bizga ma'lumki, kalsiy karbidi kalsiy oksidi va koksdan olinadi. Reaksiya kuchli ekzotermik bo'lib katta elektrenergiya sarfini talab etadi, bu esa ishlab chiqariladigan atsetilenning tan narxida o'z aksini topadi. CaO + 3C → CaC2 + CO Kalsiy karbidga suv ta'sir ettirilsa, atsetilen hosil bo'ladi (reaksiya ekzotermik tarzda sodir bo'ladi): CaC2 + 2H2O → C2H2 + Ca(OH)2; -∆H0298 =127,1 kDjmol 1 kg texnik kalsiy karbiddan (tarkibida koks, kalsiy oksid va boshqa aralashmalar) 230-280 litr atsetilen olinadi. Nazariy jihatdan olganda esa 1 kg toza CaC2dan 380 litr atsetilen olish mumkin. Kalsiy karbidni parchalanish reaksiyasida jarayonni yaxshi sodir bolishi uchun ma'lum bir shart-sharoitlarga amal qilish kerak. Reaksiya geterogen bo'lganligi sababli, uning tezligi kalsiy karbidning yirik yoki maydaligiga bog'liq. Kalsiy karbid qancha mayda bo'lsa, reaksiya tezligi shuncha katta bo'ladi. Reaksiya aralashmasini aralashtirib turish kerak, chunki karbidning sirtida ohak qatlami hosil bo'lishi mumkin; u esa CaC2 ni to'liq parchalanishiga xalaqit beradi. Reaksiya muhitida hosil bo'lgan issiqlikni tashqariga chiqarib turish kerak, chunki atsetilen polimerlanishi yoki parchalanishi mumkin. Atsetilen generatorlari. Kalsiy karbidni suv ta'sirida parchalanishi sodir bo'ladigan apparatlarni atsetilen genratorlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 214.18 KB
Ko'rishlar soni 377 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 214.18 KB
Ko'rishlar soni 377 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga