Azotning kislorodli birikmalari Azotning kislorodli birikmalari N2O, NO, N2O3, NO2, N2O4 va N2O5 hisoblanadi. Azot (I) oksidi. Rangsiz, kuchsiz hidli, shirin mazali gaz. Suvda kam eriydi, xona haroratida barqaror. Azot(I) oksidi molekulasi chiziqli tuzilishga ega: N …… N …… N 112,6 nm 118,6 nm Markaziy azot atomi ikkita sp gibrid orbitallarga ega.N2O molekulasi ozroq bo'lsa ham dipol momentiga ega, shuning uchun suvda ozroq eriydi. Azot(I) oksdidi ammoniy nitratini qizdirib olinadi: NH4NO3 = N2O + 2H2O N2O aktivligi kam, lekin qizdirilsa metallar bilan ta'sir etadi: Cu+N2O= CuO+N2 Yuqori haroratda oltingugurt va uglerodni ham oksidlaydi: C+ 2N2O = CO2+2N2 S+ 2N2O = SO2+N2 Yuqori haroratda(700oS) N2O parchalanadi: 2N2O= 2N2+O2 N2O ga tegishli giponitrit kislotasi(H2N2O2) ma'lum. Bu oksid betaraf oksid va u suv bilan ta'sirlashmaydi. Shuning uchun giponitrit kislota bilvosita usullar bilan olinadi. Giponitrit kislota quyidagicha tuzilishga ega: H O N N O H Giponitrit kislotasi gidroqsilaminga nitrit kislotasini ta'sir etib olinadi: NH2OH+HNO2= H2N2O2+ H2O Agar kumush giponitritiga ham kuchli kislotalar ta'sir etganda giponitrit kislota olish mumkin: Ag2N2O2+2HCl= H2N2O2+ 2AgCl H2N2O2 erkin holda uchramaydi. U ikki asosli kislota :K1=10-8, K2=10-12. Lekin uning tuzlari ma'lum - Ag2N2O2; PbN2O2. N2O tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. U kuldiruvchi gaz ham deyiladi, chunki u bilan nafas olinsa mast qiladi va kishi xursand bo'lib kula boshlaydi. Kattaroq dozada ishlatilsa kishi oqriqni sezmaydi. Ana shu tufayli jarrohlik amaliyotida narkoz sifatida kislorod bilan aralashtirib qo'llaniladi. Uning eng yaxshi tarafi organizm uchun bezararligidir. Azot (II) oksid. Rangsiz, zaharli gaz. U befarq oksid hisoblanadi. Bog'lanish tartibi 2,5. Unda uch elektronli bog'lanish mavjud. Bu gaz harorat ta'siriga chidamli. Lekin 100oS da parchalanadi: 3NO=N2O+NO2 NO azot va kislorodning o'zaro ta'siridan hosil bo'ladigan yagona oksididir. Reaksiya elektr yoyi ta'sirida amalga oshib, qaytar tarzda sodir bo'ladi. 300 oS da darhol muvozanat yuzaga keladi. N2 + O2 2NO NO ammiakni Pt va Rh aralashmasi katalizatorligida oksidlash jarayonida ham hosil bo'ladi: 4NH3 + 5O2 4NO + 6H2O NO labatoriyada quyidagi usullarda olinadi: 2KJ + 2KNO2 + 2H2SO4 = 2K2SO4 + 2NO + J2 + 2H2O 3Cu + 8HNO3= 3Cu(NO)2 + 2NO + 4H2O NO ham kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantiradi: SO2 + 2NO= SO3+ N2O NO ga galogenlar ta'sir etib nitrozil galogenidlar hosil bo'ladi: 2NO + Cl2=2NOCl nitrozilxlorid hosil bo'lib (u sariq rangli). Shunga o'xshash NOF va NOBr birikmalar ham ma'lum. Juda kuchli oksidlovchilar( K2Cr2O7 va K2Cr2O7) ta'sirida NO nitrat kislotagacha oksidlanadi: 10NO+6KMnO4+9H2SO4=6MnSO4+10HNO3+3K2SO4+4H2O NO havo kislorodi ...
![Azotning kislorodli birikmalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
22 Nov 2022 | 13:44:17
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.72 KB
Ko'rishlar soni
287 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:44 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.72 KB
Ko'rishlar soni
287 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:27 ]
Arxiv ichida: docx