Atom tuzilishi, Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar [info-referat]

Atom tuzilishi, Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar [info-referat]

O'quvchilarga / Kimyo
Atom tuzilishi, Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Atom tuzilishi. Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni. Davriy qonunning zamonaviy ta'rifi. Reja: 1. Atom tuzilishi. Atomning tarkibiy qismi (yadro, protonlar, neytronlar). 2. Atom orbitallar. Elektronlarning energiyalarini kvant sonlari bilan xarakterlash. 3. Ko'p elektronli atomlarda elektronlarning orbitallar bo'ylab taqsimlanishi. Pauli prinsipi. Xund qoidasi. 4. Energetik poQonachalarda bo'lishi mumkin bo'lgan elektronlarning maksimal soni. 5. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va uning anorganik kimyo fanining rivojlanishidagi roli va ahamiyati. 6. Davriy qonunning zamonaviy ta'rifi. XVII asrning oxirlarida 25 ta element malum bo'lib, XIX asrning birinchi choraklarida yana 19 ta element kashf qilindi. Yangi elementlarning kashf qilinishi natijasida bazi elementlarning tabiiy gruppalari mavjudligi sezilib qoldi. Masalan, ishqoriy metallar, ishqoriy-yer metallar, galogenlar shular jumlasidandir. Elementlar va ularning birikmalarini o'rganish esa mavjud moddalarni turli klassifikatsiyalarga ajritishni talab qildi. Elementlarni xossalarining o'xshashligiga asoslanib muayan gruppalar tarzida birlashtirishga ko'p urinib ko'rildi. Lekin olimlar gruppalar orasida mavjud bo'lgan ichki boQlanishlarni topishda elementlarni yagona sistema qilib birlashtirishda aniq yechimga kela olmadilar. Kimyoviy elementlarni sistemaga keltirish masalasini D.I.Mendeleev (1834-1907) muvaffaqiyatli xal qildi. U 1869 yilda davriy qonunni kashf etdi va kimyoviy elementlarning davriy sistemasini yaratdi. Mendeleev elementlarni sistemaga solishda atom massasini asos qilib oldi. U kimyoviy elementlarni atom massasi ortib borish tartibida joylashtirib, xossalari bir-biriga o'xshash bo'lgan elementlar-analoglar qatiy oraliqda, yani malum sondagi elementdan keyin uchrashini aniqladi. Demak, elementlarning muayyan xossalari davriy ravishda takrorlanadi. Boshqacha aytganda, elementlarning xossalari, ular atom massalarining davriy funksiyasidir. Elementlar xossalarining o'zgarishdagi bu qonuniyat davriy qonunda o'z ifodasini topgan Oddiy moddalarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining forma va xossalari elementlar atom massalari kattaligiga davriy ravishda boQliqdir. Elementlar malum izchillikda joylashtirilgan, bunda ularning xossalari yaqqol namoyon bo'lgan metallik xossasidan metallemaslik xossasigacha muayyan qonuniyatda o'zgaradi. Elementlar xossalarining shunday o'zgarishi sodir bo'ladigan oraliqni Mendeleev davr deb atadi. Xamma davrlarni bir-birining tagiga joylashtirib, Mendeleev elementlarning davriy sistemasi deb atalgan jadval hosil qiladi. Bazi xollarda Mendeleev atom massasi kichik bo'lgan elementni atom massasi katta bo'lgan elementdan keyin qo'yib (tellur va yod: Te, J) elementlarning atom massasi ortib borishi tartibida joylashishi prinsipini buzdi. Chunki davriy sistemani tuzishda Mendeleev faqatgina elementlarning atom massasiga asoslanib qolmay, balki ularning barcha fizik va kimyoviy xossalarini xam nazarda tutgan. Undan tashqari bir necha elementlarning atom massalarini aniqladi: Ve, Jn, U, Th (berilliy, indiy, uran, toriy). Davriy sistemani tuzishda Mendeleev duch kelgan qiyinchiliklardan asosiysi-o'sha vaqtda xali ko'p elementlar malum emasligi edi: Sa, Ti orasida yana bir elementga (Sc) joy qoldirdi. Bunday joylar davriy sistemada Zn, As (rux va mishyak), Mo, Ru (molibden va ruteniy) orasida qoldirilgan. Davriy qonunga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.55 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.55 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga